nihoyatda murakkab bo`lib, uni o`rganish izchil yondashuvni talab etadi. Bu
qirraliligi bo`lsa, ikkinchidan, mavzuning yetarli darajada o`rganilmaganligida
Yuqoridagilardan kelib chiqib shuni aytish mumkinki,frazeologiya
tilning
leksik va stilistik boyligini ko’rsatuvchi sohalardan biridir. Frazeologizmlar esa
tilda ko’p uchraydigan, o’tkir ma’noli, tez-tez takrorlanib turadigan turg`un so’z
birikmalaridir. Bular o’zining ifodalaydigan ma’nolariga ko’ra har doim tayyor
holda qo’llaniladigan va bir butun holda ayrim so’zlarga to’g’ri keladigan turg`un
so’z birikmalari sanalsa ham, lekin ular hamma vaqt so’zga to’g’ri keladigan
turg’un birikmalar bo’lib qolmasdan, balki butun bir gapga to’g’ri kelishi ham
mumkin.
Demak, tilshunoslikning frazeologiya sohasida so’zga semantik jihatdan ekvivalent
bo’ladigan turg’un so’z birikmalari va ma’no hamda tuzilish jihatidan bir butun
gapga to’g’ri keladigan turg’un so’z birikmalari o’rganiladi. Qisqasi, frazeologiya
tilda uzoq davrlardan buyon bir qolipga kelib qolgan, nutq jarayonida tayyor holda
keng qo’llaniladiganbarcha turg’un so’z birikmalarini o’z ichiga oladi.Shuning
uchun u yoki bu iborani frazeologiya tarkibiga kiritishda ularning so’zga yoki
gapga ekvivalent bo’lishiga qarab emas, balki ular fikrlash jarayonida tayyor holda
olinadimi yoki nutq paytida hosil qilinadimi-masalaning ana shu tomoniga alohida
e’tibor berish kerak.Shuni ham ta’kidlash lozimki, har qanday turg’un birikma
frazema bo’lavermaydi. Masalan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti birikmasi
turg’un konstruksiyadir, ammo to’g’ri ma’noli turg’un konstruksiya bo’lganligidan
frazema hisoblanmaydi. Frazema yaxlit holda ko’chma ma’no ifodalashi shart.
34
Hindiy tili frazeologiyasi juda chuqur ildiz otgan soha hisoblanib, uni o`rganish
uchun ko`plab olimlar kirishganlar.Mazkur malakaviy ishda bir nechta rus
tilshunos olimlari, hamda hind tilshunos olimlarining hindiy tili frazeologiyasiga
nisbatan bildirgan fikrlarini o`rganib chiqildi. Rus olimi Chernishev V.A va
Ulitsiferov O.G ning fikrlariga qo`shilishni ma`qul ko`rildi.
34
Телия В.Н. Что такое фразиология. М.Hаука 1966
Frazemalarning semantik xususiyatlarini o`rganib chiqib, quyidagi xulosaga
kelish mumkin: frazemaning semantic tarkibida frazeologik ma’nodan tashqari,
uslubiy bo’yoq ham mavjud bo’ladi.
Salbiy yoki ijobiy baho sememalari, odatda, frazemalarning mazmun planida
bo’rtib turadi, bu omil frazemalardan nutqiy ta’sirchanlikni ta’minlovchi uslubiy
vosita sifatida foydalanish imkonini beradi, ayniqsa, badiiy asar tilida bunday
birliklarning roli katta.
Frazemalarning semantik xususiyatlariga ko`ra ularni quyidagi turlari farqlandi: a)
frazeologik chatishma –frazemadan anglashilgan ko’chma ma’no uning tarkibidagi
so’zlarning ma’nosi bilan izohlanmaydi ya`ni tarkibidagi so’zlarning ma’nosiga
bog’liq bo’lmaydi, b) frazeologik butunlik--frazemaning ma’nosi uning tarkibidagi
so’zlarning ma’nolari asosida izohlanadi, shu ma’nolar asosida umumlashtiruvchi
ko’chma ma’no ifoda qilinadi.Ko’pincha bunday birlashmalarning o’z ma’nosida
qo’llanadigan variantlari ham mavjud bo’ladic) frazeologik qo’shilma – bunda
frazemalar tarkibidagi bir so’z ko’chma ma’noda qo’llanadi.” Shu bilan birga
frazeologik birikma hamda frazeologik chatishma orasidagi umumiylik va taxlil
qilinadi.
Do'stlaringiz bilan baham: