realizasiya qilish uchun yaroqli hisoblanadi. Aks holda esa, mahsulot
nuqsonli deb ataladi va bunday
mahsulot realizasiya qilish uchun yaroqsiz hisoblanadi.
Mahsulot sifatida tuzatib boʻlmaydigan nuqsonlar (kamchiliklar) mavjud boʻlsa, bunday mahsulot
sifasiz (yaroqsiz) yoki
brak deyiladi. Bunday mahsulotni muomalaga chiqarish mumkin boʻlmaydi.
Shunday qilib, sifatni boshqarish yuqorida koʻrsatib oʻtilgan kamchiliklarni bartaraf etish, yaʻni
mahsulot sifatini meʻyoriy hujjatlarda belgilangan talablariga moslashtirish boʻyicha qoʻllaniladigan uslublar
va faoliyatdan iborat ekan.
Sifatni boshqarish bir vaqtning oʻzida jarayonni boshqarish va maqbul iqtisodiy samaraga erishish
uchun mahsulot hayot davrining tegishli bosqichlarida qilingan notoʻgʻri harakat sabablarini bartaraf etishga
qaratilgan tezkor harakterdagi uslub va faoliyat turlarini ham oʻz ichiga oladi.
Sobiq Ittifoq respublikalarida qabul qilingan metodologiya cheklanishlarni aniqlash, ularning
sabablarini bartaraf etish, mahsulotni nazoratdan oʻtkazish, cheklanish va isteʻmolchilar takliflarini
inobatga olish hamda ular asosida qarorlar qabul qilishga asoslangan.
Sifatni boshqarish boʻyicha qarorlar kundalik mavjud va bundan oldin toʻplangan maʻlumotlar asosida
tuzilib, cheklanishlar sabablarini bartaraf etishga qaratilgan va aniq yozilgan boʻlishi kerak. Karorda
masʻul xodimlar va bajarish muddatlari koʻrsatilishi shart. Bunday qarorlar mahsulot hayot davrining har
bir bosqichi boʻyicha alohida – alohida qabul qilinadi.
Koʻplab rivojlangan davlatlar tajribasida ishlab chiqarish texnologik jarayonlarini boshqarish nazorat
kartalarini qoʻllash asosida statistik uslublar yordamida amalga oshiriladi. Bunday usul mahsulot sifati va
boshqa koʻrsatkichlaridagi cheklanishlarning sababini oldindan bartaraf etish hamda sifatsiz (nuqsonli)
mahsulot ishlab chiqarishning oldini olish uchun imkon yaratib beradi.
Demak, mahsulotdagi mavjud nuqsonlarning kelib chiqish sabablarini maksimal darajada bartaraf
etishga qaratilgan chora – tadbirlar ishlab chiqish va uni amalga oshirish sifatni boshqarishning asosiy
mohiyati hisoblanar ekan.
Sifatni boshqarish obyektiga qayta ishlab chiqarishni shakllantirish jarayonlari, boshqarishning barcha
darajalarida mahsulot sifatini saqlash va qayta tiklash hamda mehnat vositalari va predmetlari, mehnat
resurslari, mehnat sifati, ishlab chiqarish jarayonlarini amalga oshirish uchun kerak boʻlgan hujjatlar va
maʻlumotlar kiradi.
Sifatni boshqarish obyektiga 9000 seriyali xalqaro standartlarning mafkurasi (ideologiyasi) ga asosan
korxona (kompaniya) yoki tashkilotning sifat tizimlari ham kiradi, chunki sifatni taʻminlash boʻyicha ularda
belgilangan chora – tadbirlar bozor va isteʻmolchi talablari va texnologik jarayonlarning oʻzgarishi asosida
oʻzgartiriladi.Sifatni boshqarish meʻyorlari yoki vositalariga quyidagilar kiradi: mahsulot sifat
koʻrsatkichlari va maqsadga muvofiqligiga reglament belgilovchi meʻyoriy hujjatlar, mehnat jarayonlarini
boshqarish va tashkil qilish vazifalari (funksiyalari), nazorat – sinov, oʻlchash, maʻlumotlar beruvchi va
hisoblash vositalarini oʻz ichiga oluvchi axborotlar va metrologik taʻminotlar.
Mahsulot sifatini rejalashtirish va prognoz qilish, mahsulotni attestasiyalash, mahsulot ishlab
chiqarishini tadbiq qilish va yoʻlga qoʻyish, sifatni oshirganligi uchun iqtisodiy ragʻbatlantirish, sifatni
nazorat qilish va metrologik taʻminot
sifatni boshqarish elementlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: