Sut yog‘i - sutning eng qimmatli tarkibiy qismi bo‘lib, u asosan yog‘ kislotalaridan
tashkil topgan. Sut yog‘ida 60 dan ortiq asosiy va ikkinchi darajali yog‘ kislotalari mavjud. Sutda
quyidagi lipiglar uchraydi: sut yog‘i, fosfatidlar, sterinlar va glikolipidlar. Sut yog‘i
trigliseriglariga uchraydigan asosiy kislotalarga palmitin, miristin, olein va stearin kislotalari
kiragi. Sut yog‘i 27-35
0
S xaroratga eriygi, 17-21
0
S esa qotagi. Bunday moddalar turli xil
almashinuvlarga aktiv ishtirok etadi. Kapron va kapril kislotalari organizmning infeksiyaga
qarshiligini oshiradi. Boshqa oziqaviy maxsulotlarga qaraganda sut yog‘i juda yuqori kaloriyali
xisoblanadi. Sutning suvli qismiga sut yog‘i erimaydi, balki oqsilli qobig‘ bilan o‘ralgan yog‘
sharchalari (juga kichik tomchi) shakliga bo‘lagi. Bu sharchalar shunchalik kichikki, bularni
faqat mikroskop ostiga ko‘rish mumkin. Sut ishlab chiqarish korxonasiga yog‘ sharchalari yirik
bo‘lgan sutni qayta ishlanganga, ungagi geyarli barcha sut yog‘i qaymoq yoki sariyog‘ga o‘tagi.
Yog‘ sharchalari kichik bo‘lgan sutdagi sut yog‘ining ma’lum bir qismi esa ardobga qoladi. Sut
xaroratiga qarab unga sut yog‘i suyuq yoki qattiq xolatda uchraydi. Sut yog‘i aloxida tarkibi va
ta’mi bilan farq qiladi. Sut tarkibiga yog‘ diametri 3-5 mkmga yaqin shar shaklida uchraydi. Bir
millilitr sut tarkibiga 4 milliargga yaqin yog‘ sharchalari bor. Yog‘ sharchalarining oqsilli
qobig‘i ularni stabillashtiragi, shuning uchun ular bir-biriga yopishmaydi. Yangi sog‘ilgan sut
tarkibiga sut yog‘i emulsiya, sovutilgan sutda esa suspenziya ko‘rinishiga bo‘ladi.
Sut oqsili - inson xayoti uchun zarur bo‘lgan barcha aminokislotalardan tashkil topgan.
Bu aminokislotalar juga to‘laqimmatli hisoblanadi. Oqsil sutdagi umumiy quruq moddalarning
turtdan bir qismini va quruq yog‘sizlantirilgan moddalarning uchdan bir qismini tashkil etadi.
Sutda xammasi bo‘lib 16 ga yaqin xar xil oqsil moddalari uchraydi.
Bir litr sut yoki undan tayyorlangan sut-achitqi maxsulotlari (kefir, ryajenka, suzma)
insonning aminokislotalarga bo‘lgan kunlik extiyojining deyarli yarmisini qondiradi. Sut oqsili
tarkibiga kazein (80 %), albumin (15 %) va globulin (5 %) kiradi. Bunday oqsillar xolatiga ko‘ra
turlichadir. Kazein sutga oq rang beradi; albumin va globulin eritma xolatida uchraydi. Sutdagi
kazeinni kuchsiz kislota ta’sir ettirib olinsa, albumin va globulin qizitish orqali olinadi.
Kazeindan suzma va ko‘pgina turli xil pishloqlar tayyorlanadi. Albumin va globulin esa inson
organizmida sut bilan birga tushadi. Sutda globulin miqdori juda oz bo‘lsada, uning roli juda
katta xisoblanadi. Xuddi shu globulin sutning antibiotik xolatini tashuvchi deb sanaladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |