16
eriga. Men onaman..! Otamga aytib qoʻying, chetdan qaraganda shunday
koʻrinsa ham, ammo ta’na-malomatlardan holiman! Deb qichqirdi Rostinyakka
dilxastalik bilan”.
10
Qaysi inson bolasi oʻz otasining oʻlim toʻshagida yotganini eshitib, oʻzining
arzimagan muammolari sabab bora olmasligi mumkin..? Uning koʻngliga qanday
qilib sigʻishi mumkin..? Gorioning kichik qizi Delfinaning oldiga soʻnggi ilinj bilan
borgan Ejen undan ham umid yoʻqligini koʻradi.
“ - Men, azizim, betobman, - dedi u. – Baldan qayta turib shamollab
qolibman, zotiljam boʻlib qolmayin deb qoʻrqib, vrachga odam yubordim…
-
Bir oyogʻingiz goʻrda boʻlganda ham, emaklab yurib borsangiz ham,
otangizning tepasida boʻlishingiz kerak,- deb uning gapini boʻldi Ejen. – U sizni
aytib yubordi! Uning oh-u zorlaridan aqalli, zigʻircha boʻlsin eshitganingizda edi,
kasalingiz tarqab ketardi…”
11
Buni qarangki, Ejenning shuncha gapini eshitib, “Albatta boraman,
bormasam yaramaslik boʻladi-ku…” degan Delfina baribir bormaydi. Oʻzining
orniga kotibasini yuboradi.
Oʻsha davr shu qadar tubanlashib ketgan ediki, jamiyatda manfaatparastlik
shu qadar avj olib ketgan ediki, bu muhit odamlarga oʻz ta’sirini koʻrsatmay
qolmasdi. Uning qurboniga aylangan yangi avlod vakillarida insoniy tuygʻular
borgan sari ahamiyatsiz koʻrinish kasb etayotgan edi. Ushbu asarda ana shunday
muammolarni Balzak ochib berishga harakat qildi. Bu oʻtish davri adabiyotida
katta yangilik edi. Insoniyat hayotida ba’zi axloqiy kategoriyalar davrlar,
zamonlar oʻtishi bilan eskirib, iste’moldan chiqishi mumkin. Lekin shunday
axloqiy kategoriyalar ham borki, ular na zamon, na davr, na yillar ta’siriga
uchramay, muqim qolaveradi, bashariyatning doimiy hamrohi boʻlib
yashayveradi. Bobil xarobalaridan topilgan toʻrt ming yil avvalgi yodgorlikda
10
Оноре Балзак. “Горио ота” Т.: - Ғофур Ғулом номидаги Бадиий адабиёт нашриёти, 1968- йил 296 б.
11
Ўша манба
17
aytilishicha, “Hozirgi yoshlar badniyat, begʻam, umrini bekor oʻtkazishga
moyil toifadir”
12
deyilgan edi.
Otalar va bolalar munosabati rus adabiyotida ham yangicha koʻrinish oladi.
Rus yozuvchisi I.S.Turgenevning “Otalar va bolalar” (1862) romanida eski
zamon kishisi bilan yangi maslaklarga ega boʻlgan avlod oʻrtasidagi
munosabatlar tasvirlanadi. Arkadiy bilan doʻsti nigilist (lot. nihil-inkor)
Bazarov hammani xatto otalarini ham inkor etish yoʻlidan boradilar. Ota –
Nikolay Petrovich ham oʻgʻliga qarshilik qilolmaydi. Bu asarda avlodlar
almashinuvi natijasida yangi qarashlar vujudga kelayotganini, eski avlod vakillari
esa eski qarashlar bilan qolib ketganini koʻramiz. Shu tufayli ham otalar va bolalar
oʻrtsida konfilikt yuzaga keladi.
XX asrda yangicha qarashlar modernizm adabiyotida vujudga keldi va
odamlar oʻrtasidagi munosabatlar, xatto ota-bola munosabatlari ham manfaat
asosiga qurilganini Frans Kafka oʻzining “Evrilish” hikoyasida ochib berishga
urinadi. Bu asar “Gorio ota” dan farqli ravishda otaning farzandiga nisbatan
shafqatsizligi, adolatsizligi aks etadi. Kafka “Evrilish” hikoyasining bosh
qahramoni , oilaning yagona boquvchisi Gregor Zamzani jirkanch qoʻngʻizga
aylantirib qoʻyadi. Nima uchun va qanday qilib, buni aytib oʻtirmaydi. Kafka faqat
tajriba oʻtkazib koʻradi. Farzandini jirkanch qoʻngʻizga aylantirib qoʻysam, shundan
keyin ham ota-ona farzandini yaxshi koʻrarmikin, deb faraz qilib koʻradi. Yillar
davomida oilasini boqib kelayotgan oʻgʻli qoʻngʻizga aylanib qolganini koʻrgan ota-
ona avval uni davolatish harakatiga tushishadi. Ammo uning chorasi yoʻqligini
tushunib yetgach, oʻgʻlidan jirkanishni boshlaydi. Unga oiladagilarning rizqini
qiyayotgan yemaxoʻr deb qarab, oradan bir oy oʻtib-oʻtmay undan bezishadi va uni
tezroq yoʻqotishni oʻylashadi. Bil’aks, u qoʻngʻizga aylanishidan oldin ota-onasi va
singlisi hech qayerda ishlamasa ham, ularni hech narsaga zoriqtirmay boqayotgan,
ularning doim mehr-muhabbatlariga sazovor boʻlib kelayotgan gʻamxoʻrlari edi va
uni nihoyatda qadrlashardi. U mahluqqa aylanib qolganidan soʻng oila inqirozga
uchray boshlaydi. Shunda ota oʻgʻlining holatidan tashvishlanish, unga dalda berish
12
“Туркистон” газетаси. 2004 йил 19 январь.
18
oʻrniga, endi biz qanday yashaymiz, degan havotirga tushadi va barcha aybni
oʻgʻlidan koʻradi. Oxir oqibat jirkanch qoʻngʻizga aylangan Gregor Zamza otasi
yetkazgan jarohatdan qiynalib oʻz xonasida oʻlim topadi. Buni koʻrgan oila azolari
oʻzlariga ortiqcha yuk boʻlayotgan mahluqdan qutilganiga quvonib oʻsha kunni
bayram qilishadi.
Jamiyatdagi odamlar oʻrtasidagi munosabatlar, xatto ota-onaning farzandga
boʻlgan mehri ham manfaatga asoslangan, agar farzand otaga manfaat bermay
qoʻysa, undan voz kechishgacha, xatto oʻlimidan suyunishgacha borishini Kafka
shavfqatsizlik bilan yoritdi. Toʻgʻri, biroz mubolagʻa qilgan boʻlishi mumkin, lekin
Kafkaning dunyoqarashi va oʻsha davr, birinchi jahon urushining qonli oqibatlari,
odamlardan shunday nafrat tuygʻusini uygʻotib qoʻygandiki, bu adabiyotga ham oʻz
ta’sirini oʻtkazdi. Bunga misol, hozirgi hikoyamiz.
Demak, jahon adabiyotida otalar va bolalar oʻrtasidagi munosabatlar va
ular oʻrtasidagi muammolar aks etgan asarlar juda qadimiy tarixga va oʻziga
xos taraqqiyot bosqichiga ega. Bunday asarlardagi gʻoya va qahramonlar
holati davrning ijtimoiy-siyosiy jarayonlari ta’sirida oʻzgarib borgan.
Do'stlaringiz bilan baham: