Moliyaviy va boshqaruv tahlili pv doc


ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan



Download 2,53 Mb.
Pdf ko'rish
bet219/606
Sana31.12.2021
Hajmi2,53 Mb.
#200849
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   606
Bog'liq
fNbuAJ1vbh5eky7cXe5usiAgWjSR9DtnZOAnkVDu

ko‘rsatilishicha mehnat predmetlariga quyidagilar kiritilgan: 

-  xomashyo va materiallar; 

-  elektro-energiya; 

-  yoqilg‘i; 

-  yog‘lovchi materiallar; 

-  kam baholi va tez to‘zuvchi buyumlar va boshqalar. 

Mehnat  predmetlaridan  samarali  foydalanish  natijasida  ishlab 

chiqarilayotgan  mahsulotlarning  o‘rtacha  xarajatlari  yoki  tannarxlari 




 

236


pasayadi. Buning natijasida korxonalarning sof foydalari ortadi. Shuning 

bilan  birgalikda  mehnat  predmetlaridan  o‘rindoshlik  bilan  foydalanish 

oqibatida  ishlab  chiqarilayotgan  mahsulotlarning  sifatlari  yaxshilanadi, 

xizmat qilish muddatlari esa ko‘payadi.  

Mahsulot  ishlab  chiqarish  rejasining  bajarilishi,  tannarxning  pasa-

yishi,  foyda  va  rentabelligining  oshishi,  korxonani  moddiy  resurslar 

bilan belgilangan assortimenti va sifati bo‘yicha ta’minlanishiga bog‘liq. 

Shuning  uchun  sanoat  korxonalari  o‘z  ishlab  chiqarishini  bir  meyorda 

samarali  rivojlanishini  ta’minlash  maqsadida  uzoq  muddatga  mo‘ljal-

langan  biznes-rejalariga  asoslangan  holda  mehnat  predmetlari  bilan 

ta’minlashga  alohida  e’tibor  beradilar,  chunki  hozirgi  paytda  mehnat 

predmetlarini  yo‘qligi  yoki  o‘z  vaqtida  olib  kelinmaganligi  sababli 

sanoat korxonalarining ishlab chiqarish faoliyati turib qolmoqda.  

Korxonalarning  moddiy  resurslar  bilan  o‘z  vaqtida,  zaruriy 

miqdorlarda,  belgilangan  sifatda  hamda  bir  maromda  ta’minlanishi  shu 

bilan  birgalikda  ulardan  ratsional  foydalanish  pirovardida  uning 

iqtisodiy rivojlanishi va taraqqiy etishi uchun har tomonlama ta’sir etadi. 

Korxonalarning  rivojlanishi,  taraqqiy  etishi  hamda  iqtisodiy  jihat-

dan  baquvvat  bo‘lishi  oqibat  natijada  mustaqil  respublikamizning 

iqtisodiyotini barqarorlashishiga zamin yaratadi. Xalqimiz turmush dara-

jasining yanada yuksalishiga har tomonlama o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. 

Sanoat  korxonalarida  mahsulot  ishlab  chiqarish  hajmining  oshishi, 

o‘z  navbatida,  moddiy  resurslardan  foydalanish  ko‘lamining  ham 

kengayishiga  olib  keladi.  Shuning  uchun  moddiy  resurslardan  tejab-

tergab foydalanish muhim masalalardan biri hisoblanadi. 

Mehnat  predmetlaridan  to‘liq  va  samarali  foydalanishni  ta’minlash 

uchun  hozirgi  davrda  zamonaviy  yangi  texnikalardan  to‘g‘ri  foydala-

nish, shuningdek, samarali texnologiyalarni ishlab chiqarishga tezkorlik 

bilan  tatbiq  etishni  taqozo  etadi,  chunki  ular  yordamida  mehnat  pred-

metlari  ishlab  chiqarishga  sarf  qilinishi,  tejalishi  ta’minlanadi.  Ishlab 

chiqarish turli mulk shakllarini, xususan, asosiy e’tiborni nodavlat mulk-

chiligiga asoslangan korxonalarni barpo etish va rivojlantirishga qaratish 

maqsadga  muvofiqdir,  sababi  ularda  mulkka  egalik  qilish  hissiyoti 

doimo yuqori darajada bo‘ladi. Darhaqiqat, nodavlat mulkchiligiga asos-

langan  korxonalarda  mehnat  predmetlari  ularning  mulki  hisoblanadi. 

Undan imkoniyat doirasida samarali foydalanishga katta e’tibor beriladi.  

Moddiy  resurslardan  samarali  foydalanishni  yo‘lga  qo‘yishda 

iqtisodiy tahlilning ahamiyati katta. Korxonada moddiy resurslardan qay 




 

237


darajada  foydalanilayotganligini  tahlil  etish  natijasida  ishlab  chiqarila-

yotgan  mahsulotlarga  sarflanayotgan  xarajatlarni  tejash  maqsadida 

foydalanilmay qolgan ichki imkoniyatlarni topish mumkin.  


Download 2,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   215   216   217   218   219   220   221   222   ...   606




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish