www.ziyouz.com kutubxonasi
71
ko‘tarish uchun mushriklarning ayollari childirmalarni chalib, sho‘x-sho‘x qo‘shiqlar ayta
boshlashdi. Buni ko‘rgan rasululloh: "Ey yaratgan egam, senga ishonib xujumga
o‘taman, sen uchun g‘azot qilaman. Menga o‘zing kifoyasan, parvardigor, sen ishonchli
va suyukli zotsan!" dedilar.
Kutilmaganda rasulullohning amakilari Hamza ibn Abdumuttalib shahid bo‘ldi. U o‘ngu
so‘ldan kelgan dushmanni qiyratib ketayotganida Vahshiy ismli qul nayza urib uning
qornini yorib tashladi. Buni ko‘rgan musulmonlar yanada shiddat bilan jangga kirishib,
dushman sarkardalarini ketma-ket halok qilishdi. Mushriklar orqa oldiga qaramay qocha
boshladi, jang maydonida o‘ralashib yurgan ayollar uvvos solib yig‘lashga tushdi.
Musulmonlar bo‘shab qolgan jang maydonidagi kiyim-kechak, qurol-yaroglarni yig‘ishga
kirishishdi. Tog’ tepasidagi o‘qchilar buni ko‘rishgach, rasulullohning topshirigini unutib,
o‘lja olishga yugurishdi, boshlig‘i Abdulloh ibn Jubayirnyng gapiga hech kim quloq
solmadi. U bir nechta odami bilan o‘z joyidan jilmay turaverdi. Bu ahvolni ko‘rgan Xolid
ibn Valid o‘qchilarga hujum qilib, ularni qirib tashladi. Jang maydonidagi mavqeni qo‘lga
kiritgach, o‘lja yig‘ib yurgan musulmonlarni bir chetdan qiyrata boshladi.
Sarosimaga tushib qolgan musulmonlar nima qilarini bilmay o‘ljasini tashlab duch
kelgan tomonga qocha boshladi, hatto yanglishib bir-birlariga qilich ham solishdi. Bir
mushrik ayol yerda yotgan bayroqni ko‘targan edi, atrofiga darrov askar to‘plandi. Ibn
Qim’a degan mushrik men Muhammadni o‘z qo‘lim bilan o‘ldirdim, degan ovoza tarqatdi.
Musulmonlar safidagi parokandalik battar kuchaydi. Bir guruh odam payg‘ambar o‘lgan
bo‘lsa ham, biz dinni himoya qilib urushishimiz kerak, deyishdi. Mag‘lubiyatdan
esankirab qolgan Valid ibn Uqba, Xorija ibn Zayid, Rifoa ibn Mualloh, Usmon ibn Affon
orqaga chekinishdi, lekin dabdurustdan Madinaga kirishdan uyalib, uch kungacha shahar
atrofida aylanib yurishdi.
Rasululloh omon qolgan musulmonlarni jamlab, kurashni davom ettirdilar. Abu Talha
Ansoriy u kishining yonida yurib, himoya qilishga urinardi. Usta mergan Abu Talha
g‘animni bexato urar, sadoqni rasulullohga berib, mening jonim sen uchun fido bo‘lsin,
deya g‘animlarni u kishining yaqiniga yo‘latmasdi. Rasululloh musulmonlarga:
"O’qlaringizni Abu Talhaga beringlar", der edilar. Abu Talha dushman tomonni kuzatib,
bo‘ynini cho‘zayotgan rasulullohning etagidan tortib: "Qo‘y, ular tomonga qarama, tag‘in
biron daydi o‘q tegab ketmasin. Sen menga ota-onamdan ham azizsan. Qanday
bo‘lmasin, joningni asrab qolishim kerak", derdi. Payg‘ambar alayhis-salomni muhofaza
qilganlar orasida Sa’id ibn Abuvaqqos, usta merganlardan Sahl ibn Hanif, rasulullohni
tanasi bilan pana qilib, o‘q tegsa ham qilt etmay turgan Abu Dujona, tayg‘ambarni
himoya qilib shahid bo‘lgan Ziyoda ibn Horis bor edi.
Payg‘ambar alayhis-salom boshlariga tushgan bu qiyinchiliklarga mardona bardosh
berdilar. Ubay ibn Xalaf u kishini o‘ldirishga qasd qilib kelayotganini ko‘rganlarida
yonidagilarning nayzasini olib, og‘ir yaraladilar. Ubay Uhuddan qaytayotganida o‘sha
jarohatdan vafot etdi. U rasulullohning barcha g‘azotlarda o‘z qo‘llari bilan o’ldirgan
yagona odam edi. Abu Omir Rohib musulmonlar tushib ketsin degan niyatda katta-kichik
o‘ralar kovlab, ustini xas-po‘shlab qo‘ydi. Payg‘ambar alayhis-salom shunday
chuqurlardan biriga yiqilib, tizzalari shilindi. Ali bilan Talha ibn Ubaydulloh u kishini tortib
olishdi. Tong otib rasulullohning kurak tishlarini sindirgan Utba ibn Abu Vaqqosni Hatib
ibn Abu Baltag yugurib borib o‘ldirdi.
Mushrik Abdulloh ibn Shihos Zuhriy rasulullohning yuzini yorib yubordi. Ibn Qim’a
shunday qattiq urdiki, sovutning simlari rasulullohning yuzlariga kirib, qonatib yubordi.
Yordamga yetib kelgan Abu Ubayda simlarni tishlab sug‘urganda tishlari sinib ketdi.
"Payg‘ambarning yuzini qora qonga belagan qavm najot toparmidi" dedilar payg‘ambar
alayhis-salom. Oli Imron surasining 128-oyatida parvardigor bu xususda shunday deydi:
Nurul yaqin. Muhammad Xuzariy
Do'stlaringiz bilan baham: |