Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov


Zovurlar suvi va irrigatsion-suv tashlanishidan hosil



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet57/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

Zovurlar suvi va irrigatsion-suv tashlanishidan hosil  
bo‗lgan ko‗llar ekosistemasining holati 
 
Kollektor  –  zovur  suvlari  va  irrigatsion  -  suv  tashlanishidan  hosil  bo‗lgan 
ko‗llarni  landshaftdagi  yangi  ekologik  elementlarni  yuzaga  kelishi  sifatida 
ma‘lum sotsial-ekologik maqomga ega deb qarash lozim. 


110 
 
O‗zbekiston  Respublikasining  sug‗oriladigan  yerlarining  shakllanish 
xarakterlari  va  qaytim  suvlarni  soni  hamda  sifati  bo‗yicha  shartli  ravishda  3 
zonaga bo‗lish mumkin: 
1.  Yuqori  zona  –  sug‗oriladigan  yerlar  rivojlangan  tog‗  oldi  va  past  tog‗li 
tumanlar (Farg‗ona vodiysi, Surxondaryo va boshqalar). 
2. O‗rta oqim (Buxoro, Navoiy, Jizzax, Sirdaryo viloyati). 
3. Quyi oqim, suv tarqalish zonasi (Qoraqalpog‗iston, Xorazm viloyati). 
Odatda,  yuqori  zona  –  bu  hudud  ancha  yuqori  suv  bilan  ta‘minlangan 
minerallashgan sug‗orishga mo‗ljallangan va yer osti suvlar bilan, yaxshi tabiiy 
zaxlangan  hududlar.  Qaytib  tushadigan  suvlar  nisbatan  kam  minerallashgan  va 
sifati  bo‗yicha  ham  boshqa  regionlardan  ustun  turadi.  Suvning  minerallashuvi 
qiyinchiligi  bo‗yicha  1,1  dan  2,37  g/l  gacha  farqlanadi.  Bu  suvlardan  sho‗rga 
chidamli  qishloq  xo‗jalik  ekinlarini  sug‗orishda  (tuproq  holatini  nazorat  ostiga 
olinganda) to‗liq foydalanish mumkin deb hisoblanadi. 
Ikkinchi  zonada  zovur  suvi  tarkibida  tuzlar  manbayi  nisbatan  yuqori  va 
tuproqning sho‗rlanganligini yuqoriligi bilan xarakterlanadi. Bu rayonlar hamma 
o‗simliklarni,  shu  jumladan  sho‗rga  chidamli  ekinlarni  sug‗orish  uchun 
foydalanish  nuqtayi  nazardan  xavfli  zona  hisoblanadi.  Suvning  olinishida 
qaytim  suvlarni  hissasi  10–50  %  atrofida  farqlanadi.  Sirdaryo  viloyatida  esa  – 
68%  gacha.  Buxoro,  Qashqadaryo,  Jizzax  viloyatlarida  yangi  o‗zlashtirilgan 
zonalarda  ayrim  yillarda  suv  oqiminig  minerallashishi  8  g/l  gacha  yetishi 
mumkin. 
Quyi  oqim  –  bu  Amudaryo  quyi  oqimi,  boshqacha  aytganda 
Qoraqalpog‗iston  respublikasi  va  O‗zbekistonning  Xorazm  viloyati,  Xorazm 
viloyati  –  qadimdan  sug‗oriladigan  zona,  nisbatan  yaxshi  sifatli  qaytim  suvlar 
oqimiga  ega  (kollektor  suvlarining  minerallashganligi  2,2  dan  3,70  g/l  gacha 
farqlanadi).  Qoraqalpog‗istonda  esa  yer  osti  suvlari  yuqori  minerallashgan, 
xuddi  shunday  qaytim  suvlarning  minerallashganligi  2,9  dan  5,0  g/l  gacha 
farqlanadi. 


111 
 
Umuman  shuni  qayd  etish  lozimki,  qaytim  suvlar  (asosan  kollektor  zovur 
suvlari) shakllanadigan oqimining yuqori zonalarda o‗zining sifati va ifloslanishi 
bo‗yicha,  ayrim  lokal  uchastkalarni  hisobga  olmaganda,  sho‗rga  chidamli 
o‗simliklarni sug‗orish uchun foydalanish mumkin, lekin, tuproqqa sho‗rlanishni 
davriy nazorat qilishni talab qiladi. Daryoning o‗rta oqimida asosan, Buxoro va 
Qashqadaryo viloyatlarining yangi o‗zlashtirilgan zonalarida, qaytim suvlarning 
yuqori  darajada  ifloslanganligini  inobatga  olib,  qishloq  xo‗jalik  ekinlarini 
sug‗orish  uchun  foydalanish  mumkin  emas.  Dastlabki  tozalanishdan  o‗tmagan 
va qo‗shilmagan bo‗lsa, hatto ko‗llarga suv to‗ldirish va yaylov-o‗tloqlar uchun 
ham kam yaroqlidir. 
XX asrning ikkinchi yarmida ko‗llarni degradatsiyasi va daryo suvlari kelib 
tushadigan  ko‗llarni  yo‗qolib  ketishi  bilan  bir  vaqtda  sug‗oriladigan  massivlar 
atrofida  kollektor  -  zovur  suvlari  kelib  tushadigan  ko‗llar  va  suvliklar  yuzaga 
keldi.  Ularni  umumiy  maydoni  1967-yil  0,6  ming  km
2
  dan  1975-yili  3,8  ming 
km
2
 gacha va 1980-yili 5,4 ming km
2
 gacha o‗sdi. 1985-yilga kelib, Amudaryo 
havzasi tekistliklarida, shu jumladan O‗zbekistonda irrigatsiya  - suv tashlangan 
ko‗llar  maydonining  yig‗indisi  Aydar  -  Arnasoy  ko‗llar  tizimi,  dengizko‗l, 
Sariqamish  ko‗lining  O‗zbekiston  chegara  qismi  va  Orol  dengizi  suvi  qurigan 
joylarda hosil bo‗lgan ko‗llar bilan birgalikda 2005 yilga kelib  8 ming km
2
 ga 
ko‗paygan. 
Irrigatsiya – suv tashlangan ko‗llar suvining resurslari ko‗proq sho‗rlangan. 
Suvning  mineralizatsiyasi  4–15  g/dm
3
  diapazonda  farqlanadi.  Yirik  ko‗llarda 
Aydar  va  Sariqamishlar  suvining  minerallashganligi  shunga  muvofiq  8  va  14 
g/dm
3
  ni  tashkil  etadi.  Akvatoriya  bo‗yicha  mineralizatsiyalanish  bir  miqyosda 
tarqalmagan  va  suv  kelib  tushish  va  suv  almashish  xarakteri  bilan  belgilanadi. 
Aydar ko‗lda ular Arnasoy suv ombori rayonida 1,5 g/dm
3
 dan, Aydar ko‗lning 
g‗arbiy tomonida 8 g/dm
3
 gacha o‗zgarib turadi.  
Bir tomondan suv tashlanishidan hosil bo‗lgan ko‗llar o‗ziga xos ekologik 
goh  -  biologik  xilma-xillikni  ushlab  turuvchi  zona,  boshqacha  aytganda,  ular 


112 
 
sotsial  -  ekonomik  sohaga  jalb  qilingan  va  aholini  dam  olishi,  baliq  ovlashi, 
ovchilik,  qamish  tayyorlashda  va  boshqalarda  foydalaniladi.  Ularni  sotsial  va 
biosfera  ahamiyatini  saqlash  hamda  yo‗qotish  ko‗p  jihatdan  ularning  hozirgi 
ekologik  holatiga,  ya‘ni  ekologik  suksessiya  qaysi  stadiyadaligi,  suksessiya 
jarayonlarini tezligi va asosiy yo‗nalishi, hamda texnik gidromeliorativ tadbir va 
qarorlar imkoniyatiga bog‗liq, qaysiki, ularni tadbiq qilinishi yoki qilinmasligiga 
bog‗liq  ravishda,  bu  suv  obyektlarida  ekologik  progress  yoki  yo‗qotishni 
oldindan  aniqlash  mumkin.  Ko‗pchilik  o‗rganilgan  ko‗llarda  sho‗rlanishni 
o‗sishi bilan bir vaqtda ularni trofik darajasini umumiy ko‗tarilishi qayd etilgan. 
Ammo,  quyosh  radiatsiyasining  yuqoriligi  va  suv  tarkibida  fosforni  nihoyatda 
kamligi tufayli, bizning regionda suv havzalarini evtroflashganligi kuchli salbiy 
oqibatlarga  olib  kelmagan,  masalan  Yevropa  limnik  sistemasi  uchun  xarakterli 
bo‗lgan suvning ko‗karib ketishi ko‗p hollarda suv faunasining yomon ahvolga 
uchrashiga  olib  keladi.  Ko‗llarni  evtroflashganligini  umuman  ijobiy  omil 
sifatida  qarash  mumkin,  chunki  ularni  tabiiy  biologik  mahsuldorligini  oshiradi. 
Amalda  barcha  tekshirilgan  irrigatsiya  –  suv  tashlangan  ko‗llarda  ilgari  baliq 
ovlash  yuqori  darajada  yo‗lga  qo‗yilgan  edi,  ammo  keyinga  yillarda  ahvol 
yomonlashib  bormoqda.  Bu  har  xil  sabablar  kompleksi  bo‗lishi  muqarrar, 
bizning  nazarimizda  suvli  -  botqoqliklarga  xos  o‗simliklarni  jadal  o‗sib  borishi 
va ko‗llar akvatoriyasining katta qismini sayozlanishi (Sho‗rsuv ko‗li), keyingi 
yillarda ko‗llarni baliq bilan boyitish tadbirlarini qo‗llanilmayotganligi, suvning 
sho‗rlanish  darajasini  jadal  o‗sishiga  olib  keladi,  masalan,  Dengizko‗l  suvini 
sho‗rlanishi kritik darajaga yetganligiga ancha bo‗lgan. 
XX  asrning  70–80-yillari  o‗rtasida  irrigatsiya  -  suv  tashlangan  ko‗llar 
paydo  bo‗lish  davrida,  ulardagi  suv  resurslari  sifatining  asosiy  muammosi  suv 
tarkibida  va  ko‗llarning  biologik  obyektlarida  yuqori  darajada  agroximikatlar 
qoldiqlarini bo‗lishi hisoblangan, (xlor va fosfor, organik pestitsidlar va DDT lar 
bilan birga). Keyinga yillarda qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishida pestitsidlarni 


113 
 
qo‗llanilishi kamayishi va ko‗llarni o‗z-o‗zidan tozlanish qobiliyati natijasida bu 
muammoning muhimligi asta-sekin kamayib bormoqda. 
XX  asrning  ikkinchi  yarmida  xo‗jalik  faoliyati,  delta  suvining  kamayishi, 
Orol  dengizi  sathini  pasayishi  natijasida  Orol  bo‗yida  ekologik  holatni 
keskinlashishiga  olib  keldi.  To‗qay  o‗rmonlarining  maydoni  3  marta  qisqardi, 
ilgari  mavjud  bo‗lgan  ko‗llarni  suvi  quridi,  tuz  -  changlarni  kechish  jarayoni 
kuchaydi, hayot sifati yomonlashdi. Orol bo‗yida suv ta‘minotini va iqlim holati 
o‗zgarishinig  ta‘sirini  baholash  muhim  amaliy  masala  hisoblanadi.  Amudaryo 
deltasida  ekologik  holatni  yaxshilash  bo‗yicha  tadbirlar  bu  yerda  yashaydigan 
1,5 mln. kishining yashash sharoitini e‘tiborga olgan holda ishlab chiqish kerak 
bo‗ladi. 
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish