Xalqaro marketing muhitining xususiyatlari asosan ayirboshlash (almashinish) jarayonlarini
murakkablashtirayotgan toʻsiqlarni yoʻqotishdan iborat. Turli xil iqtisodiyotlar va mamlakatlar
oʻrtasida qiyosiy ustunliklarni qayta taqsimlash roʻy beradi. Sanoati rivojlangan mamlakatlar
(dastavval, JanubiSharqiy Osiyoda), shuningdek, Sharqiy Yevropa mamlakatlari koʻrinishidagi yangi
raqiblar paydo boʻldi. Ular ilgari gʻarbiy mamlakatlar hukmron boʻlgan iqtisodiyotning qator bazaviy
sektorlariga (poʻlat, kimyo, toʻqimachilik mahsulotlari) nisbatan qulay oʻrinlarga chiqib oldilar.
Yevropa hamjamiyati asosiy sanoat mahsulotlari (avvalo xom ashyo va materiallar) bozorlarida
Sharqiy Yevropa mamlakatlarining faolligini seza boshladi. Anʻanaviy rivojlangan mamlakatlar
uchun xos boʻlgan raqobat ular chegaralaridan chiqib ketib, haqiqiy global tus oldi.
Sharqiy Yevropa mamlakatlari, shu jumladan, MDH ga nisbatan Gʻarb mamlakatlari
tomonidan uchta asosiy marketing konsepsiyasi qoʻllaniladi:
1. Gʻarbda ishlab chiqarish, Sharqda sotish — bu konsepsiya Sharqiy Yevropa va MDH
mamlakatlarida haligacha mavjud boʻlgan tovar defisitiga asoslanadi va foydani olib chiqish va
valyuta konvertasiyasi bilan bogʻliq boʻlgan koʻpgina muammolarga qaramay keng tarqalgan. Bu
yerda Gʻarb ishlab chiqaruvchilari va vositachilari tomonidan nafaqat tovarlarning va ishlab
chiqarishning yuqori sifati, balki marketing afzalliklari ham maydonga chiqadi.
2. Sharqda ishlab chiqarish, Gʻarbda sotish — bu konsepsiya koʻpgina Gʻarb kompaniyalari
uchun eng yaxshi imkoniyatlarni taqdim etadi. Bu kompaniyalar Sharqiy Yevropa va MDHdan
Gʻarbda sotish uchun ishlab chiqarish baʻzasi sifatida foydalanish, malakali Sharqiy Yevropa ish
kuchini ekspluatasiya qilish va mavjud marketing kanallari yordamida mahsulotlarni sotish kabi
yoʻllar bilan taʻminlangan. Bundan kelib chiqadiki, xalqaro savdo tizimiga kirish uchun bozorlarni
ochish emas, balki yangi industrial mamlakatlar singari Gʻarb firmalari bilan kurasha oladigan yangi
raqobatbardosh sohalarning paydo boʻlishi eng muhim ahamiyat kasb etadi.
3. Sharqda ishlab chiqarib, shu yerning oʻzida sotish — bu konsepsiya Gʻarb biznesi uchun
maʻlum qiyinchiliklar bilan amalga oshiriladi, chunonchi: yuqori sifatli xom ashyoning yetishmasligi,
byurokratik kelishuvlarning murakkabligi, narxlashtirish mexanizmining samarasizligi va, ayrim
hollarda, bozor imkoniyatlaridan foydalanishda koʻzda tutib ish qilishning nuqsonlari. Bunga
qaramay, ishlab chiqarish va sotish strategiyasi koʻpgina Gʻarb firmalari tomonidan faol amalga
oshirilyapti. Masalan, Markaziy Osiyo bozori oʻz miqyoslari bilan eng yirik ishlab chiqaruvchilar,
shu jumladan, kir yuvish vositalari, tish pastasini chiqaradigan «Prokter end Gembl» va «Koka-kola»
kompaniyalarini, «Nestle» konserni va boshqalarni qiziqtirib qoldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |