8. Yig‘ma departament o‘ziga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun
Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni tahlil qilish va tayyorlash uchun
zarur bo‘lgan materiallar va ma’lumotlarni Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparatining
boshqa tarkibiy bo‘linmalaridan, davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari va
boshqa tashkilotlarning, shuningdek Vazirlar Mahkamasi Ijro etuvchi apparati axborot-tahlil
departamentlarining makroiqtisodiy rivojlantirish, tarkibiy va institutsional islohotlar,
iqtisodiyot tarmoqlari, sektorlari va hududlarni iqtisodiy rivojlantirish strategiyasi va
dasturlarini ishlab chiqish masalalari bo‘yicha axborot-tahliliy hamda prognozlash faoliyatini
muvofiqlashtirish;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa
organlar va tashkilotlar rahbarlari hamda vakillari ishtirokida yig‘ilishlar o‘tkazish;
markaziy iqtisodiyot organlari, ilmiy-tadqiqot markazlari va institutlari xodimlari,
mahalliy va xorijiy ekspertlarni jalb etgan holda axborot-tahliliy tadqiqotlar o‘tkazish uchun
ekspert guruhlarini tashkil etish;
xalqaro konferensiyalar, kongresslar, simpoziumlar, seminarlar va kengashlarda,
shuningdek iqtisodiy, ijtimoiy, institutsional va tarkibiy islohotlar muammolari bo‘yicha
axborot-tahliliy tadqiqotlar sohasidagi xalqaro loyihalarda qatnashish;
tashqi iqtisodiy faoliyat masalalari bo‘yicha davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari,
shuningdek xalqaro, xorijiy moliyaviy va iqtisodiy tashkilotlar, xorijiy hukumat muassasalari
bilan belgilangan tartibda yozishmalarni yuritish;
mutasaddilik qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, boshqa
tashkilotlarning kollegial organlari majlislarida, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, Bosh
vazir o‘rinbosarining topshirig‘iga binoan — davlat boshqa organlarining, nodavlat notijorat va
boshqa tashkilotlarning Yig‘ma departament yuritadigan sohaga kiruvchi masalalar bo‘yicha
o‘tkaziladigan majlislari va yig‘ilishlarida qatnashish;
zarur hollarda, Vazirlar Mahkamasida ko‘rib chiqiladigan masalalarni ishlab chiqish
uchun davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, ilmiy
muassasalar va boshqa tashkilotlarning rahbarlari va mutaxassislarini belgilangan tartibda jalb
etish, tegishli masalalar bo‘yicha vaqtinchalik ishchi guruhlar tashkil etish;
zarur bo‘lganda, “O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi to‘g‘risida”gi
O‘zbekiston Respublikasi Qonuni va Vazirlar Mahkamasining Reglamenti va boshqa normativ-
huquqiy hujjatlar talablari buzilgan holda kelgan hujjatlarni qaytarish.
Yig‘ma departamentning zarur materiallar, ma’lumotlarni taqdim etish, shuningdek
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari,
qarorlari va farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari va farmoyishlari, boshqa
hujjatlar loyihalarini puxta ishlab chiqish bo‘yicha talablari, agar O‘zbekiston Respublikasi
Prezidenti, O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri, uning o‘rinbosarlari va Vazirlar
Mahkamasi apparati boshqaruvchisining topshiriqlarida bajarishning boshqa muddatlari
belgilanmagan bo‘lsa, departament belgilagan muddatlarda bajarilishi lozim.
9. Yig‘ma departament:
o‘ziga yuklangan vazifalarning tegishli darajada va samarali bajarilishi;
Vazirlar Mahkamasiga kiritilgan hujjatlar loyihalari, takliflar va masalalarning ekspert
jihatidan sifatli ishlab chiqilishini tashkil etish;
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari
qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, Hukumat
qarorlari, farmoyishlari, Vazirlar Mahkamasi rahbariyati topshiriqlarining mutasaddilik
qilinadigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari,
boshqa organlar va tashkilotlar tomonidan o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi yuzasidan
nazoratning ta’minlanishi;
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
hujjatlari va topshiriqlari samarali va natijali ijro etilishi, shuningdek ijro intizomi
mustahkamlanishi uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchilarining,
Vazirlar Mahkamasi va uning komplekslari, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari hamda
barcha darajalardagi hokimliklar rahbarlarining shaxsiy javobgarligi to‘g‘risida” 2017-yil 11-
apreldagi PQ-2881-son qaroriga, shuningdek Vazirlar Mahkamasining “Ijro intizomini