Fizikaviy omillarga - elektr toki, dastgoh va qo‘zg‘aluvchan
m ashinalar yoki ularning qismlari, idishlari gaz yoki b u g iar
bosimining oshganligi, shovqinning yo‘l qo‘yilmaydigan darajasi,
tebranish, infra va ultratovushlar, yoritilganlikning yetishmasligi,
elektrom agnit maydonlar, ionizirlashtiruvchi nurlanishlar va
boshqalar kiradi.
Kimyoviy omillar - odam organizmiga ta’sir qiladigan har xil
holatdagi zararli moddalar ifodalanadi.
Biologik omillar bu - har xil mikroorganizmlar, shuningdek
o ‘simlik va hayvonlaming ta’siridir.
Psixofiziologik omillar - jismoniy va ruhiy ortiqcha yuklanish,
haddan tashqari aqliy kuch ishlatish vamehnatning bir maromdaligi.
K o‘pincha xavfli va zararli ishlab chiqarish omillar orasida aniq
chegaralar boMmaydi. Shunday qilib, odam to‘g‘ridan-to‘g‘ri
eritilgan metal ta’siriga tushib qoladi (termik qo‘yish), bu og‘ir
jarohatga olib keladi va jabrlanuvchining oiim i bilan tugashi
mumkin. Bunday holatda erigan metalning ishchiga ta’siri, ifodaga
asosan xavfli ishlab chiqarish omili hisoblanadi.
O dam har doim eritilgan metal bilan ishlasa, u hamisha metal
nuri ta’sirida bo‘ladi, shu manba bilan nurlanadi. Unda odam
organizmida biologik siljish sodir bo‘ladi, yurak-tomir va asab
sistemasining faoliyatida o ‘zgarishlar boshlanadi. Bundan tashqari,
infraqizil nurlarining uzoq vaqt ta’siri ko‘rish organlariga zarar
yetkazadi: ko‘z gavharining xiralashishiga olib keladi. Shunday qilib,
ikkinchi holatda, ishlayotgan odamga eritilgan metal issiqlik nurining
ta’sir qilishi zararli ishlab chiqarish omili hisoblanadi.
Ishlovchilarga xavfli va zararli omillaming ta’siri istisno bo‘lgan
mehnat sharoiti, xavfsiz mehnat deyiladi.
3 2
Xavfsiz mehnatning me’yoriy asoslari haqidagi tushunchani
ko^rib chiqayiik. Avval xavfsizmehnat sharoitida ishchilarga ishlab
chiqarishdagi \avfli va zararli omillaming ta’siri istisno bo‘ladi deya
.a'kidlagan etiik. Mavjud bo‘lgan ishlab chiqarish sharoitidahardoim
ishchilarga ta'sir etii vchi xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining
qiymati nolga teng b o ‘ladigan jarayonni tashkil qilib bo‘lmaydi (ya’ni
ishlovchiga xavfsiz va zararsiz ishlab chiqarish omillari ta’sir
qilmasin).
Ta’riflangan vazifa umuman olganda xavfsiz texnikani yaratish
vazifasi bilan ekvivalentdir, y a ’ni texnikaning absolyut mehnat
xavfsizligiga erishish mumkin emas yoki u iqtisodiy tomondan
maqsadga muvofiq boimaydi. Negaki xavfsiz texnikani ishlab
chiqish narxi, odatda uni ishlatish samaradorligidan yuqori turadi.
Ilozirgi zamon texnikalarini ishlab chiqishda, maksimal xavfsiz
mashinalarda. dastgohlarda, qurilma va asboblami yaratishda, ular
bilan ishlaganda xavfiii eng past darajaga yetkazishga harakat qilinadi.
Ammo bu parametmi nolga tenglashtirib bo‘lmaydi.
Mavjud xavfsizlik m e’yorlari ikki katta guruhga bo‘linadi:
me’yoriy ruxsat etilgan konsentratsiya (MRK) - ish doirasida havo
tarkibidagi kim yoviy va biologik zararli moddalaming xavfsiz
miqdorini ifodalaydi, shuningdek me’yoriy ruxsat etilgan daraja
(MRD) - tabiatning fizikaviy (shovqin, titrash, ultra va infratovush,
elektromagnit maydonlar, ionizirlovchi nurlanishlar va boshqalar)
ishlab chiqarishdagi xavfli va zararli omillari ta’sirlaridir.
Psixofiziologik xavfli va zararli ishlab chiqarish omillari o‘ziga
xos me’yorlashtiriladi. Ular mehnat yuklamalarining parametrlari
yoki bu yuklamaning odam uchun ta’sir qilish ko‘rsatkichlari bilan
ta’riflab berilishi mumkin.
Zararli m oddalarining tasnifl. Hamma zararli moddalar ishlab
chiqarishning xavfli v a zararli omillari hisoblanadi. 0 ‘zining fizikaviy
holatiga qarab bu gazlar, changlar, bug‘lar, tutunlar, tomchilar,
suyuqliklar, qattiq, sochiluvchi jismlar bo‘lishi mumkin. Ko‘pincha
moddalar havo bilan aralashib ayerozollami hosil qiladi. Qattiq
jismlami (tuproq, don, quriq xashak, jun, qattiq mineral o‘g‘itlar,
pemtitsidlar va boshqalar) maydalashdan hosil bo‘lgan ayerozol
zarrachalar chang d eb yuritiladi.
Davlat standarti G O ST 12.1.007.76 ga asosan zararli moddalami
organizmga ta’sir qilish darajasiga qarab 4 ta xavfli sinfga bo‘lish
33
m um kin: 1 .0 ‘ta xavfli moddalar. 2.Yuqori xavfli moddalar.
3 .0 ‘rtacha x'ivfli moddalar. 4. Kam xavfli moddalar.
Moddalarning xavfli va zararli sinfi quyidagi 4.1- jadvalda
keltiri ltiri lgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |