www.ziyouz.com kutubxonasi
49
kishi: "Ikki marta Allohu Akbar (Olloh hammadan ulug‘dir), ikki marta Ashhadu al-la
ilaha illalloh (Bir Ollohdan boshqa hech qanday iloh yo‘qligiga guvohlik beraman), ikki
marta Ashhadu anna Muhammadan rasululloh (Muhammad Allohning elchisi ekaniga
guvohlik beraman), ikki marta Hayya alas-solah (Tezroq namozga kelinglar), ikki marta
Hayya alal-falah (Najot topishga shoshilinglar), ikki marta Allohu Akbarni aytib, bir
marta La ilaha illalloh deyiladi, deb o‘rgatdi. Abdulloh ko‘rgan tushini rasulullohga aytgan
edi, u kishi: "Juda yaxshi tush ko‘ribsan. Bu narsani Bilolga o‘rgat, uning ovozi senikidan
jarangliroq. Azonni u aytgani yaxshi", dedilar. Xuddi shunday tushni Umar ham ko‘rgan
ekan.
Payg‘ambar alayhis-salomning muazzinlaridan biri Bilol, ikkinchisi Abdulloh ibn Ummu
Maktum edi. Hazrati Bilol bomdod namozining azonida "Hayyal alal falah" dan keyin ikki
marta "Assolatu xoyrun min an-navm" (Namoz uyqudan yaxshiroq) degan gapni qo‘shib
aytdi. Rasululloh bu gapni ma’qullab e’tirof etdilar. Sarvari olam ramazon oyining sahar
paytlari ikki marta Azon aytishni buyurganlar. Birinchisi, saharlikka uxlab qolganlarni
uyg‘otish uchun, ikkinchisi bomdod namoziga chaqirish uchun aytilardi. Rasululloh, Abu
Bakr hamda Umar xalifa bo‘lgan davrlarda Jum’a namozida imom minbarga chiqqanda
birinchi azon aytilardi. Usmonning davriga kelib odam behad ko‘payib ketgach, Zavroda
azon ikkinchi marta qo‘shilganini imom Buxoriy rivoyat qiladi. Hishom ibn Abdumalik
taxtga chiqqanda Usmon Zavroda qo‘shgan azonni minorada, keyinchalik masjidning
ichida, xatib minbarga ko‘tarilganda aytiladigan qildi. Masjidda xatibning oldida aytilgan
azon Hishom ibn Abdumalik paydo qilgan bid’atdir. Azondan maqsad namozga chorlash,
masjid ichidagi kishilarni ibodatga chaqirishning hojati yo‘q. Qolaversa, ichkarida
aytilgan azonni tashqaridagilar eshitmaydi. Shayx Muhammad ibn Hoj "Madhal" nomli
kitobida bu xususida bahs yuritadi.
Hofiz "Fathul Boriy" nomli asarida yozilishicha, Jum’a namozidan avval ba’zi joylarda
duo-durud o‘qiladi, ba’zi joylarda yo‘q. Bu masalada salaf solihlarga — Islomning
avvalidagi ulamolarga ergashish kerak, deydi. Tarixdan ma’lumki, muazzin minorada
azon aytayotgan paytda rasululloh minbarda o‘tirganlar, xutbani o‘qigach, namozni
boshlaganlar. Bundan boshqa xatti-harakat keyin paydo qilingan bad’atdir.
Iqomat aytish masjid ichida namozga da’vatdir. Iqomatning iboralari har xil bo‘lgani
uchun mazhab imomlari o‘rtasida ixtilof bor. Muhammad ibn Idris Shofeiy* mazhabida
"Qod qomati salot" (Namoz hozir bo‘ldi) iborasi takror, holganlari bir martadan aytiladi.
Imom Molik ibn Anas* mazhabida hammasi bir martadan, Abu Hanifa Nu’mon*
mazhabida esa hammasi ikki martadan aytiladi.
______________
*Imom Muhammad ibn Idris Shofeiy islomda arbaa deyiladigan to‘rt mazhabdan uchinchisinshi asoschisidir.
Shofeiy mazhabi Misr, Iroq, Suriya, Hijoz, Yaman, qisman Afina, Hindiston, Xurosonga tarqalgan.
*Imom Molik ibi Anas Molikiy mazhabining asoschisi. Bu mazhab Madina, Hijoz, Basra, Misr, Marokash, Sudan,
Nishopur, Yamanda tarqalgan.
*Abu Hanifa Nu’mon kufalik bo‘lib, imom Azam nomi bilan mashhur. U kiish to‘rt mazhabdan birinchisi — hanafiya
mazhaoining asoschisi. Imom A’zam hijriy 80 (melodiy 699) yili tug’ilib, hijratning 150-yili Bag’dodda vafot etgan.
Hanafiya mazhabi boshqalarga qaraganda keng tarqalgan. Iroq, Misr, Turkiya, Pokiston, Hindiston, O’rta Osiyo,
Xitoydagi musulmonlar shu mazhabdanyoir.
To‘rtinchisi Hanbaliy mazhabi bo‘lib, asoschisi imom Ahmad ibi Hanbaldir. U hijriyning 164 (melodiy 780) yili
Bag’dodda tug’ilib, 241 (melodiy 855) yili vafot etgan. Hnibaliy mazhabi asosan Iroq, Suriya, Misrga keng yoyilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |