Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
www.ziyouz.com kutubxonasi
50
Yahudiylar islom dinining haq din ekanini bila turib, uni rad etishdi.
Muhammad alayhis-
salom kelishlaridan burun arab mushriklari bilan urushgan paytlarida ular xudo
tomonidan yuborilajak payg‘ambarning nomi bilan Ollohdan madad so‘rashardi.
Rasululloh dunyoga kelganlaridan keyin payg‘ambarlik sharafi arab millatiga mansub
kishiga berilganidan ranjigan yahudiy ohsoqollari islom dinini ham,
uni olamga
tarhatuvchisini ham tan olishmadi. Ollohning elchisi avvalgi payg‘ambarlarga yuborilgan
kitoblarni e’tirof etuvchi, ularning yashirin ma’nolarini oydinlashtiruvchi ekanini bila
turib, o‘zlarini ovsarlikka solgan holda Qur’ondan yuz o‘girishdi. Ular islom dinini. go‘yo
dastdab aytgan hukmlarini keyin bekor etavsradigan betayin din deya ayblashdi. Islom
nimaga muhtojligini uning o‘zidan ko‘ra yaratgan egasi
yaxshiroq bilishini anglab
yetishmadi.
Inson tabiati takomilga moyil. Payg‘ambar alayhis-salom butunlay kufrona e’tiqod
bilan yashagan omi arablar orasida voyaga yetdilar. Shariat ahkomlari ularning orasida
bosqichma-bosqich shakllana borishi kerak edi. Agar parvardigori olam ichkilikbozlik,
sudxo‘rlik kabi illatlarni birdaniga taqiqlab, namoz o‘qishga,
zakot berishga undaganida
fikri-yodi dunyoviy hoyu havaslar bilan band, turli aldam-qaldam, nopok ishlarga
mukkasidan ketgan odamlarning birontasi ham uling amru farmoniga itoat etmasdi.
Rasululloh ularga diniy ahkomlarni bir-birlab o‘rgatib, qalblarini Ollohning buyrug‘iga
asta-sekin rozi qildilar. Haq taolo o‘z amru farmoni nozil bo‘lishini
taqozo etadigaq voqea
yuz berganidan keyingina diniy qonun-qoidalarini joriy etdi. Yahudiylar yaratganning
qudratini o‘z xohishlariga moslashga urinishardi. Yahudiylar o‘zlarining haqiqatidan yiroq
ekanliklarini yaxshi biladilar. Buni Olloh taolo Baqara surasining 94-oyatida bayon etadi:
"Ularga, Olloh oxirat yurtini boshqalarga emas, faqat sizlargagina atagan bo‘lsa,
sizlar
chindan ham shunday e’tiqod bilan yashasanglar, o‘limni orzu qilib ko‘ringlar-chi, degin".
Ular bunga jur’at etolmasligini Olloh keyingi oyatda ta’kidlaydi: "Ular yomon amallari
tufayli sira ham o‘limni orzu qilishmaydi. Olloh zolimlarni juda yaxshi biladi". Yahudiylar
o‘zlarini
haq deb bilganlarida edi, bunday oson talabni darhol qabul qilgan bo‘lardilar.
Axir ular haq payg‘ambarni jon-jahdlari bilan yolg‘onga chiqarishga urinishardi. Ulardan
birontasi til uchida bo‘lsa-da, o‘limni orzu qilgan emas. Banu Qaynuqo qabilasining
oqsoqollaridan biri Abdulloh ibn Salom Qur’on oyatlarini eshitib Islomning haq din
ekanini anglab yetdi va gururini yengib musulmon bo‘ldi. Abdullohni o‘zlarining dono
yo‘lboshchisi deb biladigan yahudiylar endi uni ahmoq deya haqoratlay boshlashdi.
Uyaar o‘zlarining tutgan yo‘li nechog‘li yomonligini bilishsa-da dillar
zalolat bilan qorayib
ketgani uchun bu kimsalar islom dinini yo‘qotishga astoydil harakat qilishardi. "Garchand
mushriklar yomon ko‘rishsa-da, Alloh islom dinini hamma dinlardan muzaffar qildi".
Do'stlaringiz bilan baham: