Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet90/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

•   birinchidan,  bu  hisobot  davrida  tovar  va  xizmatlar 

haqiqatda  sotib  olingan  bo'lishi  kerak;



•   ikkinchidan,  ular  bo'yicha  tovar  yetkazuvchidan 

hisob-faktura to'Idirilgan  bo'lishi;



•  uchinchidan,  ular  soliqqa  tortiladigan  faoliyatda  ish- 

latilgan  bo'lishi  kerak.



Asosiy  vosita  va  nomoddiy  aktivlami  sotishda  qo'shilgan 

qiymat  solig'ini  hisoblash.  Korxonaning  o'z  ehtiyoji  uchun 

olingan  asosiy  vosita  va  nomoddiy  aktivlari  korxonaning 

buxgalteriya  balansida  mol  yetkazib  beruvchiga  to'langan 

qo'shilgan  qiymat  solig'i  summasi bilan birga yozilib,  kirim 

qilinadi.  Agar  balansdagi  asosiy  vositalar  va  nomoddiy 

aktivlar  sotilsa,  u  holda  asosiy  vositalar  va  nomoddiy 

aktivlar bo'yicha soliqqa tortish obyekti bo'lib,  sotish bahosi 

bilan  qoldiq  qiymat  o'rtasidagi  farq  hisoblanadi.  Bunda, 

agar korxona asosiy vositalar va  nomoddiy  aktivlami qoldiq 

qiymatida  sotsa,  u  holda  soliqqa  tortiladigan  obyekt 

bo'lmaydi  va  budjetga  soliq  to'lanmaydi.  Shuningdek, 

asosiy  vositalar  va  nomoddiy  aktivlami  ishlab  chiqaruvchi 

va  uni  oldi-sotdi  faoliyati  bilan  shug'ullanuvchi  korxonalar 

uchun  qo'shilgan  qiymat  solig'i  hisoblashning  alohida  tar­

tibi  mavjud.

Vositachilik  xizmatlari  krsatilganda  qo'shilgan  qiymat 

solig'ining  hisoblanishi.  Vositachilik  xizmatlari  bo‘yicha 

qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisoblashda  «yalpi  foyda»  (che­

girish)  usuli  qo'llaniladi.  Ushbu  usulning  mohiyati  shunda­

ki,  soliq  baho  farqi,  ustama  va  mukofotlar  sifatida  olingan 

daromaddan hisoblanadi.  Budjetga soliq to'lashda hisoblan­

gan  soliq  summasi  ushbu  daromadni  olishga  sarflanadigan 

xizmatlaming  qo'shilgan  qiymat  solig'i  summasiga 

kamaytiriladi.  Demak,  qo'shilgan  qiymat  solig'i  summasini 

vositachilik  korxonalari  mukofotlar  summasidan  hisoblay- 

dilar.


Qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisobga  olish.  Umumdavlat 

soliqlarini  to'lovchi  korxonalarda  qo'shilgan  qiymat 

solig'ini  hisoblashning  amaldagi  mexanizmi  soliqni  ishlab 

chiqarish jarayonida paydo bo'lgan yangidan yaratilgan qiy-




matdan  to‘lanishini  ko'zda  tutadi.  Qo'shilgan  qiymat  ikki 

marotaba  soliqqa  tortilmaydi.

Respublikamizda  1998-yildan  Soliq kodeksi joriy etilishi 

bilan  birga  hisobvaraq-fakturalar  kiritilgan  bo'lib,  u  ki- 

rimdagi  soliq  summasini  hisobga  olish  uchun  asosiy  hujjat 

hisoblanadi.  Ammo  amaliyotda bu  tartib  o'zining  vazifasini 

to'laqonli  bajara  olmadi,  chunki  bu  davrda  budjetga  to'la­

nadigan  qo'shilgan  qiymat  solig'i  summasi  yetkazib  beri­

ladigan  mahsulotga  hisoblangan  soliq  summasi  bilan 

bevosita  ishlab  chiqarishga  sarflangan  material  resurslarga 

hisoblangan  soliq  summasi  o'rtasidagi  farqi  sifatida  aniqla- 

nar  edi.  Bu  tartibdagi  hisoblash  mexanizmi  1999-yilga 

qadar  amaliyotda  qo'llanilib  kelindi  va  uning  ayrim  kam- 

chiliklari  mavjud  edi.  Jumladan:

•   ishlab  chiqarishga  sarflangan  paytda  xomashyo  va 

materiallarga  hisoblangan  soliq  summasini  budjet  bilan 

hisob-kitobda  chegirilishi  —  korxonalaming  oborot 

mablag'larini  cheklanishiga  olib  keldi;

•  qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisobvaraq  faktura  asosida 

hisoblanish  mexanizmi  ishlamadi,  chunki  amalda  hisob­

varaq  fakturada  ko'rsatilgan  soliq  summasi  budjetga  hisob­

ga  olib  borishda  asos  bo'lmadi;

•  bunday  hisoblash  tartibi  xalqaro  soliq  amaliyotidagi 

qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisoblash  tamoyillariga  zid 

kelardi.

Ushbu  holatlar  tahlil  qilinib,  1999-yildan  boshlab 

qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisoblash  mexanizmi  o'zgartiril- 

di  va  xalqaro  amaliyotga  qo'shilgan  qiymat  solig'ini 

hisoblash  tamoyillariga  moslashtirildi.  Quyida  qo'shilgan 

qiymat  solig'ini  hisoblashning  taqqoslama  usuli  keltirilgan 

(3.4.1-jadval).

1999-yildan  qo'shilgan  qiymat  solig'ini  hisoblashning 

yangi  tartibini  joriy  etilishi  uni  hisoblashning  soddalashti­

rilgan  mexanizmini  qo'llanilishiga  olib  keldi,  ya’ni  hisob­

varaq faktura  usulining  ishlab  ketishini ta’minladi  va bunda 

material  resurslarining  ishlab  chiqarishga  sarflanishidan 

qat’i  nazar,  hisobot  davrida  sotib  olingan  material 

resurslarga  to'langan  soliq  summasi  hisobvaraq  faktura 

asosida  budjet  bilan  hisob-kitobga  olib boriladigan  bo'ldi.

Bu  tartibdagi  hisoblash  mexanizmi  korxonalaming 

oborot  mablag'larini  chetlanishini  keskin  kamaytiradi.



3.4.1 -jadval


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   86   87   88   89   90   91   92   93   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish