44
topilmalar va Teshiktoshdan topilgan o‘rta paleolit davriga oid odamzod qoldiqlari, bizning
yurtimiz Afrika va Old Osiyo hududlari bilan bir qatorda insoniyat paydo bo‘lgan hududlar
tarkibiga kirganligini hozirgi kunda uzil-kesil isbotlaydi. Shuningdek, mezolit davriga oid
Machay g‘oridan topilgan yodgorliklar, neolit davriga oid ovchilik va baliqchilik
madaniyatini o‘zida ask ettiruvchi Kaltaminor, janubdagi ilk dehqonchilik madaniyatiga oid
bo‘lgan Joytun, Hisor tog‘ madaniyati, bronza davriga oid bo‘lgan xilma-xil-Zamonbobo,
Sopolli, Jarqo‘ton, Sarazm, Suvyorgan, Chust madaniyatlari o‘lkamizda qadimgi
ajdodlarimiz xo‘jaligining jadallik bilan rivojlanganligini isbotlaydi.
O‘lkamizdagi qadimgi aholi tosh va bronza davrida qanday nom bilan atalganliklari
bizga noma’lum. O‘rta Osiyo aholisi haqidagi ma’lumotlar dastlabki marta Sharq va yunon-
rim manbalarida tilga olinadi. Yunon tarixchilari ma’lumotlariga qaraganda, Yevrosiyoning
katta hududlarida yashovchi qabilalar umumiy “skiflar” nomi bilan ataladi. Gerodot, “bu
xalq qadimiylikda misrliklardan qolishmaydi”, deb yuqori baho bergan edi. Pliniy esa, O‘rta
Osiyo hududlarida 20 ga yaqin qabilalar borligi xususida eslatib o‘tadi.Yozma manbalarda
skiflarning ikkita yirik qabilasi: saklar va massagetlar xususida ko‘proq eslatiladi.
Ahmoniylar mixxat yozuvlarida saklar uchta qismga (xaumavarka, tigraxauda, tiay-tara-
darayya) bo‘lib ko‘rsatiladi. Massagetlar xususida ham turli fikrlar mavjud bo‘lib, ular
mahalliy chorvador-harbiy qabilalar bo‘lganligi ta’kidlanadi. Ammo, yozma manbalar bu
xalqlar va qabilalarning qaysi irqqa mansubligi haqida ma’lumot bermaydi.
Ayrim olimlar tomonidan bildirilgan O‘rta Osiyo, jumladan, O‘zbekiston qadimgi
davrlardagi mongoloid irqi shakllangan hududga kiradi, degan ilmiy yondashuv noto‘g‘ri va
asossiz ekanligi so‘nggi yillardagi antropologik ma’lumotlar natijasida aniqlandi. T.
Xo‘jayovning fikricha, o‘zbek xalqining kelib chiqish taixini o‘rganishni qancha erta
davrlardan boshlasak, uning tarkibida hozirgi kunlargacha saqlanib kelinayotgan irqiy va
etnik unsurlarning mahalliy xalq tarkibiga kirgan davri va uning nisbiy miqdori to‘g‘risida
shunchalik keng fikr yurita olamiz.
O‘zbek xalqiga xos O‘rta Osiyo ikki daryo oralig‘i irqining shakllanish davri, makoni
va tarixi masalalarida fanda yaqingacha yagona fikr yo‘q edi. Bir guruh olimlar bu irq
bundan 6-8 ming yil ilgari, ikkinchi bir guruh tadqiqotchilar bundan 3 ming yil ilgari
shakllangan desa, uchunchi guruh olimlari esa, XVI asrda shakllandi, deb hisoblar edilar.
Keyingi yillardagi boy arxeologik topilmalar natijasida tadqiqotchilar O‘rta Osiyo ikki daryo
oralig‘i irqining shakllanishi bundan 2200-2300 yil ilgari boshlanganligini asoslab berdilar.
Ko‘pgina ilmiy adabiyotlarda o‘zbek xalqining shakllanishida sakkizta muhim davr
sanab o‘tiladi. Bular qatorida Ahmoniylar, Makedoniyalik Iskandar, Arab xalifaligi,
Mo‘g‘ullar istilosi tilga olinadi. Haqiqatan, bu zabt etishlar O‘rta Osiyo, jumladan,
O‘zbekiston xalqlari madaniyatiga, tiliga, turmush tarziga albatta o‘z ta’sirini o‘tkazgan.
Ammo bu yurishlarning mahalliy xalqlarni irqiy va etnik tarixiga bo‘lgan ta’siri kam
ekanligini ta’kidlash joiz. Antropologik nuqtai nazardan ular mahalliy xalq “qonini” yoki
genetikasini tubdan o‘zgartira olmadilar. Ular son jihatdan ko‘pchilikni tashkil etgan
mahalliy aholi tarkibiga singib ketganlar. Bu o‘rinda mahalliy (substrat) va kelgindi
(superstrat) aholi orasidagi o‘zaro munosabatlarning fanda ma’lum holatlarini eslatib o‘tish
joiz. Ya’ni, ko‘p sonli mahalliy aholi tarkibiga kelgindi guruhlarning singib ketishi; kelgindi
guruhlarning mahalliy aholidan ustun bo‘lishi; kelgindi aholi teng sonli bo‘lishi va nihoyat,
mahalliy va kelgindi xalqlar aralashuvi natijasida ikkalasiga ham o‘xshash
yangi xalq, guruh,
elat paydo bo‘lishini kuzatish mumkin. T. Xo‘jayovning maxsus antropologik tadqiqotlariga
qaraganda, barcha tarixiy davrlarda mahalliy xalq kelgindi aholidan hamisha ustun bo‘lgan.
Ilk temir davridan boshlab (mil. avv. IX-VII asrlar), o‘lkamizning qadimgi
dehqonchilik vohalarida yashovchi o‘troq aholi o‘zlari yashab turgan hudud nomlari bilan
atala boshlaganlar. Bular So‘g‘diyonadagi-so‘g‘diylar, qadimgi Xorazmdagi-xorazmiylar,
qadimgi
Baqtriyadagi-baxtarlar,
qadimgi
Chochdagi-chochliklar,
Farg‘onadagi-
parkanaliklardir. Bu tarixiy nomlarning ayrimlarini ilk yozma manbalarda, xususan,
46
O‘zbek xalqining shakllanishida uchinchi muhim davr XV asr oxiri va XVI asr
hisoblanadi. Bu davrda Dashti Qipchoq o‘zbeklari O‘rta Osiyoga kirib keladi va ular
mahalliy aholiga o‘z nomini beradi.
Shunday qilib, o‘zbek xalqini etnik shakllanishi uzoq davom etgan murakkab
jarayondir. O‘zbek xalqining asosini hozirgi O‘zbekiston hududida bir necha ming yillar
davomida yashab kelgan mahalliy so‘g‘diylar, baxtarlar, xorazmiylar, saklar, massagetlar,
qang‘lilar va dovonliklar tashkil qilgan. Turli davrlarda turli maqsadlarda kirib kelgan
qabilalar, elatlar va xalqlar davr o‘tishi bilan mahalliy aholiga o‘z ta’sirini qisman o‘tkazgan.
Bu o‘rinda shuni alohida qayd etish lozimki, o‘zbek xalqi shakllanish jarayonining barcha
bosqichlarida mahalliy aholi tashqaridan kelgan aholiga nisbatan doimo ustunlik qilgan.
Kelgindi aholi mahalliy aholiga o‘z tilini berganligini ham inkor etib bo‘lmaydi. Lekin
antropologik nuqtai nazardan mahalliy aholining etnik qiyofasini va tashqi ko‘rinishini
tubdan o‘zgartira olmadi. Misol uchun, keyingi ikki ming yil davomida O‘rta Osiyoda,
jumladan, O‘zbekistonda mahalliy aholining tili uch marta o‘zgardi-sharqiy eron tillari
o‘rniga g‘arbiy eron tillari (fors tili) va milodning boshlaridan turkiy tillar keng tarqala
boshladi. Ammo mahalliy xalqning “qoni”, ya’ni genetikasi aytarli o‘zgarmadi va qadimiy
xalqlarimizga xos antropologik xususiyatlar shu kunlarga qadar saqlanib kelmoqda, O‘zbek
xalqining kelib chiqish asosini qadimgi davrlardan boshlab o‘lkamiz hududlarida yashab
kelgan mahalliy xalqlar tashkil etgan. Ikki yarim ming yil davomida mahalliy aholiga kelib
qo‘shilgan turkiy tilli elat va xalqlar o‘zbek xalqi shakllanishida asosiy tarkibiy qism sifatida
qatnashgan.
Do'stlaringiz bilan baham: