ABDUL QAYS AYMOG’INING ELCHILARI
Bir kuni payg‘ambar alayhis-salom sahobalar bilan sahbatlashib o‘tirganlarida: "Yo‘l
yiroqligiga, oziq-ovqat taxchilligiga qaramay Sharq ahlining yaxshisi bo‘lgan bir jamoa
bu yerga islomni ixtiyoriy ravishda qabul qilish uchun keladi. Ey Olloh, abdul Qays
aymog‘ini mag‘firat qilgin", dedilar. Abdul Qays aymog‘ining elchilari yetib kelgach,
payg‘ambar alayhis-salomni ko‘rgan zahoti ulovlaridan o‘zlarini tappa-tappa tashlab,
salom berishga oshihishdi. Abdulloh ibn Avf Ashaj elchilar orasida eng yoshi kichigi
bo‘lgani uchun tuyalarni cho‘ktirib, yuklarni tashitdi va shundan keyingina oq matodan
tikilgan kiyimlarini kiyib, rasulullohga salom berdi. U pachoqqina, ko‘rimsiz odam
bo‘lgani uchun rasulullohning o‘ziga tikilib qaraganlaridan xijolat chekib: "Ey rasululloh,
odamning chiroyiga non botirib yeb bo‘lmaydi, inson tili va dili bilan odam", dedi.
Payg‘ambar alayhis-salom: "Senda Olloh va uning payg‘ambari yaxshi ko‘radigan ikki
xislat — muloyimlik bilan tamkinlik bor ekan", dedilar va shundan keyin elchilarga
murojaat qildilar: "Xor-zorlikda qolmay, nadomat chekmay kelgan qavmni quchoq ochib
kutib olamiz". Elchilar: "Ey rasululloh, biz bu yerga olis joylardan* keldik. Ikki o‘rtada
Muzor kofirlarining qabilasi bor, biz sening huzuringa faqat qon to‘kish harom qilingan
oylardagina kelishimiz mumkin. Shuning uchun ado etishimiz lozim bo‘lgan ishlarni ochiq
aytib, tushuntirgin", deyishdi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Avvalo sizlarni Ollohga imon
keltirishga buyuraman. Bu nima degani bilasizlarmi? Ollohga imon keltirgin degani: La
ilaha illaloh Muhammadur rasululloh, deb guvohlik berish, namoz o‘qish, zakot berish,
ramozon oyida ro‘za tutish va g‘animatning beshdan birini topshirishdan iborat.
Sizlarning tomoshaqovoqlarda Hantam (maxsus moy bilan moylangan idish), naqir
xurmoning ildizidan yasalgan idishlarda sharob ichishinglarni man etaman", dedilar.
Ashaj: "Ey rasululloh, biz tomonlarning havosi siyrak, aroq ichib turmasak qornimiz
shishib, kasal bo‘lib qolamiz. Bizga oz-moz aroq ichishga ruxsat bermasang bo‘lmaydi",
dedi. Payg‘ambar alayhis-salom: "Yo‘q, ozginaga ruxsat bersam ko‘proq ichasizlar. Keyin
bir-biriiglarga qilich ko‘tarib urishasizlar", dedilar. O’sha paytda yuqorida nomlari zikr
etilgan idishlarda sharob ichish rasm bo‘lgani uchun rasululloh ichki-likka qo‘shib ulardan
foydalanishni ham taqiqladilar.
______________
*Ularnnig yurti fors qo‘ltig’iga yaqin joyda edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |