Dovon
(Da-yun,
Farg‘ona) davlati haqida ma’lumotlar beradi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, Dovon davlati ma’lum siyosiy uyushmani tashkil
etgan bo‘lib, davlatni boshqaruvchi hukmdor manbalarda “van” (podsho) unvoni bilan ish
yuritgani ta’kidlanadi. Davlat hukmdori mamlakatning siyosiy va diniy hayotida katta
ahamiyatga ega bo‘lgan oqsoqollar kengashiga tayanib ish ko‘rgan. Oqsoqollar urush va sulh
tuzish masalalarini hal etishda ishtirok etganlar, ba’zan ular hukmdorning taqdirini hal
etganlar.
Manbalar Dovon davlatining poytaxtlari - bosh shahar Ershi va ikkinchi shahar
Yuchen ( davlatning sharqida) haqida ma’lumotlar beradi. Tadqiqotchilar bosh shaharni
Marhamat (Andijon vil.) va ikkinchi shaharni Shurabashot (O‘zgand vohasi Qirg‘.) o‘rnida
bo‘lgan deb hisoblaydilar. Farg‘ona vohasi hududlarida ko‘chib yurgan chorvador va
ko‘chmanchi qabilalar Dovon tarixida muhim ahamiyatga ega bo‘lganlar. Bu qabilalar uchun
Farg‘ona madaniy va hunarmandchilik markazi hisoblangan.
Mil. avv. II asrdan boshlab Qashg‘ardan Dovonga shimoliy yo‘ldan karvon yo‘li
harakati boshlanadi. Bu yo‘ldan ipak va boshqa mahsulotlarning xalqaro tranzit savdosi
amalga osha boshlaydi. Bu paytga kelib Dovon aholisi ko‘paya boshlaydi va ko‘plab
mustahkamlangan aholi manzilgohlari paydo bo‘ladi. Savdo yo‘lida Dovon muhim
ahamiyatga ega bo‘la boradi. Tadqiqotchilar fikricha, Yassa va Qoradaryo vohalarida
ko‘pgina qal’alar savdo yo‘lini qo‘riqlash maqsadida barpo etiladi.
Mil. avv. 125-yilda Dovonga kelgan mashhur Xitoy sayohatchisi Chjan Syan
Dovonning qishloq xo‘jaligi haqida ma’lumot berib, shunday yozadi: “O‘troq aholi yer
haydaydi, g‘alla va sholi ekadi, ularda musallas navli uzum, juda ko‘plab yaxshi otlar bor”.
56
Bu ma’lumot qadimgi Farg‘onada dehqonchilik madaniyati yuqori darajada rivojlanganligini
isbotlaydi. Xitoyliklarni ayniqsa, o‘zlari uchun notanish bo‘lgan beda va uzum hayratga
solgan. Manbada yana shunday ma’lumot bor:”Xitoy elchisi urug‘ keltirdi, shunda osmon
farzandi (Xitoy imperatori) unumdor yerga beda va uzum ekdi”.
Xitoy manbalari, shuningdek, qadimgi Farg‘ona chorvachiligining o‘ziga xos tomoni
bo‘lgan yilqichilikning yuqori darajada rivojlanganligi haqida ham ma’lumotlar beradi.
Dovon o‘lkasi qadimgi (antik) davrda mashhur zotdor otlari bilan shuhrat qozongan edi.
Manbalardan ma’lum bo‘lishicha, ularni yetishtirish bilan o‘troq aholi shug‘ullangan. “
Dovonda yaxshi otlar bo‘lib ular Ershi shaharidadir, otlarni yashiradilar va Xan elchisiga
berishga rozi bo‘lmaydilar”. Dovonning mashhur “samoviy otlari” tasvirlari tushirilgan
qoyatosh suratlari bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan.
Xususan, O‘shdan 8 km uzoqlikdagi Ayrimchatovdagi qoya adirlarda 30 ta chiroyli
zotdor otlarning tasvirlari bor. Xuddi shunga o‘xshash tasvirlar Marhamat yaqinidagi Aravon
qoyasidan, Navqat vohasi va Obishirsoydan ham topilgan. Bu tasvirlar Dovon o‘zining
samoviy
otlari bilan qadimdan mashhur bo‘lganligini tasdiqlabgina qolmay,
farg‘onaliklarning yuksak tasviriy san’at sohiblari bo‘lganligidan ham dalolat beradi.
Manbalarning guvohlik berishicha, qo‘shni davlatlar, xususan Xitoy imperatorlari
Dovon otlarini nihoyatda qadrlaganlar. Otlar va Dovonning serunum yerlari uchun mil. avv.
II asrning oxirlarida Xitoy va Dovon o‘rtasida harbiy to‘qnashuvlar ham bo‘lib o‘tgan. Bu
to‘qnashuvlarda dovonliklar o‘z mustaqilliklarini saqlab qolishga muvaffaq bo‘lganlar.
Milodning I-II asrlarga kelib qadimgi Farg‘ona aholisining o‘troq dexqonchilik
madaniyati yuqori darajaga ko‘tariladi. Olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida
Farg‘ona vodiysida bu davrga oid ko‘p sonli aholi manzilgohlari, qal’alar, qo‘rg‘onlar,
ko‘hna shaharlar xarobalari aniqlangan. Aholi manzilgohlarini vodiyning turli hududlarida
keng yoyilishi sug‘orma dehqonchilik va irrigatsiya ishlarining yuqori darajada rivojlanishi
natijasi edi. Davlatning siyosiy va madaniy rivojlanishida hunarmandchilik markazlari
bo‘lgan qadimgi shaharlar ayniqsa katta ahamiyatga ega bo‘ldi.
Bu
davrga
oid
arxeologik
topilmalar
dehqonchilikdan
ixtisoslashgan
hunarmandchilikning ajralib chiqqanligidan dalolat beradi. Bu jarayon o‘z navbatida
hunarmandchilik va tog‘-kon sanoatining (turli ma’danlar qazib olish) yanada rivojlanishi
uchun keng imkoniyatlar yaratdi.
Hunarmandchilikning rivojlanishi va qadimgi yo‘llarning mavjudligi tufayli Farg‘ona
vodiysida Sharqiy Turkiston bilan olib borilgan tashqi savdo bilan bir qatorda, atrofdagi tog‘
vodiylarida yashovchi chorvadorlar bilan ham o‘zaro almashinuv rivojlanadi. Antik davr
Farg‘ona yodgorliklarining ayrimlarida Xitoy tangalari (u-shi) uchrasa ham mahalliy
tangalar uchramaydi. Bu hol natural xo‘jalik (mahsulot ayirboshlash) ustunligidan dalolat
beradi.
Tarixiy manbalar Yunon-Baqtriya davlati ko‘chmanchi qabilalar tomonidan tor-mor
etilganligi eslatiladi. Strabon ma’lumotlariga ko‘ra, Baqtriyani assiylar, passianlar, toxarlar,
sakaravr qabilalari bosib oladilar. Pompey Trog xabar berishicha, “Baqtriya va
So‘g‘diyonani skif qabilalari sarauklar va assianlar bosib oladilar”. Tadqiqotchilarning
fikricha har ikkala tarixchi bitta qabila haqida ma’lumot bergan.
Qadimgi Xitoy manbalari Baqtriyani yuyechji qabilalari bosib olganligi haqida
ma’lumot beradi. Mil. avv. II asrning ikkinchi choragida (tadqiqotchilar bu sanani mil. avv.
172-16-yillar oralig‘ida deb belgilaydilar) yuyechjilar xunnlardan mag‘lubiyatga
uchraganidan so‘ng O‘rta Osiyoning shimoliy hududlarida ko‘chib yuradilar. Bu qabilalar
Xitoy manbalarida “Da-yuyechji” - ”Buyuk” yoki “Katta Yuyechji” deb eslatiladi. Chjan
Szyan ma’lumotlariga ko‘ra, yuyechjilar xunn qabilalaridan mag‘lubiyatga uchragach O‘rta
Osiyoning janubiga tomon harakat qilib, Dahya (Baqtriya)ni bosib oladilar va Guyshuy
(Amudaryo)ning shimoliy tomonida joylashadilar. To‘ng‘ich Xan uyi tarixida ham
57
yuyechjilar Guyshuy daryosining shimoliy tomonida o‘z poytaxtlariga asos solganliklari
ta’kidlanadi.
Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, yuyechjilar mil. avv. 140-130 yillar
oralig‘ida Baqtriyaga bostirib kirganlar. Oradan ko‘p o‘tmay Baqtriyada Katta yuyechji
davlati tashkil topadi. Kichik Xan uyi tarixi ma’lumotlariga ko‘ra, Katta yuyechji
hukmdorlari ko‘l ostida beshta hokimlik (Xi-xeu) bor bo‘lib, ular Xyumi, Shaunmi,
Guyshuan, Xise va Dumilardan iborat edi. Xitoy manbalaridan xulosa chiqargan ko‘pchilik
tadqiqotchilar Baqtriya tarixidagi butun yuyechji davrini uchta bosqichga bo‘ladilar.
1. Mil. avv. 139-125-yillar - Katta yuyechji Dahya viloyatini bosib oladi, ammo
ularning asosiy mulklari Amudaryodan shimol tomonda edi.
2. Mil. avv. 25 yilga qadar - Katta yuyechji davlatining shakllanishi va keyingi
rivojlanishi. Davlatning poytaxti Amudaryodan shimol tomonda bo‘lib, janubiy chegarasi
Gibin atroflarida (Kashmir yoki Qandahor) edi. Yuyechjilar bo‘ysundirgan hududlar Xise,
Shaunmi, Guyshuan, Xyumi, Dumi mulklaridan iborat bo‘lib ular xi-xou (yabg‘u)
tomonidan boshqarilgan.
3. Mil.avv. 125-yilgacha Katta yuyechji davlatining inqirozi va yuqorida eslatilgan
mulklarning mustaqil bo‘lishi. Kushon (Guyshuan) yabg‘usi Kiotszyukyu (Kujula Kadfiz)
qolgan to‘rtta mulkni birlashtirib Kushon davlatiga asos soldi.
Kushon davlatining paydo bo‘lishi haqida ko‘proq Xitoy manbalari va
tangashunoslik ma’lumotlari xabar beradi. Umuman, Kushonlar saltanatining paydo bo‘lishi
va rivojlanishi uzoq vaqt tadqiqotchilar orasida bahslarga sabab bo‘lgan bo‘lsa-da, so‘nggi
20-25 yil ichida bu masalaga juda ko‘plab aniqliklar kiritish imkonini bergan tadqiqotlar olib
borildi. Ayniqsa, 1961-yil Londonda o‘tkazilgan xalqaro simpozium, 1968-yil Dushanbeda
YUNESKOning konferensiyasi, 1970-yil Qobuldagi xalqaro anjuman Kushon davlati
masalalariga bag‘ishlangan bo‘lib, undan keyin ham bu masala bo‘yicha ko‘plab xalqaro
anjumanlar bo‘lib o‘tdi.
Mil. avv. I asrning oxiri-mil. I asrning boshlariga kelib guyshuan hokimi
Kiotszyukyu barcha mulklarni birlashtirib, Qobuliston va Qandarhorni zabt etadi. Natijada
bu davrga kelib Kushon davlati o‘z ahamiyatiga ko‘ra antik davr Xitoydagi Xan davlati,
Parfiya podsholigi, Rim saltanati bilan raqobatlasha oladigan qadimgi dunyoning eng
qudratli va zabardast davlatlaridan biri sifatida tashkil topdi. Xitoy manbalaridagi
“Guyshuan hokimi Kiotszyukyu”, ilk kushon davriga oid topilma tangalarda aks ettirilgan
“Kushon podshosi Kudzula Kadfiz”ga aynan mos tushadi.
Tangashunoslik ma’lumotlariga ko‘ra, Kadfiz I o‘z podsholik siyosatini davlat
yerlarini kengaytirish bilan boshlaydi. Ba’zi bir guruh tangalar borki, ularning bir tomonida
eng so‘nggi Yunon-Baqtriya podshosi Germey tasviri tushirilib, uning nomi yozilgan,
ikkinchi tomonida esa, Gerakl siymosi va “o‘z ishonchiga qat’iy kushonlar yobg‘usi Kujula
Kadfiz” degan so‘zlar bor. Bunday tangalar zarb etlishini olimlar turlicha talqin etadilar.
Ba’zi tadqiqotchilarning fikricha, Kadfiz I dastlab Yunon-Baqtriya podshosi Germey
hokimligini tan oladi va ular birgalikda tanga zarb etadilar. Boshqa guruh olimlar fikriga
ko‘ra, Kadfiz I ning Germey tangalariga o‘z ismini qo‘yib zarb qilishga sabab, Germey
tangalari Baqtriyada keng tarqalgan edi.
Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, keyinroq Kadfiz I o‘z nomini “yobg‘u”dan “shohlar
shohi” faxriy unvonigacha ko‘tarib tangalar zarb etadi. Yana bir guruh O‘rta Osiyodan
(ko‘proq Tojikistondan) topilgan tangalarda “shohlar shohi, buyuk xaloskor” degan yozuv
ko‘proq uchraydi. Ko‘pchilik olimlarning fikricha, bu tangalarni Kadfiz I zarb etgan.
Kudzula Kadfizdan so‘ng taxtga uning o‘g‘li Vima Kadfiz (Kadfiz II) taxtga o‘tiradi.
Kadfiz II davlatning iqtisodiy ahvolini mustahkamlash maqsadida pul islohoti o‘tkazib, oltin
tangalar zarb etadi. Shuningdek, Kadfiz II Hindistonning bir qismini Kushon davlatiga
qo‘shib oladi va Rim saltanati bilan aloqalar o‘rnatadi.
58
Kushon podsholari ichida eng mashhuri Kanishka hisoblanadi. Uning hokimlik
davrida Kushonlar saltanati gullab-yashnashining yuqori cho‘qqisiga ko‘tariladi. Kanishka
davrida Panjob, Kashmir viloyatlari mamlakatga qo‘shib olinadi. Ayrim tadqiqotchilarning
fikricha, davlatning poytaxti Dalvarzindan (Surxondaryo), Peshovar (Afg‘oniston)
atroflariga ko‘chiriladi. Bu davrda (mil. II asr) mamlakatning hududi Shimoliy Hindiston,
Afg‘oniston, O‘rta Osiyoning janubi, Sharqiy Turkistondan iborat edi. Syuan Szyanning
yozishicha, “Kanishka podsholik qilgan davrda uning shon-shuhrati qo‘shni mamlakatlarga
yoyildi. Mamlakatning harbiy qudrati ko‘pchilik tomonidan tan olindi. Xitoyning g‘arb
tomonidagilar ham Kanishkaning hokimiyatini tan olib, unga o‘z garovga qo‘ygan
odamlarini yuborar edilar”.
Arxeologik tadqiqotlarning guvohlik berishicha, Kushonlar davri (xususan, Kanishka
hukmronligi davrida) ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar anchagina rivojlangan davr edi. Bu
davrga kelib O‘rta Osiyoning deyarli barcha hududlarida qishloq xo‘jaligi yaxshi o‘zlashtirib
bo‘lingan edi. Tekisliklarda sug‘orma dehqonchilik bilan birga chorvachilik ham keng
rivojlanadi. Bu davrda shuningdek, Xorazmda, Zarafshonda ko‘plab sug‘orish inshootlari
quriladi. Dehqonchilik qurollarida ham o‘zgarishlar sodir bo‘ladi. Samarqand yaqinidagi
Talibarzu yodgorligidan II-III asrlarga oid yer haydaydigan omochning temir uchi topilgan.
Kushon davriga oid ko‘plab ochilgan ko‘hna shaharlar bu paytda shaharsozlik
madaniyati ayniqsa gullab-yashnaganligidan dalolat beradi. Bu davrga oid dastlabki ochilgan
ko‘hna shaharlardan biri Ayritom ko‘hna shahri bo‘lib, u Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘ida
Termizdan 20 km sharqda joylashgan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda Ayritom
ko‘hna shahri mil.avv. II asrdan mil. III asrga qadar uch tarixiy bosqichda rivojlanadi. Bular:
so‘nggi grek-baqtriya davri, yuyechji-kushon davri va kushonlar davrlaridir. Ayritomda olib
borilgan uzoq yillik (1932 yilda boshlangan) tadqiqotlar natijasida Budda ibodatxonalari
majmualari, qabriston, ko‘plab haykallar va baqtriya yozuvi topilgan va o‘rganilgan.
Ayritomdan himoya devorlar qoldiqlari aniqlanmagan.
Bu davrda Afrosiyob ko‘hna shahri tuzilishida ham o‘zgarishlar bo‘lib o‘tadi.
Xususan, milodning dastlabki asrlarida bu ko‘hna shahar yangitdan devor bilan o‘rab
olinadi. Afrosiyobdan topilgan juda ko‘plab topilmalar ham aynan mana shu davrga oiddir.
Ammo ijtimoiy-siyosiy hayotdagi o‘zgarishlar tufayli 4-5 asrlarida ko‘hna shahar inqirozga
uchraydi.
Bu davrga oid yirik ko‘hna shaharlardan biri Dalvarzintepadir. Ko‘hna shahar
Surxondaryo viloyatining Sho‘rchi tumani hududida joylashgan. Umumiy maydoni 36
gektardan ziyod bo‘lgan bu ko‘hna shahar uzunligi 2,5 km, qalinligi 10 metr bo‘lgan himoya
devori va chuqur xandaq bilan o‘rab olingan. Devorlarda harbiy maqsadlarni ko‘zlab maxsus
minoralar qurilgan. Shaharning markaziy qismida boy shaharliklarning mahallalari, janubiy
qismida esa hunarmandlar yashaydigan kulolchilik mahallasi joylashgan. Bu yerdan topilgan
ko‘p sonli topilmalar nafaqat mahalliy ustalar tomonidan tayyorlangan balki, Yaqin va O‘rta
Sharqdagi turli viloyatlardan keltirilgan buyumlardir. Dalvarzintepaning shahar oldi qismida
milodning I asrida bunyod etilgan Budda ibodatxonasi qoldiqlari ochilib undan diniy
qarashlar bilan bog‘liq bo‘lgan ko‘p sonli topilmalar topilgan. Ko‘hna shaharning
markazidan milodiy II-III asrlarga oid yana bir yirik ibodatxona qoldiqlari ochilgan. Ushbu
ibodatxonadan loy va gipsdan ishlangan Budda, Bodxisatvlarning yirik haykallari, hukmdor
va unga yaqin kishilarning haykalchalari topilgan. Ko‘hna shahardan 11 ta xumdon ochilgan
bo‘lib, ular bu hududda sopol hunarmandchiligining rivojlanganidan dalolat beradi. Uzoq
yillik arxeologik tadqiqotlar Dalvarzintepa o‘rniga Kushon davlatining yirik qo‘hna shahri
(dastlabki poytaxti) joylashganligidan dalolat beradi.
Termiz shahridan 26 km shimoli-g‘arbda Zartepa ko‘hna shahri joylashgan. Ko‘hna
shahar to‘rtburchak shaklda (400x400) bo‘lib mustahkam himoya devorlari bilan o‘rab
olingan. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, ko‘hna shahar mil. avv. II-I asrlardan
59
milodiy III-V asrlarga qadar mavjud bo‘lgan. Bu yerdan topilgan turli topilmalar shahar
hayotining gullab-yashnaganidan dalolat beradi.
Amudaryoning o‘ng qirg‘og‘i Surxondaryo viloyatining Sho‘rob qishlog‘i yonida
Do'stlaringiz bilan baham: |