51
1.2. FERMENTATIV REAKTSIYALAR KINETIKASI VA
FERMENTLAR FAOLLIGINING BOSHQARILISHI
Fermentlar ta‟sirining o`ziga xosligi. Katalitik reaktsiyalar uchun o`ziga
xoslik bo`lishi shart. Fermentlarning spetsifikligi (o`ziga xosligi) oqsil
molekulasining ma‟lum qismlari bilan substratning tegishli guruhlari o`trasida
kimyoviy aloqalar o`rnatilishiga bog`liq. Fermentlarning spetsifikligi ancha
nozik masala bo`lib, chuqur ma‟noga ega. Har bir ferment faqat ma‟lum
substratga yoki molekuladagi kimyoviy bog`ning ma‟lum turiga ta‟sir etadi.
Ferment substratga kalit qulfga tushganday mos kelishi zarur. Fermentlar
spetsifikligining quyidagi xillari farq qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: