Qo‘shilgan qiymat solig‘ini hisoblashning 1999-yildan joriy etilgan
usulining taqqoslama tahlili (raqamlar shartli)
№
Ko'rsatkichlar
1999-yilga qadar
oborot
qo‘shil-
gan
qiymat
solig'i
1999-yildan keyin
oborot
qo'shil
gan
qiymat
solig'i
Hisobot davrida sotib
olingan xom ashyo,
materiallar
100
20
100
20
2
.
Ishlab chiqarishga
ishlatilgan xom ashyo,
materiallar
50
10
50
10
3.
Tovariar (ish va xizmat -
lar)ni sotish oboroti, ya’ni
soliqqa tortiladigan oborot
200
40
200
40
Budjetga hisoblangan
soliq summasi
30
( 4 0 -1 0 0 )
20
( 4 0 - 2 0 )
Qo(shilgan qiymat
solig'ini budjetga
to'lash va hisob-kitob-
larni taqdim etish mud
datlari. Hisobvaraq-
faktura va uni to'ldirish
tartibi
Qo‘shilgan qiymat solig‘i bo‘yi-
cha hisob-kitoblarni (5-ilova)
korxona ortib boruvchi yakun
bilan ro‘yxatdan o‘tgan joyidagi
Davlat soliq idoralariga har
oyda, hisobot oyidan keyingi
oyning 25-kunidan kechiktir-
masdan va yil yakunlari bo'yicha yillik moliyaviy hisobotni
topshirish muddatida qo‘shilgan qiymat solig‘ini to‘lovchi-
lari hisoblangan mikrofirma va kichik korxonalar yilning
har choragida hisobot davridan keyingi oyning 25-kunidan
kechiktirmay, yil yakunlari bo‘yicha esa yillik moliyaviy
hiobot topshirilgan muddatda taqdim etadi.
Soliq to‘lovchilar qo‘shilgan qiymat solig‘ining hisob-
kitoblari bilan bir vaqtda hisobot davri mobaynida olingan
tovariar (ishlar, xizmatlar) bo‘yicha hisobvaraq-fakturalar
reyestrini ham taqdim etadilar. Hisobvaraq-fakturalar
reyestrining shakli davlat soliq qo‘mitasi tomonidan belgi
lanadi.
Hisobotlami o‘z vaqtida topshirmaslik korxona va kor
xonaning mansabdor shaxslariga nisbatan Davlat soliq ido-
ralari tomonidan moliyaviy va ma’muriy jazo choralarini
qo'llanishiga olib keladi.
Korxonalar qo'shilgan qiymat solig'ini soliq hisobini
topshirgan kundan kechiktirmay tegishli davrdagi haqiqiy
sotish oborotidan kelib chiqib to'laydi. Agar korxona
hisoblangan soliq summasini budjetga o'z vaqtida o'tkazib
bermasa, bunday holatda Davlat soliq idoralari mas’ul
xodimlari tomonidan hisoblangan soliq sumasiga nisbatan
kechiktirilgan har bir kun uchun 0,05 foiz miqdorida penya
(moliyaviy jazo) qo'llanilishiga olib keladi. Bunda korxona
rahbariyatiga nisbatan ma’muriy chora qo'llanilmaydi.
1998-yil I-yanvardan O'zbekistondagi barcha korxo
nalar va tashkilotlar uchun, shu jumladan, soliqqa tortish
ning alohida tartibi o'matilgan kichik korxonalar, savdo va
umumiy ovqatlanish korxonalari hamda qo'shilgan qiymat
solig'idan ozod bo'lgan korxonalar ham tovarlami sotgan-
da, ish va xizmatlar ko'rsatganda hisobvaraq-fakturani
to'ldirishi qonun asosida shart qilib belgilandi.
Hisobvaraq-faktura
mahsulot
yetkazib
beruvchi
tomonidan tovarlami yuklab jo'natilishi, ish va xizmatlar
ko'rsatilishi sanasi (kuni)dan kechiktirmasdan yoziladi.
Hisobvaraq-fakturada — uning tartib raqami va yozilgan
sanasi, jo'natiladigan tovariar bo'yicha shartnomalar raqa
mi va sanasi hamda soliq to'lovchi va xaridorning nomi,
manzili, STIRi va shu kabi rekvizitlari ko'rsatiladi.
J ad vail i shaklni toidirishda quyidagilami qayd etish
kerak (6-ilova):
• 1-ustunda tovariar (ish va xizmatlar) nomi;
• 2-ustunda tovarlaming o'lchov birligi (dona, metr, kg,
va hokazo);
• 3-ustunda yuklab jo'natiladigan tovarlaming miqdori
yoki soni;
• 4-ustunda tovarlaming shartnoma bo'yicha qo'shilgan
qiymat solig'isiz narxi;
• 5-ustunda tovarlaming jami yetkazib berish qiymati
(qo'shilgan qiymat solig'isiz);
• 6-ustunda qo'shilgan qiymat solig'i stavkasi, agar
qo'shilgan qiymat solig'idan ozod bo'lsa chiziqcha tortib
qo'yiladi;
• 7-ustunda jo'natilayotgan tovariar bo'yicha tegishli
stavkalarga ko'ra hisoblangan qo'shilgan qiymat solig'i
summasi;
•
8-ustunda jo‘natilayotgan tovarlaming qo'shilgan qiy
mat solig'i bilan hisoblangan summasi.
Soliq kodeksiga ko'ra qo'shilgan qiymat solig'i to'lov-
chisi bo'lmagan, shuningdek, qo'shilgan qiymat solig'i
to'lashdan ozod qilingan oborotni amalga oshirayotgan
yuridik shaxslar 6- va 7-ustunga «Qo'shilgan qiymat solig'i
summasiz» degan shtampini qo'yishadi, agar shtamp bo'l-
masa qo'lda yozib qo'yishadi va 8 ustunni to'ldirishmay-
di.
Agarda korxona aksiz osti tovariar ishlab chiqarsa unda
hisobvaraq-fakturaga qo'shimcha ustunlar kiritiladi va
ushbu ustunlarda aksiz stavkasi va summasi aks ettiriladi
(chunki aksiz summasi ham qo'shilgan qiymat solig'iga tor
tiladi).
Hisobvaraq-faktura korxona rahbari va bosh hisobchisi
tomonidan imzolanadi hamda muhr bilan tasdiqlanadi.
Hisobvaraq-faktura yetkazib beruvchi korxona tomo
nidan 2 nusxada to'ldiriladi, 1-nusxasi xaridorga beriladi va
u xaridorga qo'shilgan qiymat solig'i summasini belgilangan
tartibda hisobga kiritish uchun huquq beradi, 2-nusxasi esa
korxonaning o'zida qoladi.
Ta’kidlash joizki, bevosita aholiga pullik xizmatlar (ish-
lar)ni ko'rsatadigan korxonalar uchun tovariar (ishlar, xiz-
matlar)ni sotishda kassa cheki yoki xizmatlar ko'rsatilishi
(ishlar bajarilishi)ni tasdiqlovchi boshqa hujjatlar hisob-
varaq-faktura hisoblanadi. Bunda bu hujjatlarda qo'shilgan
qiymat solig'i ajralib turishi lozim.
O'z mahsulotlarini (tovarlarini, ishlarini, xizmatlarini)
uzluksiz yetkazib beradigan korxonalar bo'yicha hisob
varaq-fakturalar iste’molchilarga hisobvaraqni rasmiy-
lashtirish bilan bir vaqtda, lekin bir oyda bir martadan kam
bo'lmagan tarzda yoziladi. Bunda hisobvaraq-fakturalar-
ning yozilishi mahsulot sotilgan hisobot davrida amalga
oshiriladi.
Banklar uchun, qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilin
gan operatsiyalar bajarilganda, hisobvaraq-faktura bo'lib
mijoz shaxsiy hisobvarag'idan ko'chirma hisoblanadi.
Lizing operatsiyalari bo'yicha lizing beruvchilar uchun
hisobvaraq-faktura bo'lib lizing obyektini qabul qilish-top-
shirish dalolatnomasi hisoblanadi. Bunda tegishli hujjatlar
(lizingning tarkibiy qismi hisoblanadigan lizing to'lovlari
jadvali; hisobvaraq; lizing to'lovlarini to'lash bo'yicha lizing
oluvchiga taqdim etiladigan bildiruvnoma va hokazo) bilan
rasmiylashtiriladigan har bir lizing to'loviga qo'shimcha
hisobvaraq-faktura yozilmaydi.
Agar lizing shartnomasi lizing beruvchiga qo'shilgan
qiymat solig'i solinadigan qo'shimcha xizmatlar ko'rsatish-
ni nazarda tutsa, bunda mazkur xizmatlarga belgilangan
tartibda hisobvaraq-faktura yoziladi.
Qo'shilgan qiymat solig'idan ozod qilingan sug'urta xiz-
matlarini ko'rsatishda, hisobvaraq-faktura o'rniga birlamchi
hujjat bo'lib quyidagi hujjatlar:
— sug'urta korxonalari uchun — sug'urta polisi;
— sug'urta agentlari uchun — sug'urta polisi va shart-
noma topshirig'i (agentlik bitimi);
— sug'urta brokerlari uchun — sug'urta polisi va shart-
noma topshirig'i hisoblanadi.
Ishlar (qurilish, ta’mirlash-qurilish, loyiha-qidiruv,
ilmiy-tadqiqot va boshqa ishlar) bajarish yoki xizmatlar
(transportga doir, mol-mulkni ijaraga berish, aloqa xizmat
lari va boshqalar) ko'rsatish bilan shug'ullanadigan korxo
nalar ham hisobvaraq-faktura yozishi shart.
Qo'shilgan qiymat solig'i solinadigan elektr energiyasi,
suv, gaz, aloqa xizmatlari, kommunal xizmatlar, temir-
yo'lda tashishlar, bank operatsiyalari, shuningdek, tovar
lami (ishlami, xizmatlami) uzluksiz yetkazib berishni amal
ga oshirayotgan soliq to'lovchilar hisobot davrining oxirgi
kunida bir marta hisobvaraq-faktura yozadi.
Agar ishlar bajaradigan korxonalarda buyurtmachiga
imzo chekish uchun taqdim etiladigan, bajarilgan ishlar
(qilingan xarajatlar) qiymati to'g'risidagi ma’lumotnoma —
hisobvaraq-fakturada yoki hujjatda hisobvaraq-fakturaning
belgilangan shaklida aks ettirilgan barcha majburiy rekvizit-
lar ushbu hujjatda qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchilari
uchun qo'shilgan qiymat solig'i summasi ko'rsatilgan yoki
qo'shilgan qiymat solig'i to'lovchisi bo'lmaganlar uchun
«Qo'shilgan qiymat solig'isiz» yozuvi (shtampi) qo'yilgan
holda mavjud bo'lsa, bunda mazkur hujjatlar hisobvaraq-
fakturaga tenglashtiriladi va bunday korxonalar qo'shimcha
ravishda hisobvaraq-faktura yozmasligi mumkin.
Import qilinadigan tovarlarga
Do'stlaringiz bilan baham: |