butun faoliyati yoʻnaltiriladi. Bozor munosabatlari rivojlangan sari marketing korxonani
boshqarishning umumiy tizimiga tobora koʻproq kirib bormoqda. Bu vaqtda deyarli barcha ishlab
chiqarish, sotish, moliya, maʻmuriy va boshqa qarorlarni qabul qilish asosida bozordan kelib
tushadigan axborotlar yotadi.
Oʻzbekiston iqtisodiyotida marketingning rivojlanishi qator xususiyatlarga ega. Birinchidan, bu
ancha murakkab davrni boshdan kechirayotgan bozorimizning shakllanishiga tegishlidir. Bozor
rivojlanishining yuqori bosqichiga tezkor oʻtish, albatta, isteʻmolchilar talabini yangi sharoitda
qondirish uchun korxona potensialidan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish imkonini beradi.
Ikkinchidan, marketingdan foydalanish jarayoniga isteʻmolchining xatti-harakati muayyan tarzda
taʻsir koʻrsatadi. Umumiy holda u gʻarb namunalariga nisbatan noanʻanaviydir, shuning uchun
isteʻmolchilar xatti-harakatlarining umumiy qabul qilingan tipologiyasini tavsiflaydigan
tendensiyalar va qonuniyatlarni chuqurroq oʻrganish zarur. Uchinchidan, ish munosabatlarida
anʻanaviy muayyan markazlashuvga intilish odati marketingning foyda olish asosi sifatida
muhimligini tushunmaslik bevosita isteʻmolchining oʻzi bilan ishlashni ikkinchi darajaga tushirib
qoʻyadi. Biroq faraz qilish mumkinki, yaqin kelajaqda korxonani boshqarishda fikrlash tarzi va
bozorda faoliyat yuritish tarzini shakllantiruvchi marketingning asosiy klassik holatlari respublikamiz
korxonalari uchun aktual, fundamental va zaruriy boʻlib qoladi. Aniq marketing harakatlari, konkret
«reseptlar»ga kelganda esa, bu yerda «barcha chet ellik narsalarni qabul qilish»dan «hamma
oʻzbekona narsalarni anglab olish»ga oʻtish kerak.
Marketing kuchli qurol boʻla turib, oʻzining tarafdorlari va dushmanlariga ega boʻladi.
Tarafdorlar vakillari boʻlmish Filipp Kotler va marketingning otalaridan biri, boshqaruvchilik
konsultasiyasining asoschisi Piter Drukerlarning asosiy dalillari quyidagilardir:
— aynan marketing yondashuvini qoʻllash ikkinchi jahon urushi tugagandan keyin gʻarb
mamlakatlarida yalpi isteʻmolning doimiy oʻsib borishini taʻminladi;
— «sovuq urushda» kam yoʻqotishlar bilan gʻalaba qozonishni taʻminladi;
— xilma-xil ehtiyojlarni qondirish;
— yuqori texnologiyalarning rivojlanishi;
— raqobatchilikni qullab-quvvatlash;
— nisbiy narxlarni pasaytirish;
— xilma-xil manfaatlarni muvofiqlashtirish va ijtimoiy maqsadlarga jiddiy ichki nizolarsiz
erishishni taʻminladi.
Tarixchi Arnold Toynbi va faylasuf Erix Fromm kabi buyuk shaxslar marketingga qarshi
boʻlgan holda taʻsir etishning psixologik usullari bilan qurollangan marketing quyidagilarga olib
keladi deb hisoblaydilar:
— isteʻmolchilarni aldash va maʻnaviyatning yoʻqolishiga;
— moda va isteʻmolchilik hukmronligining oʻrnatilishiga;
— vahima holatini qullab-quvvatlashga;
— narx diskriminasiyasining yengillashuvi va shaxsiy hayotga bostirib kirishga;
— inson huquqlarining oyoq osti boʻlishiga;
— ijtimoiy muhim maqsadlardan chetga chiqishga.
Masalaning bunday qoʻyilishi biroz notoʻgʻri talqin etiladi. Marketing hamma dardlarning
davosi emas va uning yutuklari roʻyxati biroz burttirib koʻrsatilgan. Lekin uning ayblari ham oshirib
yuborilgan. Dunyoqarashning shakllanishiga yordam beruvchi taʻlim va ancha yuqori darajali
madaniyat vositasida bundan qutulish mumkin. Ular bir tomonning nomunosib usullarni qoʻllashiga,
boshqa tomonning esa aldanishiga, vahimaga tushishga va ijtimoiy maqsadlardan chetga chiqishga
qoʻymaydilar.
Do'stlaringiz bilan baham: