Parol ochuvchilar (Password Crackers)ni ishlatib turish lozim. Xakerlar ko'pincha
parollar bilan shifrlangan fayllarni o'g‘irlash uchun kompyuterlarning bardoshi bo'sh joylaridan
foydalanishga intiladilar. So'ngra parol ochuvchi maxsus dasturlarni ishga soladilar va ular orqali shu
shifrlangan fayllardagi bardoshi bo'sh parollarni topib oladilar. Bunday parol qo'lga kirishi bilan
kompyuterga odatdagi foydalanuvchi kabi kompyuterga va tarmoqqa bildirmay kirishning turli
usullaridan foydalanadilar. Garchi bu vosita niyati buzuq kimsalar tomonidan ishlatilsa ham bu tizim
administratori uchun ham foydalidir. Tizim administratorlari davriy tarzda bunday dasturlarni
o'zlarining shifrlangan fayllariga nisbatan o'z vaqtida bardoshi bo'sh parollarni o'zlari topib tegishli
chora ko'rib qo'yishlari lozim.
12.