52
Parfiya davlatining ulkan imperiyaga aylanib xalqaro siyosat maydoniga chiqishi
Mitridat I hukmronligi bilan bog‘liqdir. O‘ttiz besh yil (mil.avv. 171-137-yy.) hukmronlik
qilgan bu podsho ko‘plab harbiy yurishlar qildi. Uning hukmronlik davrida g‘arbga qilingan
ko‘p yillik urushlar, ichki nizolar va beqarorlik tufayli Salavkiylar davlati zayiflasha
boshlagan edi. Bundan unumli foydalangan Mitridat I dastlab Ekbatanni, keyin esa
Hindistonni bosib oldi. Mil.avv. 141-yilda Bobil bo‘ysundirildi. Shu tariqa Mitridat I
Parfiyani qudratli davlatga aylantirib, Arshakiylarning ko‘pgina erkinliklarini qayta tikladi.
Mil. avv. II asrning o‘rtalarida yuyechjilar sak qabilalarini Parfiyaning sharqiy
chegaralariga surib borgan. Saklar bilan bo‘lgan janglarda Fraat III va Artabon II lar halok
bo‘ldilar. Mil. avv. 128 yilda Mitradat II taxtga o‘tirdi. Uning hukmronlik davridan boshlab
Rim va Parfiya kuchli raqiblarga aylanadi. Ikki kuchli saltanatning o‘zaro munosabatlari
Sharq va G‘arbdagi siyosiy jarayonlarni belgilab bera boshlaydi. Mil. avv. 88-yilda Mitridat
II vafot etib Arshak IX nomi bilan Gotraz taxtga o‘tiradi. Uning hokimiyat tepasiga kelishi
mamlakat ichidagi siyosiy inqirozlar davriga to‘g‘ri keladi. Ba’zi davlatlar Parfiyadan ajralib
keta boshlaydilar. Umuman, milodning III asriga qadar Parfiya davlatiga Arshakiylar
sulolasi hukmronlik qildi. Milodning 207-222-yillarida Vologez V hukmronligi davrida
Parfiya davlati ikkiga bo‘linib ketdi (213-y.). Bular Vologez V hukmronligidagi
Mesopotamiya va Artabon V hukmronligidagi Midiya edi. Aynan shu vaqtga kelib fors
yerlarida yangi kuchli davlat-sosoniylar davlati vujudga kelmoqda edi. O‘zini o‘nglab,
oyoqqa turib olgan bu yosh davlat ko‘hna va ulkan Parfiya saltanatini ag‘darib tashladi.
Parfiyaning davlat boshqaruvi uchta - ahmoniylar, ellinistik va ko‘chmanchi parn
qabilalari an’analariga asoslangan edi. Oliy hokimiyat podsho qo‘lida bo‘lib, podsholik
qilish huquqi faqat Arshakiylar urug‘iga berilgan. Podsho huzurida ikkita qarindoshlar
kengashi hamda zardo‘shtiy kohinlari va saroy zodagonlari kengashi faoliyat ko‘rsatgan.
Birinchi kengash ko‘chmanchi parn qabilalari an’analarini aks ettirib, davlat boshqaruvida
katta rol o‘ynagan. Muhim davlat masalalarini hal etishda Moguston (Avestoda zardo‘shtiy
qohinlarining oliy kengashi ma’nosida eslatiladi) deb nomlangan qo‘shma kengash
o‘tkazilgan. Manbalarda Arshakiylar saroyidagi «paxrakpat» - saroy qo‘riqchilari boshlig‘i,
«arkpat» - qal’a boshlig‘i kabi unvonlar eslatiladi.
Pliniy va Isidor Xarakskiy ma’lumotlariga ko‘ra, Parfiya 18 ta satraplikka bo‘lingan.
Ahmoniylar satrapiyalaridan farqli o‘laroq, Parfiya satrapiyalari ancha kichik bo‘lgan. Bu
ma’muriy okruglarning boshqaruvchilari satrap atalib, podsho tomonidan tayinlangan.
Satrap faqat podshoga bo‘ysunib, o‘zining boshqaruv apparatiga ega bo‘lgan.
Eski Nisodan topilgan parfiya hujjatlarida satrap Kofezat, otliq qo‘shinlar
qo‘mondoni Tiridat va xazinabon eslatib o‘tiladi. Davlat boshqaruvida avtonom
shaharlarning ahamiyati katta bo‘lgan. Bunday shaharlar davlatning g‘arbida, asosan,
Mesopotamiyada joylashgan. Isidor Xarakskiy 20 ta shunday shahar haqida ma’lumot
beradi. Ularning ko‘pchiligi salavkiylar, ayrimlari parfiyaliklar tomonidan boshqarilib,
ko‘pgina avtonom huquqlarga ega bo‘lgan. Ularda yunonlar, semitlar, eroniylar, parfiyaliklar
yashaganlar.
Niso (Turkmaniston) shahridan topilgan hujjatlar (xumlarga bitilgan) Parfiya
davlatining ijtimoiy-iqtisodiy hayoti haqida, arxeologik topilmalar esa Baqtriya,
So‘g‘diyona, Xorazm va Marg‘iyona bilan o‘zaro iqtisodiy va madaniy aloqalar haqida
ma’lumotlar beradi. Parfiya qishloq xo‘jaligida qullar mehnatidan keng foydalanilgan.
Pompey Trog ma’lumotlariga ko‘ra, “Parfiyada qullar ko‘p edi, qullarni ozod qilish davlat
tomonidan man qilingan edi. Butun Parfiyada qullar mehnatidan sug‘orish inshootlarini
qurish maqsadida keng foydalanilgan”. Mamlakatning iqtisodiy hayotida savdo-sotiq ishlari
muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Parfiya davlati besh asr davomida Hindiston, O‘rta Osiyo
va Xitoyning G‘arb mamlakatlari bilan qilgan savdo aloqalarida vositachilik qilgan.
Tadqiqotchilarning
fikrlariga
qaraganda
Do'stlaringiz bilan baham: