Ahmedovich ahmedov, akmal abzalov



Download 4,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet60/161
Sana30.12.2021
Hajmi4,02 Mb.
#196035
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161
Bog'liq
Ekologiya-A.Ergashev

                                                                                                                  10-jadval 
Xo‗jalik chiqindi suvlaridagi bir kishiga to‗g‗ri keladigan bir kunlik 
zararli moddalar miqdori (Sh.Otaboyev). 
 
Ochiq  suv  havzalarini,  qolaversa  keyinchalik  yer  osti  suvlarini  tarkibiy 
jihatdan rang-barang bo‗lgan xo‗jalik chiqindi suvlari bilan ifloslanishi hammani 
tashvishga solmoqda.  
Shaharlarda  xo‗jalik  kanalizatsiya  chiqindi  suvlari  ochiq  suv  havzalarini 
ifloslantiruvchi  asosiy  omillardan  biri  bo‗lib  qolmoqda.  Sababi,  shahar 
vodoprovod  suvining  80  %i  xonadonlarga  beriladi.  Xonadonlardan  chiqadigan 
chiqindi  suvlar  o‗zi  bilan  juda  ko‗p  miqdordagi  noorganik  va  organik 
moddalarni,  biologik  iflosliklarni,  mikroorganizmlarni,  viruslarni,  gelmint 
Chiqindi suv  tarkibidagi moddalarning nomi
mg/ l
Osig‘liq moddalar
65
BPK ,  tindirilmagan suyuqliklar
54
BPK ,  to‘liq tindirilmagan suyuqliklarda
75
BPK ,  tindirilgan suyuqlikda
35
BPK ,  to‘liq tindirilgan suyuqlikda
40
Azot ammoniy tuzlari
8
Fosfatlar
3,3
Fosfatlar  yuvuvchi sintetik moddalar
1,6
Xloridlar
9
Yuza aktiv  moddalar  (PAV)
2,5


121 
 
tuxumlarini  tashib  yuradi.  Agar  bunday  chiqindi  suvlar  tozalanmay,  chala 
tozalanib va zararsizlantirilib suv havzalariga tashlanar ekan, suv havzalari izdan 
chiqadi,  kasal  tarqatuvchi  manbaga  aylanib  qoladi.  Keyingi  vaqtlarda  hayotda 
kir  yuvish  uchun  juda  ko‗p  miqdorda  sintetik  kukunsimon  yuvuvchi  moddalar 
ishlatilmoqda.  Ularni  tozalashga  urinish  befoyda.  Sababi  vodoprovod 
inshootlarida bunday moddalarni tozalash imkoniyati yo‗q. Bunday tarkibga ega 
bo‗lgan  chiqindi  suvlarni  suv  havzalariga  tashlash,  tezroq  chiriydigan 
cho‗kmalarni  paydo qiladi.  Agar,  biologik  osig‗liq  moddalar tarkibida  patogen 
mikroblar,  viruslar,  parazitlar  va  ularning  tuxumlari  bo‗lsa,  epidemik  nuqtayi 
nazardan xavf tug‗dirishi mumkin. 
Ifloslangan suv orqali tarqalib ketishi mumkin bo‗lgan bakteriyalarga vabo 
vibrioni, batsillar qorin tifi, paratiflar, gastroenterit kasalini keltirib chaqiruvchi 
infeksiyalar,  bolalar  diareyasini,  leptosiroz  va  tulyaremiya  kasallarini 
tarqatuvchi  mikroblar  kiradi.  Vabo  kasalini  tarqatuvchi  El  Tor  epidemik  xavf 
tug‗diradigan mikrob ham suvda topilgan. 
Shuni eslatmoq kerakki, Jahon sog‗liqni saqlash uyushmasining hisobotida 
aytilishicha,  har  sakkiz  sekundda  ifloslangan  suv  iste‘molidan  bir  bola  nobud 
bo‗lar ekan. 
Osiyo  mamalakatlarining  hududlarida,  ko‗llar  suvining  zaxirasi  dunyo 
suvlarining  30%ini  tashkil  qilsa,  jahon  xalqlarining  60%i  shu  hududlarda 
isteqomat  qiladi.  Hozirda  butun  dunyo  xalqlari  6,5  mlrd.ga  yetgan  bo‗lsa, 
shulardan  1300  mln.dan  ziyodrog‗i  Xitoyda,  1.mlrd.  Hindistonda,  250  mln. 
Indoneziyada, 135 mln. Yaponiyada yashaydi va hokazo. 
Ko‗rinib  turibdiki,  tabiatning  suv  zaxiralari  aholini  soniga  qarab 
bo‗linmagan.  Ammo,  industrial  rivoj  topgan  mamlakatlarning  aholisi  suv 
tanqisligini  sezmaydilar,  ularning  tabiiy  suv  resurslaridan  foydalanishi  katta 
kapital hisobiga o‗ng‗ayroq kechadi, endigina rivojlanayotgan mamlakatlarning 
suv iste‘moli anchagina qiyin. 


122 
 
Amazonka  daryosining  suvi  miqdori  dunyo  chuchuk  suvi  zaxirasining 
15%ini  tashkil  qiladi,  bu  hududdagi  suvdan  foydalanadigan  aholining  soni, 
dunyo  aholisining  0,4%ini  tashkil  qiladi.  Yog‗ingarchilikning  ham  xuddi 
shunday,  yer  kurrasining  ba‘zi  bir  hududlarida  esa  bir  necha  kunlab  yog‗ishi 
mumkin.  
Hozirda,  insoniyatning  antropogen  faoliyati  oqibatida  iqlim  ham  o‗zgarib 
bormoqda,  oqibatda  yog‗ingarchilik  miqdori  ham  o‗zgarib  bormoqda.  Mana, 
2003-yili  Toshkent  viloyatida  yog‗ingarchilik  aprel,  mart  oylarida  o‗tgan  yilga 
qaraganda  ancha  ko‗p  bo‗lgan.  Shunga  qaramasdan  juda  ko‗p  hududlarda 
suvning yetishmasligi ma‘lum darajada iqlimning o‗zgarishiga bog‗liq. Masalan, 
Jahon  bankining  fikricha,  suvning  yetishmasligi  dunyo  mamlakatlarining  80 
tasida  iqtisodiy  inqirozni  va  aholi  o‗rtasida  turli  kasalliklarni  keltirib 
chiqarmoqda.  Hozirgi  davrda  kambag‗al  davlatlarning  ikki  mlrd.  aholisi  toza 
suvga o‗z ehtiyojini qondira olmayapti, ular kanalizatsiya xizmatidan maxrum, 
sababi  yer  osti  suvlaridan  foydalanish  anchagina  qimmat,  daryolarga  damba 
qo‗yish  undan  ham  qimmat,  shunga  o‗xshash  ko‗p  sabablar  suv  tanqisligini 
keltirib chiqarmoqda. 
Keyingi  10  yillikda  Birlashgan  Millatlar  tashkilotining  tashabbusi  bilan 
qoloq  mamlakatlarda  katta  ishlar  amalgan  oshirildi.  134  mlrd.  dollar  sarflanib 
bir  mlrd.  aholini  toza  suv  bilan  ta‘minlash,  750  mln.  aholiga  kanalizatsiya 
xizmati  ko‗rsatish  ta‘minlandi.  Bizning  mintaqada,  ya‘ni  O‗zbekiston 
Respublikasining  ba‘zi  bir  hududlarida  suv  havzalaridagi  mineralizatsiya 
jarayonlari ham nihoyatda tez fursatlar bilan salbiy tomonga o‗zgarmoqda. 
Sh.T.Iskandarovaning  1993–1996-yillarda  olib  borgan  ilmiy  izlanishlari 
shuni  ko‗rsatdiki,  Xorazm  viloyatida  sanitariya  va  davlat  standarti  talabiga 
to‗g‗ri  kelmaydigan  suvlar  62%.  Sanitariya,  bakteriologiya  ko‗rsatkichlari 
bo‗yicha  va  sanitariya  kimyoviy  ko‗rsatkichlari  bo‗yicha  59%  ichimlik  suv 
talabga javob bermaydi, shunday ahvol Qoraqalpog‗istonda ham kuzatilmoqda. 
1998-yildagi  olib  borilgan  tekshirish  natijasida  sanitariya  bakteriologik 


123 
 
ko‗rsatkichi  bo‗yicha  32%,  sanitariya  kimyo  ko‗rsatkichi  bo‗yicha  62%  suv 
talabga  javob  bermaydi.  Hattoki  Toshkent  viloyati  vodoprovod  suvlari  1000 
namunasida 0,2% gelmint tuxumlari aniqlangan. Demak, bu vodoprovod talabga 
javob bermasligidan darak beradi. 
Kuzatishlar  shuni  ko‗rsatmoqdaki,  Qoraqalpog‗iston  Respublikasida 
aholini  vodoprovod  ichimlik  suvi  bilan  ta‘minlash  59,3%  ga  to‗g‗ri  keladi. 
Shundan shaharlarni vodoprovod suvi bilan ta‘minlash 75,4% ga yetadi, qishloq 
aholisini ta‘minlash esa 40%ni tashkil qiladi. Aholining qolgan qismi ochiq suv 
havzalaridan  yoki  grunt  quduq  suvlaridan  foydalanadi.  Bu  suvlarning  80% 
kimyoviy  tarkibi  bilan,  30%  bakteriologik  ko‗rsatkichlari  bilan  davlat 
standartiga  to‗g‗ri  kelmaydi.  Shuning  uchun  ham  aholi  o‗rtasida  kuzatiladigan 
kasalliklar  intensiv  ko‗rsatkichlari  bo‗yicha  har  1000  aholiga  1994-yili  976,9 
bo‗lsa,  1998-yili  o‗sha  ko‗rsatkich  1178,3  ga  yetdi.  Kasallikni  o‗sishi  20,6  % 
ortdi.  
Xullas  yuqorida  zikr  qilinganlar  aholini  toza,  ekologogigiyenik  jihatdan 
qulay bo‗lgan suv bilan ta‘minlashni taqazo qiladi.  
 

Download 4,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish