O’zbekiston davlat jahon tillari universiteti



Download 3,29 Mb.
Pdf ko'rish
bet37/164
Sana31.12.2021
Hajmi3,29 Mb.
#200128
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   164
Bog'liq
ingliz tili amalij gramatikasi (1)

Dovon 
(Da-yun, 
Farg‘ona)  davlati  haqida  ma’lumotlar  beradi. 
Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  Dovon  davlati  ma’lum  siyosiy  uyushmani  tashkil 
etgan  bo‘lib,  davlatni  boshqaruvchi  hukmdor  manbalarda  “van”  (podsho)  unvoni  bilan  ish 
yuritgani  ta’kidlanadi.  Davlat  hukmdori  mamlakatning  siyosiy  va  diniy  hayotida  katta 
ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh 
tuzish  masalalarini  hal  etishda  ishtirok  etganlar,  ba’zan  ular  hukmdorning  taqdirini  hal 
etganlar. 
 
Manbalar  Dovon  davlatining  poytaxtlari  -  bosh  shahar  Ershi  va  ikkinchi  shahar 
Yuchen  (  davlatning  sharqida)  haqida  ma’lumotlar  beradi.  Tadqiqotchilar  bosh  shaharni 
Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida 
bo‘lgan  deb  hisoblaydilar.  Farg‘ona  vohasi  hududlarida  ko‘chib  yurgan  chorvador  va 
ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun 
Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan. 
 
Mil.  avv.  II  asrdan  boshlab  Qashg‘ardan  Dovonga  shimoliy  yo‘ldan  karvon  yo‘li 
harakati  boshlanadi.  Bu  yo‘ldan  ipak  va  boshqa  mahsulotlarning  xalqaro  tranzit  savdosi 
amalga  osha  boshlaydi.  Bu  paytga  kelib  Dovon  aholisi  ko‘paya  boshlaydi  va  ko‘plab 
mustahkamlangan  aholi  manzilgohlari  paydo  bo‘ladi.  Savdo  yo‘lida  Dovon  muhim 
ahamiyatga  ega  bo‘la  boradi.  Tadqiqotchilar  fikricha,  Yassa  va  Qoradaryo  vohalarida 
ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.  
 
Mil.  avv.  125-yilda  Dovonga  kelgan  mashhur  Xitoy  sayohatchisi  Chjan  Syan 
Dovonning  qishloq  xo‘jaligi  haqida  ma’lumot  berib,  shunday  yozadi:  “O‘troq  aholi  yer 
haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor”. 


 
56 
Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini 
isbotlaydi.  Xitoyliklarni  ayniqsa,  o‘zlari  uchun  notanish  bo‘lgan  beda  va  uzum  hayratga 
solgan.  Manbada  yana  shunday  ma’lumot  bor:”Xitoy  elchisi  urug‘  keltirdi,  shunda  osmon 
farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi”. 
 
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni 
bo‘lgan  yilqichilikning  yuqori  darajada  rivojlanganligi  haqida  ham  ma’lumotlar  beradi. 
Dovon  o‘lkasi  qadimgi  (antik)  davrda  mashhur  zotdor  otlari  bilan  shuhrat  qozongan  edi. 
Manbalardan  ma’lum  bo‘lishicha,  ularni  yetishtirish  bilan  o‘troq  aholi  shug‘ullangan.  “ 
Dovonda  yaxshi  otlar  bo‘lib  ular  Ershi  shaharidadir,  otlarni  yashiradilar  va  Xan  elchisiga 
berishga  rozi  bo‘lmaydilar”.  Dovonning  mashhur  “samoviy  otlari”  tasvirlari  tushirilgan 
qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan. 
 
Xususan,  O‘shdan  8  km  uzoqlikdagi  Ayrimchatovdagi  qoya  adirlarda  30  ta  chiroyli 
zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon 
qoyasidan,  Navqat  vohasi  va  Obishirsoydan  ham  topilgan.  Bu  tasvirlar  Dovon  o‘zining 
samoviy 
otlari  bilan  qadimdan  mashhur  bo‘lganligini  tasdiqlabgina  qolmay, 
farg‘onaliklarning yuksak tasviriy san’at sohiblari bo‘lganligidan ham dalolat beradi. 
 
Manbalarning  guvohlik  berishicha,  qo‘shni  davlatlar,  xususan  Xitoy  imperatorlari 
Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv. 
II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tgan. Bu 
to‘qnashuvlarda dovonliklar o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar. 
 
Milodning  I-II  asrlarga  kelib  qadimgi  Farg‘ona  aholisining  o‘troq  dexqonchilik 
madaniyati  yuqori  darajaga  ko‘tariladi.  Olib  borilgan  arxeologik  tadqiqotlar  natijasida 
Farg‘ona  vodiysida  bu  davrga  oid  ko‘p  sonli  aholi  manzilgohlari,  qal’alar,  qo‘rg‘onlar, 
ko‘hna  shaharlar  xarobalari  aniqlangan.  Aholi  manzilgohlarini  vodiyning  turli  hududlarida 
keng yoyilishi sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi 
natijasi  edi.  Davlatning  siyosiy  va  madaniy  rivojlanishida  hunarmandchilik  markazlari 
bo‘lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.  
 
Bu 
davrga 
oid 
arxeologik 
topilmalar 
dehqonchilikdan 
ixtisoslashgan 
hunarmandchilikning  ajralib  chiqqanligidan  dalolat  beradi.  Bu  jarayon  o‘z  navbatida 
hunarmandchilik  va  tog‘-kon  sanoatining  (turli  ma’danlar  qazib  olish)  yanada  rivojlanishi 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. 
 
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona 
vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘ 
vodiylarida  yashovchi  chorvadorlar  bilan  ham  o‘zaro  almashinuv  rivojlanadi.  Antik  davr 
Farg‘ona  yodgorliklarining  ayrimlarida  Xitoy  tangalari  (u-shi)  uchrasa  ham  mahalliy 
tangalar  uchramaydi.  Bu  hol  natural  xo‘jalik  (mahsulot  ayirboshlash)  ustunligidan  dalolat 
beradi. 
 
Tarixiy  manbalar  Yunon-Baqtriya  davlati  ko‘chmanchi  qabilalar  tomonidan  tor-mor 
etilganligi eslatiladi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar, 
sakaravr  qabilalari  bosib  oladilar.  Pompey  Trog  xabar  berishicha,  “Baqtriya  va 
So‘g‘diyonani  skif  qabilalari  sarauklar  va  assianlar  bosib  oladilar”.  Tadqiqotchilarning 
fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan. 
 
Qadimgi  Xitoy  manbalari  Baqtriyani  yuyechji  qabilalari  bosib  olganligi  haqida 
ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv. 
172-16-yillar  oralig‘ida  deb  belgilaydilar)  yuyechjilar  xunnlardan  mag‘lubiyatga 
uchraganidan  so‘ng  O‘rta  Osiyoning  shimoliy  hududlarida  ko‘chib  yuradilar.  Bu  qabilalar 
Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan 
Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta 
Osiyoning  janubiga  tomon  harakat  qilib,  Dahya  (Baqtriya)ni  bosib  oladilar  va  Guyshuy 
(Amudaryo)ning  shimoliy  tomonida  joylashadilar.  To‘ng‘ich  Xan  uyi  tarixida  ham 


 
57 
yuyechjilar  Guyshuy  daryosining  shimoliy  tomonida  o‘z  poytaxtlariga  asos  solganliklari 
ta’kidlanadi. 
 
Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  yuyechjilar  mil.  avv.  140-130  yillar 
oralig‘ida  Baqtriyaga  bostirib  kirganlar.  Oradan  ko‘p  o‘tmay  Baqtriyada  Katta  yuyechji 
davlati  tashkil  topadi.  Kichik  Xan  uyi  tarixi  ma’lumotlariga  ko‘ra,  Katta  yuyechji 
hukmdorlari  ko‘l  ostida  beshta  hokimlik  (Xi-xeu)  bor  bo‘lib,  ular  Xyumi,  Shaunmi, 
Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik 
tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar. 
 
1.  Mil.  avv.  139-125-yillar  -  Katta  yuyechji  Dahya  viloyatini  bosib  oladi,  ammo 
ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi. 
 
2.  Mil.  avv.  25  yilga  qadar  -  Katta  yuyechji  davlatining  shakllanishi  va  keyingi 
rivojlanishi.  Davlatning  poytaxti  Amudaryodan  shimol  tomonda  bo‘lib,  janubiy  chegarasi 
Gibin  atroflarida  (Kashmir  yoki  Qandahor)  edi.  Yuyechjilar  bo‘ysundirgan  hududlar  Xise, 
Shaunmi,  Guyshuan,  Xyumi,  Dumi  mulklaridan  iborat  bo‘lib  ular  xi-xou  (yabg‘u) 
tomonidan boshqarilgan. 
 
3.  Mil.avv.  125-yilgacha  Katta  yuyechji  davlatining  inqirozi  va  yuqorida  eslatilgan 
mulklarning  mustaqil  bo‘lishi.  Kushon  (Guyshuan)  yabg‘usi  Kiotszyukyu  (Kujula  Kadfiz) 
qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi. 
 
Kushon  davlatining  paydo  bo‘lishi  haqida  ko‘proq  Xitoy  manbalari  va 
tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi 
va rivojlanishi uzoq vaqt  tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi 
20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib 
borildi.  Ayniqsa,  1961-yil  Londonda  o‘tkazilgan  xalqaro  simpozium,  1968-yil  Dushanbeda 
YUNESKOning  konferensiyasi,  1970-yil  Qobuldagi  xalqaro  anjuman  Kushon  davlati 
masalalariga  bag‘ishlangan  bo‘lib,  undan  keyin  ham  bu  masala  bo‘yicha  ko‘plab  xalqaro 
anjumanlar bo‘lib o‘tdi. 
 
Mil.  avv.  I  asrning  oxiri-mil.  I  asrning  boshlariga  kelib  guyshuan  hokimi 
Kiotszyukyu  barcha  mulklarni  birlashtirib,  Qobuliston  va  Qandarhorni  zabt  etadi.  Natijada 
bu  davrga  kelib  Kushon  davlati  o‘z  ahamiyatiga  ko‘ra  antik  davr  Xitoydagi  Xan  davlati, 
Parfiya  podsholigi,  Rim  saltanati  bilan  raqobatlasha  oladigan  qadimgi  dunyoning  eng 
qudratli  va  zabardast  davlatlaridan  biri  sifatida  tashkil  topdi.  Xitoy  manbalaridagi 
“Guyshuan  hokimi  Kiotszyukyu”,  ilk  kushon  davriga  oid  topilma  tangalarda  aks  ettirilgan 
“Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi. 
 
Tangashunoslik  ma’lumotlariga  ko‘ra,  Kadfiz  I  o‘z  podsholik  siyosatini  davlat 
yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida 
eng  so‘nggi  Yunon-Baqtriya  podshosi  Germey  tasviri  tushirilib,  uning  nomi  yozilgan, 
ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va “o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg‘usi Kujula 
Kadfiz”  degan  so‘zlar  bor.  Bunday  tangalar  zarb  etlishini  olimlar  turlicha  talqin  etadilar. 
Ba’zi  tadqiqotchilarning  fikricha,  Kadfiz  I  dastlab  Yunon-Baqtriya  podshosi  Germey 
hokimligini  tan  oladi  va  ular  birgalikda  tanga  zarb  etadilar.  Boshqa  guruh  olimlar  fikriga 
ko‘ra,  Kadfiz  I  ning  Germey  tangalariga  o‘z  ismini  qo‘yib  zarb  qilishga  sabab,  Germey 
tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi. 
 
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki,  keyinroq  Kadfiz  I o‘z nomini  “yobg‘u”dan “shohlar 
shohi”  faxriy  unvonigacha  ko‘tarib  tangalar  zarb  etadi.  Yana  bir  guruh  O‘rta  Osiyodan 
(ko‘proq  Tojikistondan)  topilgan  tangalarda  “shohlar  shohi,  buyuk  xaloskor”  degan  yozuv 
ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan. 
 
Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi. 
Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib, oltin 
tangalar  zarb  etadi.  Shuningdek,  Kadfiz  II  Hindistonning  bir  qismini  Kushon  davlatiga 
qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi. 


 
58 
 
Kushon  podsholari  ichida  eng  mashhuri  Kanishka  hisoblanadi.  Uning  hokimlik 
davrida  Kushonlar  saltanati  gullab-yashnashining  yuqori  cho‘qqisiga  ko‘tariladi.  Kanishka 
davrida Panjob,  Kashmir viloyatlari mamlakatga  qo‘shib olinadi.  Ayrim tadqiqotchilarning 
fikricha,  davlatning  poytaxti  Dalvarzindan  (Surxondaryo),  Peshovar  (Afg‘oniston) 
atroflariga  ko‘chiriladi.  Bu  davrda  (mil.  II  asr)  mamlakatning  hududi  Shimoliy  Hindiston, 
Afg‘oniston,  O‘rta  Osiyoning  janubi,  Sharqiy  Turkistondan  iborat  edi.  Syuan  Szyanning 
yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga 
yoyildi.  Mamlakatning  harbiy  qudrati  ko‘pchilik  tomonidan  tan  olindi.  Xitoyning  g‘arb 
tomonidagilar  ham  Kanishkaning  hokimiyatini  tan  olib,  unga  o‘z  garovga  qo‘ygan 
odamlarini yuborar edilar”. 
 
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka 
hukmronligi  davrida)  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlar  anchagina  rivojlangan  davr  edi.  Bu 
davrga kelib O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo‘jaligi yaxshi o‘zlashtirib 
bo‘lingan  edi.  Tekisliklarda  sug‘orma  dehqonchilik  bilan  birga  chorvachilik  ham  keng 
rivojlanadi.  Bu  davrda  shuningdek,  Xorazmda,  Zarafshonda  ko‘plab  sug‘orish  inshootlari 
quriladi.  Dehqonchilik  qurollarida  ham  o‘zgarishlar  sodir  bo‘ladi.  Samarqand  yaqinidagi 
Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan. 
 
Kushon  davriga  oid  ko‘plab  ochilgan  ko‘hna  shaharlar  bu  paytda  shaharsozlik 
madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki ochilgan 
ko‘hna shaharlardan biri Ayritom ko‘hna shahri bo‘lib, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida 
Termizdan  20  km  sharqda  joylashgan.  Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda  Ayritom 
ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular: 
so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib 
borilgan  uzoq  yillik  (1932  yilda  boshlangan)  tadqiqotlar  natijasida  Budda  ibodatxonalari 
majmualari,  qabriston,  ko‘plab  haykallar  va  baqtriya  yozuvi  topilgan  va  o‘rganilgan. 
Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan. 
 
Bu  davrda  Afrosiyob  ko‘hna  shahri  tuzilishida  ham  o‘zgarishlar  bo‘lib  o‘tadi. 
Xususan,  milodning  dastlabki  asrlarida  bu  ko‘hna  shahar  yangitdan  devor  bilan  o‘rab 
olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‘plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir. 
Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko‘hna shahar inqirozga 
uchraydi. 
 
Bu  davrga  oid  yirik  ko‘hna  shaharlardan  biri  Dalvarzintepadir.  Ko‘hna  shahar 
Surxondaryo  viloyatining  Sho‘rchi  tumani  hududida  joylashgan.  Umumiy  maydoni  36 
gektardan ziyod bo‘lgan bu ko‘hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr bo‘lgan himoya 
devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlarni ko‘zlab maxsus 
minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy 
qismida esa hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan 
ko‘p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O‘rta 
Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oldi qismida 
milodning  I  asrida  bunyod  etilgan  Budda  ibodatxonasi  qoldiqlari  ochilib  undan  diniy 
qarashlar  bilan  bog‘liq  bo‘lgan  ko‘p  sonli  topilmalar  topilgan.  Ko‘hna  shaharning 
markazidan milodiy II-III asrlarga oid  yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu 
ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor 
va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‘hna shahardan 11 ta xumdon ochilgan 
bo‘lib,  ular  bu  hududda  sopol  hunarmandchiligining  rivojlanganidan  dalolat  beradi.  Uzoq 
yillik  arxeologik  tadqiqotlar  Dalvarzintepa  o‘rniga  Kushon  davlatining  yirik  qo‘hna  shahri 
(dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi. 
 
Termiz shahridan 26 km shimoli-g‘arbda Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna 
shahar  to‘rtburchak  shaklda  (400x400)  bo‘lib  mustahkam  himoya  devorlari  bilan  o‘rab 
olingan.  Tadqiqotchilarning  fikrlariga  qaraganda,  ko‘hna  shahar  mil.  avv.  II-I  asrlardan 


 
59 
milodiy  III-V  asrlarga  qadar  mavjud  bo‘lgan.  Bu  yerdan  topilgan  turli  topilmalar  shahar 
hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi. 
 
Amudaryoning  o‘ng  qirg‘og‘i  Surxondaryo  viloyatining  Sho‘rob  qishlog‘i  yonida 

Download 3,29 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   164




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish