Omilli tahlil metodikasi
Korxonalar xo‘jalik faoliyatidagi barcha hodisa va jarayonlar o‘zaro
aloqador, o‘zaro bog‘liq va o‘zaro shartlangandir. Ular bir-biri bilan
o‘zaro bevosita yoki bilvosita bog‘liq bo‘ladi. Masalan, operatsion
faoliyatidan foyda hajmi mahsulotlar birligi narxi va tannarxiga, savdo
hajmi va strukturasiga bog‘liq. Barcha boshqa omillar ushbu
ko‘rsatkichga bilvosita ta’sir qiladi.
Tahlilda har bir hodisani sabab sifatida ham, natija sifatida ham ko‘-
rib chiqish mumkin. Masalan, mehnat unumdorligini, bir tomondan,
mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarishi sababi, uning tannarxi dara-
jasi sifatida, boshqa tomondan esa – ishlab chiqarishni mexanizatsiya-
lash va avtomatlashtirish darajasi o‘zgarishi natijasi, mehnatni tashkil
qilish takomillashtirilishi va boshqalar tarzida ko‘rib chiqish mumkin.
Har bir natijaviy ko‘rsatkich ko‘p sonli omillarga bog‘liq. Natijaviy
ko‘rsatkich kattaligiga omillar ta’siri qanchalik batafsil tadqiq qilinsa,
tahlil natijalari va korxonalar mehnat sifatini baholash shunchalik aniq
bo‘ladi. Shuning uchun xo‘jalik faoliyati tahlilida o‘rganilayotgan
iqtisodiy ko‘rsatkichlar kattaligiga omillar ta’sirini o‘rganish va o‘lchash
muhim metodologik masala hisoblanadi. Omillarni chuqur va har
56
tomonlama o‘rganmasdan faoliyat natijalari haqida asoslangan xulosalar
qilish, ishlab chiqarish rezervlarini aniqlash, reja va boshqaruv
qarorlarini asoslash mumkin emas.
Omilli tahlil – bu natijaviy ko‘rsatkichlar darajasiga omillar ta’sirini
kompleks hamda tizimli tadqiq qilish jarayonidir.
Omilli tahlil
turlari
1. Determinatsiyalangan va stoxastik
2. To‘g‘ri va teskari
3. Bir darajali va ko‘p darajali
4. Statik va dinamik
5. Retrospektiv va istiqbolli
(prognoz)
4-chizma. Omilli tahlil turlari.
Determinatsiyalashgan omilli tahlil - natijaviy ko‘rsatkichlar bilan
aloqasi funksional tavsif kasb etuvchi omillar tadqiq metodikasini o‘zida
aks ettiradi. Stoxastik tahlil esa natijaviy ko‘rsatkich bilan aloqasi,
funksionaldan farqli ravishda, noto‘liq, ehtimoliy (korrelatsion) hisobla-
nuvchi omillar ta’sirini o‘rganadi. Agar argument o‘zgarishiga funk-
sional (to‘liq) bog‘liqlikda doimo funksiyalarning mutanosiblikda o‘zga-
rishi sodir bo‘lsa, u holda argument o‘zgarishining stoxastik aloqasida
ushbu ko‘rsatkichni aniqlovchi boshqa omillar uyg‘unligiga bog‘liqlikda
funksiyalar o‘sishining bir nechta qiymatini berishi mumkin. Masalan,
mehnat unumdorligi ayni bir xil darajali fond bilan qurollangan turli
korxonalarda bir xil bo‘lmasligi mumkin. Bu natijaviy ko‘rsatkichga
ta’sir qiluvchi boshqa omillarning maqbul uyg‘unligiga bog‘liq.
Tadqiqot metodikasi bo‘yicha to‘g‘ri va teskari omilli tahlil farq-
lanadi. To‘g‘ri omilli tahlil deduktiv usulda – umumiydan xususiyga
tomon amalga oshiriladi. U o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkich kattali-
gini shakllantiruvchi omillarni kompleks tadqiq qilish maqsadida olib
boriladi. Teskari omilli tahlil sabab-oqibat aloqalarini mantiqiy induk-
siya usuli bilan tadqiq qiladi – xususiy, alohida omillardan umumiyga,
sababdan oqibatga. Ko‘plab natijaviy ko‘rsatkichlarning o‘rganilayotgan
omil o‘zgarishiga ta’sirchanlik darajasini baholashga imkon beradi.
Omillarni detallashtirish darajasiga ko‘ra tahlil bir darajali va ko‘p
57
darajali bo‘lishi mumkin. Birinchi shakli omillarning faqat bir darajasini
(bir pog‘onani), ularning tarkibiy qismlar bo‘yicha detallashtirmasdan
tadqiq qilish uchun foydalaniladi, masalan, Y = a*v. Ko‘p darajali omilli
tahlilda omillarning mohiyatini o‘rganish maqsadida ularlarning a va v
tarkibiy elementlariga nisbatan detallashtirishga olib boriladi. Omillarni
detallashtirish kelgusida ham davom ettirilishi mumkin. Ushbu holatda
tobelanishning turli darajalariga ega omillar ta’siri o‘rganiladi.
O‘rganilayotgan hodisalar holat belgisiga ko‘ra statik va dinamik
omilli tahlil farqlanadi. Statik tahlil muayyan sanaga natijaviy ko‘rsat-
kichlarga omillarning ta’sirini o‘rganishda qo‘llaniladi. Boshqa ko‘rinish
sabab-oqibat aloqalarini dinamikada tadqiq qilish metodikasini o‘zida
aks ettiradi, va nihoat, vaqt belgisi bo‘yicha omilli tahlil retrospektiv
bo‘lishi mumkin, u o‘tgan davr va istiqbol uchun xo‘jalik faoliyati nati-
jalaridagi o‘zgarishlar sababini o‘rganib, istiqbolda natijaviy ko‘rsat-
kichlar darajasiga omillar ta’sirini tadqiq qiladi.
Omilli tahlilning asosiy bosqichlari:
1) o‘rganilayotgan natijaviy ko‘rsatkichlarning tahlili uchun
omillarni saralash;
2) klassifikatsiya va tizimlashtirish omillarining maqsadida ta’min-
langan tizimli yondashuv va ularni o‘rganish;
3) omilli va natijaviy ko‘rsatkichlar o‘rtasida o‘zaro aloqalarni
modellashtirish;
4) omillar ta’sirini hisoblash va o‘zgarishidagi natijaviy ko‘rsatkich
kattaliklari har birining ahamiyatini baholash;
5) iqtisodiy jarayonlarni boshqarish uchun omilli modeldan amaliy
foydalanish.
Do'stlaringiz bilan baham: |