23
Otangni, onangni sevintir tamom,
Bu xizmat yetirgay tilakka tugal.
18
Yozma adabiyot rivojlana borgan sari muammolar badiiy asarlarga ham
koʻchib, aniq timsollar orqali ifodalandi, Sharq adabiyotining ajralmas tarkibiy
qismi boʻlgan oʻzbek mumtoz adabiyotida birorta namuna yoʻqki, unda otalar va
bolalar muammosi u yoki bu darajada aks etmagan boʻlsin.
Muqaddas kitoblardagi diniy rivoyatlarni oʻzida aks ettirgan Rabgʻuziyning
“Qissasi Rabgʻuziy” asarini olaylik. Unda ota va farzand munosabatlariga turlicha
munosabat bildiriladi:
Rivoyat qilishlaricha, paygʻambar Ibrohim Xalilulloh budparast otasi
Torixni bu yoʻldan qaytarishga urinadi. Lekin unga Allohdan otaga nisbatan
nasihatda muloyimroq boʻl, degan vahiy keladi.
Yana bir rivoyat. Yusuf alayhissalom otasi Ya’qub alayhissalomni
Misrga olib kelishlarini buyuradi. Huzuriga kelgan otasi bilan otdan tushmay
koʻrishganligi uchun Alloh undan norozi boʻlib, uni boshqa paygʻambarlardan
yetmish yil keyin jannatga kiritadi.
19
Boshqa rivoyat. Nuh alayhissalom bir kuni soya joy topib uxlab
yotardi. Oʻgʻillari uning atrofida oʻz ishlari bilan band edilar. Shu topda
shamol koʻtarilib, Nuh alayhissalomning avrati ochilib qoldi. Buni koʻrgan
oʻgʻli Hom qah-qah otib kuldi. Nuh alayhissalom uygʻonib, Homning
adabsizligidan jahli chiqdi va “yuzing qora boʻlsin” deb duoibad qildi.
Otaning ana shu qargʻishi oqibati oʻlaroq, Homning yuzi qoraydi va uning
naslidan paygʻambarlik uzildi.
20
Yusuf haqidagi rivoyatda oilaviy munosabatlar, otaning oʻgʻillariga, akaning
ukaga boʻlgan munosabatlar yorqin koʻrininsh kasb etadi. Oʻz oʻgʻlidan ayrilgan
otaning iztiroblari aks etadi. Chiroyda tenggi yoʻq Yusuf alayhissalomning otasi
Ya’qub alayhissalom oʻgʻlidan ayrilganiga chiday olmaydi. Yigʻlayverib koʻzlari
koʻr boʻlib qoladi. Bu voqea keyinchalik mumtoz adabiyotga ham koʻchib,
18
To’xliyev B. Abdurahmonova B. Adabiyot (majmua): Akademik litseylarning 1-bosqich o’quvchilari uchun
o’quv qo’llanma, - T.: “Bayoz”, 2016. – 224 b.
19
Рабғузий Н. Қисаси Рабғузий. – Т.: Ёзувчи, 1990. 1-китоби.
20
Рабғузий Н. Қисаси Рабғузий. – Т.: Ёзувчи, 1990. 1-китоби; Асрор Самад. “Оқ (қ) падарлик”.
– Т.: Фан, 2006.
24
gʻazallarda Ya’qub va Yusuf yonma-yon talmeh san’ati sifatida koʻp qoʻllanila
boshladi.
Yoqub bikin koʻp yigʻidin qolmadi sensiz
Nuri basarim, xoh inon, xoh inonma.
21
(Lutfiy)
Do'stlaringiz bilan baham: