To sh k en t davlat yu ridik in stitu ti


  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1998 yil



Download 8,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet23/165
Sana31.12.2021
Hajmi8,84 Mb.
#203170
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165
Bog'liq
8mulkhuquqipdf

1  O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi,  1998 yil, 

1
,
4-modda.
2  Мухитдинова  Ф.Ф.  Право  собственности  граждан  на  жилище  и  его  судебная  защита  по  законодательству 
Республики Узбекистан: Автореф. дис.  ...канд. юрид. наук. -Ташкент:  1997.
66


Yakka  tartibda  uy-joy  qurilayotganda  bir  holatga  e’tibor  qaratish 
lozimki,  bunda  qurilgan  uy-joy  tegishli  reja  va  chegarani  buzmasligi 
lozim.  Ya’ni,  uy-joyni  faqatgina  ajratib  berilgan  joyda  qurilishi, 
belgilangan  ko‘cha,  ariq  va  boshqa  umumiy  foydalanishdagi  joylarga 
chiqib ketilmasligi talab etiladi.
Uy-joy  rejasi  tuzilgandan  so‘ng,  uning  uchun  tegishli  davlat  organi 
(tegishli  hokimlik)  tomonidan  uy-joy  orderi  beriladi  va  u  uy-joyga 
nisbatan mulk huquqi vujudga keladi.
Amaliyotda  ko‘pchilik  holatlarda  o'zboshimchalik  bilan  uy-joy 
qurish  holatlari  ham  uchraydi.  FKning  212-moddasiga  muvofiq,  qonun 
hujjatlarida  belgilangan  tartibda  yakka  tartibda  qurilish  maqsadlari  uchun 
ajratilmagan  yer  uchastkalarida,  shuningdek  imorat  qurish  uchun  zarur 
ruxsatnoma  olmasdan  yoki  arxitektura  va  qurilish  normalari  hamda 
qoidalarini jiddiy buzgan holda qurilgan uy-joy, boshqa bino, inshoot yoki 
o ‘zga ko‘chmas mulk o ‘zboshimchalik bilan qurilgan imorat hisoblanadi.
0 ‘zboshimchalik  bilan  imorat  qurgan  shaxs  unga  mulk  huquqini 
ololmaydi.  Bu  shaxs  qurgan  imoratini  tasarruf  etishga-sotishga,  hadya 
etishga,  ijaraga berishga,  imoratga nisbatan boshqa bitimlar tuzishga haqli 
emas.
0 ‘zboshimchalik  bilan  imorat  qurish  natijasida  huquqlari  buzilgan 
shaxsning  yoki  tegishli  davlat  organining  da’vosi  bilan  bunday  imorat 
sudning  qaroriga  binoan  imoratni  qurgan  shaxs  tomonidan  yoki  uning 
hisobidan buzib tashlanishi lozim.
Shaxs  o'ziga  qarashli  bo‘lmagan  yer  uchastkasida  o ‘zboshimchalik 
bilan  imorat qurgan  bo'lsa,  uning  bu  imoratiga  nisbatan  mulk huquqi  sud 
tomonidan qonun hujjatlariga muvofiq e’tirof etilishi mumkin.
Imorat  qurilgan  yer  uchastkasining  mulkdori  bo'lgan,  unga  umrbod 
meros  sifatida  egalik  qilayotgan,  doimiy  egalik  qilayotgan  va 
foydalanayotgan  shaxsning  ham  o'zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratga 
nisbatan huquqi  sud tomonidan e’tirof etilishi mumkin.  Bu holda imoratga 
nisbatan  mulk  huquqi  e’tirof  etilgan  shaxs  imorat  qurgan  shaxsning 
harajatlarini sud belgilagan miqdorda qoplaydi.
Agarda  o'zboshimchalik  bilan  qurilgan  imoratning  saqlab  qolinishi 
boshqa shaxslaming huquqlari  va qonun bilan qo'riqlanadigan manfaatlari 
buzilishiga  sabab  bo'lsa,  yoxud  fuqarolaming  hayoti  va  sog'lig'iga  xavf 
tug'dirsa,  yuqorida  ko'rsatilgan  shaxslaming  o'zboshimchalik  bilan 
qurilgan imoratga nisbatan mulk huquqi e’tirof etilishi mumkin emas.
Yakka  tartibda  qurilgan  uy-joy  joylashgan  yer  uchastkasiga 
shaxslarda  mulk  huquqi  emas,  FKning  165-moddasiga  muvofiq  mulkdor
67


bo'lmagan  eganing  huquqlari  vujudga  keladi.  Ya’ni,  yer  uchastkasiga 
doimiy  egalik  qilish  va  undan  foydalanish  huquqi.  Yer  uchastkasiga 
nisbatan  bu  huquqlar  shaxs  uy-joyiga  nisbatan  mulk  huquqini  o'zidan 
begonalashtirsa, boshqa shaxsga o'tadi.
Hozirgi  kunda  aholi  sonining  oshib  borishi  va  xususiy  uy-joy 
salmog'ining  ortib  borishi  hamda  ishlab  chiqarishdagi  davlat  ulushining 
kamayib borayotganligi yakka tartibda uy-joy  quriiishini rag'batlantirishni 
taqazo  etmoqda.  Yakka  tartibda  uy-joy  qurilishi  mamlakatda  mavjud 
bo'lgan aholini uy-joy bilan ta’minlash muammosini kamaytirishga baholi 
qudrat yordam beradi.

Download 8,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   19   20   21   22   23   24   25   26   ...   165




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish