Baytda asosiy e’tibor dehqonchilikka qaratilgandek, dehqonchilik
sharaflangandek taassurot hosil bo‘ladi.
“Hayrat ul-abror”da quyidagi baytga duch kelamiz:
Dunyi erur mazraayi foxira,
“Addunya mazraatil oxira”.
Baytning ikkinchi misrasi hadis bo’lib, uning ma’nosi “Dunyo
oxiratning ekinzoridir”.
“Farhod va Shirin” dostonida hadis mazmunining yanada aniqroq
sharhini ko’ramiz:
Chu mazra’ ichra sochting har ne dona,
Hamul dona, ko’targung jovidona.
Chu mahsulidin o’lmas kimsa qochmoq,
Keraktur yaxshiliq tuxmini sochmoq.
(Ekinzorga qanday don sochsang, o’shani yig’ib olasan. Hosilidan
qochib qutulishning iloji yo’q ekan, yaxshilik urug’ini sochish kerak).
Ahmad Yugnakiyning yuqoridagi baytida ham aslida shu hadisga
ishora etilmoqda: Rasul dunyoni ekinzor deb atadi. Ey ekin ekuvchi, ekin
Do'stlaringiz bilan baham: |