www.ziyouz.com kutubxonasi
44
QUBOGA TUSHISH
Sarvari olam bani Amr ibn Avf jamoasining mahallasiga kelib tushdilar. Mashhur
munajjim Muham-mad Poshoning aniqlashicha, bu hodisa rabbiul avvalning 8-kuni,
melodiy 622 yil 9-oyning 20 kuniga to‘g‘ri keladi. Islom dini paydo bo‘lib, o‘n uch yildan
keyin g‘alabaga yuzlanganining yangi tarixi shu kundan boshlanadi. Bu yillar mobaynida
rasululloh juda ko‘p jabr-sitam tortdilar, Ollohga oshkora ibodat qilish imkonidan
mahrum etildilar. Mushriklar tomonidan xo‘rlangan, mol-mulki talon-taroj etilgan
musulmonlar sadoqatli do‘stlarga, osoyishta boshpanaga erishdilar. Payg‘ambar alayhis-
salom Amr jamoasining oqsoqoli Kulsum ibn Hadimning uyiga qo‘ndilar. So‘qqabosh Said
ibn Xaysamaning uyida odamlarni yig‘ib, suhbatlar o‘tkazardilar. Abu Bakr Siddiq Sinih
mahallasidagi Horija ibn Zayidnikiga joylashdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |