III bob. Orol muammosining kelib chiqishi va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari.
1. Orol dengizi inqirozining yuzaga kelishi va unga sobiq ittifoq
markazining munosabati.
Bugungi kunda insoniyatga tahdid solayotgan yadroviy xavfdan
qolishmaydigan o’zga bir havf - umumbashariy miqyosda atrof-muhitning
ifloslanishi va buzilishi odamlarni beixtiyor xushyor torttiradi. Zero, Prezident
Islom Karimov uqdirganidek: “Asrlar tutash kelgan pallada butun insoniyat,
mamlakatimiz aholisi juda katta ekologik xavfga duch kelib qoldi. Buni sezmaslik,
qo’l qovushtirib o’tirish –o’z-o’zini o’limga mahkum etish bilan barobardir…
Tabiat va inson o’zaro bir-biri bilan muayyan qonuniyatlar asosida munosabatda
bo’ladi. Bu qonuniyatlarni buzish o’nglab bo’lmas ekologik falokatlarga olib
keladi”. Mustamlakachilik davrida sobiq Ittifoq rahbariyati olib borgan noqobil
siyosat O’zbekiston aholisining turmush tarzini juda og’ir ahvolga solib qo’ydi.
Chunonchi, 70-yillar boshida O’zbekiston O’rta Osiyoning 1/3 qism
hududiga, 60 foiz aholisiga ega bo’lib, sanoat mahsulotlarining 2/3 qismini,
Qorako’l terining 70, kanopning 100, ipakning 75, paxtaning 72 foizini,
shuningdek, ko’p miqdorda oltin, simob, volfram, neft, meva va sabzavot, poliz
mahsulotlarini yetkazib bergan. Shunday bo’lsada, respublika og’ir iqtisodiy
ahvolda edi.
Orol dengizi ekologik muammoga duch kelmasidan oldin (1911-1962 y. y.)
suv yo’li va baliqchilik maskani bo’lgan. Kemalar Termiz shahrini Amudaryo va
Orol temir yo’l bekati bilan bog’lagan. Yiliga 44000 tonnagacha noyob (mo’ylobli
va laqqa ) baliqlar ovlangan.
1
O’zbekiston turli-tuman mahsulotlar, jumladan, don, go’sht, qand-shakar, neft
va neft mahsulotlari, taxta, yog’och, avtomobillar, turli xil asbob-uskunalar, xalq
iste'moli mollarini tashqaridan olar edi. Iste'mol buyumlari va oziq-ovqat bozor
fondlarining yarmi sobiq ittifoqning boshqa mintaqalaridan va import yo’li bilan
1
X. Valiyev, Sh. Murodov, B. Xolboyev, Suv resurslaridan mukammal foydalanish va muhofaza qilish. Toshkent,
2010. B-53.
61
ta'minlanib kelindi. O’zbekistonga olib kelinayotgan va tashib ketilayotgan
resurslarni hisobga olganda, bularning kamomadi 35 foizni tashkil etardi.
Hisob-kitoblarga qaraganda, respublika aholisining qondirilmayotgan
talabi 8-9 milliard so’mni tashkil etib, u har yili 600-800 mln. so’mga o’smoqda
edi. Shu yerda ta'kidlab o’tish joiz, har yili 5-6 mln. tonna paxta hosili yetishtirgan
O’zbekiston korxonalarining o’zida bor-yo’g’i 150 ming tonna paxta tolasi qayta
ishlangan. Vaholanki, 70-80-yillarda Bolgariya va Vengriya to’qimachilik
korxonalarining 80 foizi, Polsha to’qimachilik korxonalarining 70 foizi va boshqa
“sotsialistik mamlakatlar”dagi korxonalarning aksariyat ko’pchiligi o’zbek paxtasi
asosida ishladi. O’zbekistondan olib ketilgan va qayta ishlangan paxta hisobiga
sobiq SSSRning boshqa hududlari yiliga 40 mlrd. rubl milliy daromad qildi.
Orol dengizi butun mintaqada yagona hisoblanib, Markaziy Osiyoda shu
jumladan, Quyi Amudaryo hududida katta ahamiyat kasb etadi, bevosita
hududning atrof-ekologiyasi, tabiatning mo’tadilligi, iqlim darajasi, unda istiqomat
qiladigan insonlarning sog’ligi va turmush tarzi bilan bog’liqligini belgilaydi.
Dengizning suvi qadimdan o’zgarib turgan. Dengizning suvi 1785-yili toshadi,
oradan qirq yil o’tib 1825-yilda kamayadi. 1835-50-yillarda yana toshib, 1862-
yilda yana kamaygan. 1881-yilga kelib esa suv sathi juda kamayib ketadi, ammo
to’rt yil o’tgach, yana tosha boshlagan. Dengizning shimoliy-sharqidagi katta orol
– Ko’korol 1880-yilda suv pasayganidan bu yerda kemalar yura boshlagan…
1935 -yilda Orol dengizi maydoni 69670 km2, suvining miqdori 1153 km3
bo’lgan bo’lsa, shundan bor-yo’g’i 16 yil oldin, ya'ni 1919-yilda maydoni - 67300
km2, suvi - 1087 km3ni tashkil etgan. Demak, shu qisqa muddatda dengiz suvi
ko’paygan. Ammo, 1976-yilga kelib, dengiz maydoni 64,5 ming km2 , suvi 1000
km3 dan iborat bo’lib qoldi. Bu ko’rsatkichlar Orol dengizi suvining kamayishiga
ma'lum ma'noda tabiiy o’zgarishlar ham ta'sir qilgan bo’lishi mumkin degan
xulosani beradi. Lekin, XX asrning oxirida yer, suv va boshqa tabiiy resurslarga
nisbatan olib borilgan siyosat oxir-oqibatda ekologik vaziyatning izdan chiqishi
sabablaridan biri bo’ldi. “Biz tabiatning talablariga bo’ysunolmaymiz, bizning
62
maqsadimiz uni yengish”, degan shiorlar bilan suv va yerdan o’lchovsiz
foydalanish, yangi qo’riq yerlar ochyapmiz, deb unga xo’jayinlik qilish, daryolarni
“jilovlash” salbiy oqibatlarga olib keldi. 2000-yilda dengiz maydoni 29 ming km2,
suv hajmi 180 km3nigina tashkil etdi. Pr
еzidеntimiz ta’kidlaganidеk, suv ta’minoti
masalasini biz biz mintaqamizdagi fojia bilan, ya’ni Orol fojiasi bilan bevosita
bog’laqmoqdamizki, bu fojia Chernobil fojiasidan qolishmaydi.
1
Orol dengizi falokati 60-yillardan boshlab avj olishining sababchilaridan
biri, paxta yakkahokimligi bo’ldi. Qo’riqyerlarga hujum boshlanib ketishi
oqibatida har yili 80-100 ming gektar yer ishga tushirildi. Jumladan, 70-yillardan
boshlab Mirzacho’l va uning tarkibiy qismi bo’lgan Jizzax cho’lida paxtachilik
vohasini tashkil etish maqsadida qo’riqyerlarni sug’orish va o’zlashtirish ishlari avj
oldi. Shu munosabat bilan uzunligi 127 km ga teng bo’lgan Janubiy Mirzacho’l
bosh kanali va Markaziy Mirzacho’l kollektori hamda Jizzax suv ombori qurilib,
Shimoliy Mirzacho’l kanali kengaytirildi. Shu davrda Markaziy Farg’onada
cho’llarni o’zlashtirish uchun Katta Andijon, Katta Namangan kanallari va
Andijon suv ombori (sig’imi 2 mlrd. m3), Surxon-Sherobod vodiysida
Janubiy Surxon, Uchqizil, Degeres suv omborlari qurildi. Qarshi dashtida esa
Qarshi magistral kanali va Tolimarjonsuv ombori qurildi. Xullas, Prezidentimiz
I.A. Karimov ta'kidlaganidek, O’zbekistonda 1975-85 yillarda 1 mln. ga atrofida
yangi yer o’zlashtirilgan bo’lsa, 1990-yilda bu ko’rsatkich yana 1,5 baravar oshdi.
Natijada Amudaryo va Sirdaryoning Orolga quyiladigan suv miqdori yildan-
yilga kamayib bordi. Jumladan, 1960-1980 yillarda Orolga suv quyilishi 50-60
km3 dan 20-30 km3 ga tushgan bo’lsa, 90-yillarda bu ko’rsatkich 5-6 km3 ni
tashkil etdi. Paxtachilik esa muttasil rivojlanib bordi. Umuman, 1946-1985-yillar
davomida paxta hosili 5,5 baravar ortgan holda, chigit ekilgan maydonlar 841
ming gektardan 1989,8 ming gektarga ko’paygan. 80-yillar o’rtalariga kelib esa
paxtaning salmog’i 75 foizdan, ayrim viloyatlarda undan ham oshib ketdi.
Holbuki, jahon tajribasi ko’rsatishicha yerning xosildorligini normal qayta
1
Karimov I.A. O’zbekiston mustaqillikka erishish ostonasida. O’zbekiston, 2011., B-203.
63
tiklashga jiddiy putur yetkazmaslik uchun chigit ekiladigan maydonlar 60 foizdan
oshmasligi kerak. Lekin bu masala markazni kam tashvishlantirar edi. O’zbekiston
paxta yakkahokimligining og’ir zulmidan tinkasi qurib, paxta yetishtirishni
ko’paytirishning barcha imkoniyatlari tugagan va reja topshiriqlari noreal tus olgan
bir sharoitda ham Markaz paxta tayyorlash rejasini yildan-yilga muttasil sharoitda
oshirishni o’ylar edi. Jumladan, 1982-yilda respublika oldiga 6 mln. 300 ming t.
paxta topshirish vazifasi qo’yilgan bo’lsa, 2000-yilga borib paxta yalpi hosilini 8
mln. tonnaga yetkazish dasturi ishlab chiqilgan edi.
Respublika rahbarlari Markazga belgilangan rejalar xayoliyligini
tushuntirmoqchi bo’lsalar ularning so’zlari qo’pollik bilan bo’lib qo’yilardi.
Masalan, 1983-yilning kuzida Gorbachevdan paxta tayyorlash rejasini amalda
bajarib bo’lmaydi, deb yordam so’ralganida, Gorbachev “agar rejani bajarish kerak
bo’lsa, demak butun 17 mln. aholini paxta terimiga chiqarish kerak” deb javob
beradi.
Sobiq Ittifoqning yerlarni xo’jasizlarcha o’zlashtirish, paxta monopoliyasini
kuchaytirish siyosati Orol fojiasini sababchisi bo’ldi.Masalan, 1929-yilda
Markaziy hukumat topshirig’i bilan muhandis L.Zinovev boshchiligidagi bir guruh
suv xo’jaligi hodimlari Turkistonga kelishadi. Ular o’lkaning suv inshootlari va
paxta yetishtirish imkoniyatlari bilan qiziqadi va bu haqda Markaz uchun
ma'lumotlar to’playdi. Markaz vakillari o’z xulosalarida ko’proq paxta yetishtirish
uchun Orol dengizini quritib bitirish zarurligini asoslashga harakat qilishgan. Buni
qozoq olimlari qo’lga kiritgan xarita ham tasdiqlaydi. Xarita 1962-yili chizilgan va
Moskvada nashr qilingan bo’lib, uni Orol muammolari bilan shug’ullanuvchi
geografik arxiv hujjatlari ichidan topib olishadi. Unda Orolning suvi, maydoni,
hayvonot olami haqida ma'lumotlar berilgan va asta-sekin uni quritish tavsiyalari
ilova qilingan bo’lib, ularda Orol dengizi qurib bitgach, uning o’rniga sholi va
paxta ekish rejalari batafsil hikoya qilingani ma'lum bo’ladi.
Markaz o’zining ushbu rejasini Orolbo’yi mintaqasida joylashgan
respublikalarning rahbarlaridan ham sir tutgan edi. Jumladan, 80-yillarda
64
O’zbekiston rahbari bilan suhbatda bo’lgan Komil Yashin uni shunday eslaydi:
“…1983-yil oktyabr oyining boshida men Sharof Rashidov qabulida bo’ldim. U
kishini kayfiyati yo’q, tushkun bir holatda ko’rdim. O’zaro hol-ahvol
so’raganimizdan keyin rahmatli shunday dedi: “Bilasizmi, hozir meni nima
qiynayapti?
Uzoq yillar davomida Orolning nasibasini paxtaga berdik, bizning paxtamiz
tufayli ittifoqimiz qaddini tikladi… Paxtaga sarflanayotgan suv Sibir daryolari
hisobiga qoplanadi, deb o’ylagan edik, afsuski, umidimiz sarob bo’lib chiqdi. Yana
shunisi achinarliki, paxtadan keladigan foyda xalqimizning turmushini
yaxshilamadi. Shunday qilib, ham dengizimizdan ajradik, ham xalqimizning
turmush darajasi pasayib ketdi... Biz uzoq muddatga mo’ljallangan rejalarimizda
ham, ularni amalga oshirish uchun yo’l tanlashda ham yanglishgan ekanmiz…”.
Bu gaplardan shu narsa ko’rinib turibdiki, Sharof Rashidov ham yuqori minbardan
turib Orol muammosi haqida qayg’urgan va uni Komil Yashin ta'biri bilan
aytganda, “Orol fojiasi o’ldirdi”.
1989-yil KPSS Markaziy komitetining kotibi Y. Ligachev Orolbo’yi
muammolari bilan tanishish maqsadida Nukusga keldi. U yerda partiya-xo’jalik
faollari bilan kengash o’tkazdi. Unda markazning vakillari “Orolni, albatta, asrab
qolamiz, bu haqida ortiqcha gapirishning hojati yo’q?”, deb va'da berishdi. Ammo
ushbu yig’ilishda Ye.Ligachevning hamrohlaridan biri, SSSR tabiatni muhofaza
qilish Davlat qo’mitasining raisi F.Morgun so’zga chiqib: “Orol fojiasining bosh
aybdori-ongi, saviyasi past bo’lgan o’zbek, qoraqalpoq xalqlaridir”,- degan fikrni
aytadi.
1990-yilning noyabr oyi o’rtalarida Sobiq SSSR Ministrlar Soveti raisining
o’rinbosari A. Dogujevning topshirig’i bilan Nukusga bir guruh ekspertlar
kelishadi. Ular hukumat komissiyasi raisining Qoraqalpoqiston Respublikasiga
kelishidan oldin Orol muammolarini o’rganishi, Orolbo’yi atrofida istiqomat
qilayotgan aholining hayoti bilan yaqindan tanishishi lozim edi. Lekin,ekspertlarga
“Tiklanish” va “Komsomol” orollari ko’rsatilmaydi. Bu sobiq markazning Orol
65
haqidagi achchiq haqiqatni nainki, xorijiy davlatlarning vakillaridan, zarur bo’lsa,
o’zining sodiq fuqarolaridan ham sir tutganidan dalolat beradi.
“Orolni asrash qo’mitasi” raisi Pirmat Shermuhammedov 1991-yilgacha
Orol muammosiga bag’ishlab 107 ta yig’ilish o’tkazilganini, Moskva, Toshkent,
AQSh, Angliya, Nukus, Urganch, Toshhovuzda bo’lgan anjumanlarni ham qo’shib
hisoblaganda, bu raqam 500-600 ga yetajagini va ularning barchasi natijasiz
qolayotganini ta'kidlaydi.
Qoraqalpog’istonlik olimlar Orol taqdiriga oid bir qator ilmiy anjumanlar
uyushtirdilar va 20 yildan ortiq davr mobaynida ular Orol dengiziga qo’shimcha
suv resurslarining zaruriyati, ularni to’g’ri ishlatish, dengizning qurishini to’xtatish
uchun qat'iy choralar belgilash haqida Markaziy davlat organlariga takliflar kiritib
kelishdi. “Lekin ularning da'vatlari sovet-partiya amaldorlarining sovuq, hatto
aytish mumkinki, surbetlarcha loqaydligiga duch kelavergan. Bunga ajablanmasa
ham bo’ladi-deb yozadi Islom Karimov. Chunki, xo’jalik yuritishning sotsialistik
tizimining tabiiy xom-ashyo resurslaridan foydalanishda vahshiylarcha, ekstensiv
usulda katta harajatlar va isrofgarchiliklar bilan foydalanishga asoslangani butun
mohiyatiga ko’ra mamlakat ixtiyoridagi beqiyos boyliklarga avaylab munosabatda
bo’lish g’oyasi butunlay yot edi”.
Ma'lumki, KPSS Markaziy qo’mitasi va SSSR Vazirlar Kengashining
1988-yilgi Orol muammolariga bag’ishlangan qarorida dengizni asrash maqsadida
Amudaryoning o’ng va chap qirg’oqlariga oqava suvlar uchun mo’ljallangan
kollektorlar qazish rejalashtiriladi. Hukumat bu maqsadga mablag’ ajratadi. Lekin
bu rejalar ham amaliy natijasini topmay qolib ketdi.
Shunday beparvo munosabat sharoitida ham yurtimizning ko’pgina
jonkuyar farzandlari, mahalliy olimlarimiz Orolbo’yi muammolari bilan qiziqib,
turli izlanishlar olib borishgan. Lekin, ularning amaliy ahamiyatga molik muhim
fikr-mulohazalari sobiqmarkaz jamoatchiligi tomonidan qo’llab-quvvatlanmadi.
Jumladan, xorazmlik Ozod Xusayinov o’zining 25 yillik faoliyatini shu masalaga
bag’ishladi. U bundan bir necha yil oldin: “Agar Amudaryo suvidan hozirgidek
66
xo’jasizlarcha foydalanish davom etsa, suvning yer ostiga singib filtrlanishi va
bug’lanishi oqibatida 6-7 yildan keyin Quyi Amudaryo hududida chuchuk suv
taqchilligi ro’y beradi”,- degan edi. Holbuki SSSR olimlari O.Husayinovning bu
haqqoniy fikrlarini qo’llab-quvvatlashmadi. Umuman, bu davrda kim Orol haqida
haq gap aytsa, u to’siqqa uchrar edi.
1987-yilda O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi qoshida Orolni asrash
qo’mitasi tuziladi. Unga professor P.Shermuhammedov boshchilik qiladi. Qo’mita
a'zolaridan biri Muhammad Ali O’zbekiston televideniesida “Orol mening
taqdirimda” degan ko’rsatuv olib boradi. Ko’rsatuvda birinchi marta qurigan
dengiz tubida suvsiz qolib ketgan kemalar qabristoni, 100 km chekinib ketgan
dengizning mash'um manzarasi, suvsizlikdan halloslab yotgan baliqchilar shahri
Mo’ynoq, barcha-barchasi namoyish etiladi. Ammo, Orol haqida aytilgan achchiq
haqiqat o’sha paytdagi respublika rahbarlariga yoqmaydi. Muokamalardan so’ng,
ko’rsatuvni olib borgan bosh muharrir ogohlantiriladi va bundan keyin Orol haqida
ko’rsatuv qilinadigan bo’lsa, respublika suv xo’jaligi vazirligi ijozati bilan berilsin,
deb uqtiriladi. Natijada, yirik o’zbek shoir va adiblari ishtirok etgan “Orol mening
taqdirimda” badiiy ko’rsatuvini eng avval suv xo’jaligi vazirligining o’n bir
kishidan iborat guruhi ko’rikdan o’tkazadigan bo’ldi va oxir-oqibat bosh muharrir
ishdan bo’shatildi.
67
2. Orol muammosining ek
Do'stlaringiz bilan baham: |