Microsoft Word 05 Kishlok xujalik mahsulotlar sifati va marketingi


  Raqobat tushunchasi va mohiyati. Raqobat turlari va shakllari



Download 5,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet149/350
Sana31.12.2021
Hajmi5,14 Mb.
#204702
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   350
Bog'liq
cpPTWtFav2vFhtne6h38LfMOjUEQtiBCVqaLTMI4

3.  Raqobat tushunchasi va mohiyati. Raqobat turlari va shakllari. 
 
Raqobatning bir qancha turlari, koʻrinishlari va usullari mavjud boʻlib, uning taʻsir kuchi bozor 
munosabatlarining  rivojlanish  darajasiga  monand  ortib  boradi.  Endigina  rivoj  topayotgan  tovar 
xoʻjaligida  raqobatchilikning  iqtisodiyotdagi  roli  deyarli  sezilmagan.  Bozor  xoʻjaligining  rivoji 
raqobatga ommaviy tus bergan va unga beqiyos kuch bagʻishlagan.  
Raqobatning ikki usuli boʻlib, ular narxlar asosidagi raqobatlashuv va narxlardan foydalanmay 
raqobatlashuvdir. Narxlar asosidagi raqobatlashuvni odatda oʻrtacha hamda kichik firmalar qoʻllaydi. 
Katta firmalar koʻriladigan zararlari juda katta boʻlishi mumkinligi uchun bunday yoʻl tutmaydilar.  
Marketing izlanishlari shuni koʻrsatadiki, notanish, yangi bozorni egallashda "10 foiz usuli"dan 
foydalanish yaxshi   samara beradi. Tovar  sifati yetarli darajada yuqori boʻlsa,  oʻz  raqobatchilariga  
nisbatan  firma  tovariga  10 foiz pastroq darajada narx belgilashi maqsadga muvofiq.  
Shunday  qilingandagina  firmaning  mazkur  bozorga  kirib  borishi  osonroq  kechadi.  Narx 
asosidagi raqobatning yana bir koʻrinishi - keskin, yaʻni 20-60 foiz (ayrim hollarda 90 foiz) narxlarni 
tushirishdir. Bunday  choralar keng  reklama qilinadi. Bunda firma, bir tomondan, mavsumi oʻtgan 
yoki  eskirgan  mahsulotni  sotsa,  ikkinchi  tomondan,  arzonlashgan  mahsulotni  sotib  olish  uchun 
kelgan  xaridorlar  yoʻl-yoʻlakay  narxi  tushirilmagan  boshqa  mahsulotlarni  ham  xarid  qilishlari 
mumkin. Narx asosidagi raqobat kurashining yana bir qancha yoʻllari ham mavjud. Ammo hozirgi 
kunda  raqobat  kurashida  ustalik  bunday  raqobatda  emas,  balki  baholardan  tashqari  raqobatdadir. 
Chunki, hozirgi kunda isteʻmolchilar koʻpincha mahsulotning bahosiga emas, balki birinchi navbatda 
tovarning foydali fazilatlariga ahamiyat berishadi va shu fazilatlar maʻqul kelsa, tovar uchun kuproq 
pul toʻlashga ham tayyor boʻladilar. 
Marketing  izlanishlari  shuni  koʻrsatadiki,  rivojlangan  mamlakatlarda  xaridorlar  tovar  xarid 
qilayotganda birinchi navbatda uning fazilatlari, tashqi kurinishi, dizayniga ahamiyat beradi. Bundan 
keyin tovarning texnik koʻrsatkichlariga eʻtibor beradilar. Shunday koʻrsatkichlar ichida narx-navo 
6-7 oʻrinlarda turadi. Lekin bu boy, aholisining turmush darajasi yuqori boʻlgan davlatlar uchun xos 
xususiyatdir.  Vaholanki,  bizning  Oʻzbekiston  kabi  mamlakatlarda  baho  hozircha  xaridor  uchun 


muhim koʻrsatkich boʻlib qoladi. Buni albatta hisobga olish zarur. Yetuk firmalar narxlardan tashqari 
raqobatda  quyidagi  narsalarga  eʻtibor  beradilar  va  evaziga  firmaning  bir  tekis  rivojlanishiga 
erishadilar: 
*  tovarning texnik jihatdan yangiligi, uning avtomatlashtirilishi; 
*  tovarlarning yangidan-yangi ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari; 
*  oʻxshash  tovarlarga  nisbatan  ishlab  chiqarilayotgan  tovarning  chidamli,  ishonchliligi, 
sifatining yuqorilik darajasi; 
*  tovarlarni sotib olgan xaridorlarga koʻrsatiladigan xizmatlarning xilma-xilligi, holati; 
*  tovarlarning tejamliligi, ixcham, foydalanishdagi samarasi; 
*  atrof-muhit uchun ekologik toza boʻlishi va hokazolar. 
Ularning  har  birining  ahamiyati  -  katta  va  kuchli  firmalarda  shu  narsalarga  ahamiyat  berish 
faoliyat, turmush tarziga aylangan. Raqobatning noformal, jamiyat tomonidan qaraladigan turi ham 
mavjud.  Bu  oʻrinda  gʻirrom  raqobat  toʻgʻrisida  ham  soʻz  yuritishimiz  kerak.  Bunda  ular  davlat 
tomonidan raqobat kurashini tartibga soluvchi turli qonun va qoidalarga xilof ravishda ish koʻradilar. 
gayriqonuniy usullarga quyidagilarni kiritish mumkin: 
*  narxlar boʻyicha bir nechta firmalarning oʻzaro kelishib olishlari; 
*  boshqa firmalar tovarlarining nomlari, tashqi koʻrinishi, tovar nishonasini oʻzboshimchalik 
qilib roʻxsatsiz foydalanish; 
*  raqobatchilar toʻgʻrisida notoʻgʻri axborot yoki toʻgʻri boʻlsa ham ularning obroʻsiga ziyon 
beradigan maʻlumotlar tarqatish; 
*  reklamada tovarlarni nojuya solishtirish, axborot berish; 
*  raqobatchilarga nisbatan tuhmat, josuslik va hokazolar yordamida zoʻravonlik qilish; 
*  raqobatchining tijorat sirlarini pinxona bilib olish; 
*  konfedensial va maxfiy maʻlumotlarni ovoza qilish; 
*  tovarning sifati, xususiyatlari kabi masalada xaridorlarni aldash, notoʻgʻri axborot berish va 
reklama qilish. 
 
 
 
 
 
 
 

Download 5,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   145   146   147   148   149   150   151   152   ...   350




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish