Kompleks iqtisodiy tahlil metodikasi
Metodika – analitik tadqiqotni yanada maqsadga muvofiq baja-
rishning usullari va qoidalari majmuidir. Tahlilda umumiy va xususiy
metodika farqlanadi. Umumiy metodika iqtisodiyotning turli sohalarida-
gi iqtisodiy tahlilning turli obyektlarini o‘rganishda foydalaniladi. Xusu-
siy metodika muayyan iqtisodiyot sohalari, ishlab chiqarish turi, tadqiqot
obyektlarida tahlil ko‘rinishida umumiy qo‘llanilishini aniqlashtiradi.
Tahlilning ixtiyoriy metodikasi analitik tadqiqot o‘tkazish bo‘yi-
cha ko‘rsatmalar yoki metodologik tavsiyalarni o‘zida aks ettiradi, aynan:
• analitik tadqiqot o‘tkazish ketma-ketligi va davriyligi bo‘yicha
tavsiyalar;
• o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usul va uslublarini tav-
siflash;
• tahlilni tashkil qilish, uni metodik, texnik va informatsion
ta’minoti bo‘yicha ko‘rsatmalar;
• tahlil natijalarini rasmiylashtirish bo‘yicha tavsiyalar.
IT metodikasining ikki elementiga batafsilroq to‘xtalamiz:
1) tahlil texnologiyasi (analitik ishlarni bajarish ketma-ketligi);
2) o‘rganilayotgan obyektlarni tadqiq qilish usullari (tahlilning
metodik instrumentariysi).
Kompleks iqtisodiy tahlilni bajarishda bir nechta texnologik
bosqich ajratiladi:
1) tahlil obyektlari, maqsad va vazifa aniqlanadi, analitik ishlar
rejasi tuziladi, chunki maqsad aniq keltirilmasa, tahlil jarayoni o‘z
ma’nosini yo‘qotadi;
2) tahlil obyektini tavsiflashga ko‘maklashuvchi ko‘rsatkichlar
tizimi ishlab chiqiladi;
3) tahlil uchun zaruriy axborot to‘planadi va tayyorlanilib (uning
aniqligi, ishonchliligi tekshiriladi, mutanosib ko‘rinishga olib kelinadi,
tizimlashtiriladi. Iqtisodiy tahlil natijalari axborotlarning sifatiga bog‘liq
bo‘ladi;
4) xo‘jalik yuritishning haqiqatdagi natijalarini hisobot davri reja
ko‘rsatkichi bilan, qabul qilingan me’yorlar va standartlar, o‘tgan yillar
haqiqatdagi ma’lumotlari bilan, yetakchi korxonalar yutuqlari, o‘rtacha
soha bo‘yicha; korxona rivojlanishi tendensiyalari va sur’atlari, uning
reytingi, moliya va tovar bozoridagi holati o‘rnatiladi; yechimi bo‘yicha
muayyan chora-tadbirlarni taqozo etuvchi muammolar topiladi;
5) omillar va korxona faoliyati natijalariga o‘tmishda hamda
54
istiqbolda ularning ta’siri aniqlanadi, korxona maqsadlariga erishishda
foydalanilmagan imkoniyatlar hisoblanadi va shuning asosida erishilgan
natijalarni baholash amalga oshiriladi;
6) yuzaga kelgan vaziyatda korxona rivojlanishining ehtimoliy
ssenariysi ko‘rib chiqiladi, fan va amaliyot sohasida yangiliklarni
o‘rganish negizida korxona mehnat unumdoligini oshirishning mavjud
zaxiralari baholanadi;
7) qo‘yilgan maqsadlarga erishishga yo‘naltirilgan strategik va
taktik boshqaruv qarorlari qabul qilish bo‘yicha tavsiyalar tayyorlanadi;
qabul qilinayotgan qarorlarning ehtimoliy oqibatlari, ishlab chiqarish va
moliyaviy risklar darajasi baholanadi; korxonaning operativ, joriy va
istiqbolli rejalari aniqlanadi.
Analitik tadqiqotlarni bajarishning bunday ketma-ketligi iqtisodiy
tahlil nazariyasi va amaliyoti nuqtayi nazaridan yanada maqsadga
muvofiq hisoblanadi.
Analitik tadqiqotning turli bosqichlarida qo‘llaniladigan tahlilning
texnik uslublari va usullari (tahlil instrumentariysi) iqtisodiy tahlil
metodikasining eng muhim elementi hisoblanadi (3-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |