Uzlukli ishlovchi rostlagichlarda ijro etuvchi mexanizmning faqat rostlovchi
organi rostlanuvchi miqdorning uzluksiz muayyan qiymatida harakat qiladi.
Rostlanuvchi miqdorning o`zgarishi va rostlovchi ta’sir urtasidagi bog’lanish (yoki
ijro etuvchi mexanizm rostlovchi organining harakati), ya’ni rostlash qonuni nazarda
tutilgan ish tavsifnomasiga ko`ra rostlagichlar pozitsion, integral (astatik),
proporsional (statik), izodrom (proporsional-integral), proporsional-differitsial
(oldindan ta’sir etuvchi statik), proporsional-integral-differensial (oldindan ta’sir
etuvchi izodrom) bo`ladi.
206
Rostlanuvchi miqdorni vaqt davomida talab qilingan chegarada saqlab turish
jihatidan rostlagichlar stabillovchi, programmali va kuzatuvchi rostlagichlarga
bo`linadi.