7.3. SOLIQQA OID QONUNBUZILISHNING OLDINI
OLISH TADBIRLARINING SAMARADORLIGINI
OSHIRISH
Soliq to'lashdan bo'yin tovlash jarayonlarining amalda
gi holatini tahlil qilish natijalari shuni ko'rsatadiki, respub-
likamizda bu boradagi qonunbuzarliklar, asosan, qo'shilgan
qiymat solig'i, korxonalaming foydasidan olinadigan soliq
va aksiz solig'ini to'lash jarayonida uchramoqda. 2007-yil-
ning 1-yanvar holatiga, davlat budjetiga o'z vaqtida undiril
magan soliqlaming 38,7 foizi qo'shilgan qiymat solig'ining
hissasiga, 16,0 foizi yuridik shaxslardan olinadigan foyda
solig'i hissasiga, 12,1 foizi esa aksiz solig'ining hissasiga
to'g'ri keldi1. Agarda Rossiya Federatsiyasida o'z vaqtida
undirilmagan soliq to'lovlarining tarkibiga nazar solsak:
korxona foydasidan olingan soliq — 43,0%, qo'shilgan qiy
mat solig'i — 28,4%, yo'l fondiga ajratmalar — 6,7%,
fuqarolardan olingan daromad solig'i — 3,7%, aksizlar —
1,2 foizni tashkil etgan2.
Ma’lumotlardan ko'rinadiki, davlatga soliqlami to'lash
dan bo'yin tovlash natijasida yetkazilgan zararlaming asosiy
qismi qo'shilgan qiymat solig'i va yuridik shaxslaming foy-
1
0 ‘zbekiston Respublikaci Davlat soliq qo‘mitasining joriy va yillik hisobot
ma’lumotlari asosida hisoblangan.
" Кучеров И. И. Налоговые преступления. — М.: Юринфор, 1997. — С. 40.
dasidan olinadigan soliqlaming hissasiga to‘g‘ri keladi. Bu
esa, davlat budjeti daromadlarining shakllanish jarayoniga
bevosita va kuchli salbiy ta’simi yuzaga keltiradi, chunki
mazkur soliq turiari bo'yicha tushumlar summasi davlat
budjeti daromadlarining umumiy hajmida sezilarli salmoqni
egallaydi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha
zararlar summasining katta ekanligi soliq nazoratini yetarli
darajada takomillashmaganligidan dalolat beradi.
Yuqoridagi ma’lumotlar shuni ko'rsatdiki, soliq to'lash
dan bo'yin tovlashning quyidagi 2 usuli juda keng tarqal
gan:
a) tovar tannarxini asossiz ravishda oshirib ko'rsatish;
b) sotilgan tovariar, ko'rsatilgan xizmatlar va bajarilgan
ishlardan olingan tushum summalarini yashirish.
Mazkur usullardan birinchi navbatda korxonalar foy
dasidan olingan soliq va qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash-
da keng foydalanilmoqda. Bu esa, davlat budjetiga jiddiy
zarar yetkazadi. Chunki qo'shilgan qiymat solig'i va kor
xona foydasidan olingan soliq davlat budjeti daromadlari
ning umumiy hajmida sezilarli darajada yuqori salmoqni
egallaydi. Xususan, qo'shilgan qiymat solig'i O'zbekiston
Respublikasida Davlat budjeti daromadlarini shakllantirish-
ning barqarorlik xususiyatiga ega bo'lgan asosiy manbalar
dan biri hisoblanadi.
Qator rivojlangan xorijiy mamlakatlaming soliq ama-
liyotidagi holatlar shuni tasdiqlaydiki, masalan, Fransiyada
qo'shilgan qiymat solig'ini to'lashdan bo’yin tovlash holat-
lari juda keng tarqalgan bo'lib, bu pirovard natijada soliq
to'lashdan bo'yin tovlash miqyosini yalpi milliy mahsulot
ning 2 foizini tashkil etadigan darajada kengayishiga olib
keldi1.
Shvetsiyada soliq to'lashdan bo'yin tovlashning darajasi
yalpi milliy mahsulotning 5 foizini tashkil etadi. Bunda
soliq yukini shakllanishiga ta’sir etuvchi asosiy soliqlar
bo'lib qo'shilgan qiymat solig'i va korxonalar foydasidan
olinadigan soliq hisoblanadi2.
1 Sauvageot G. Precis de fiscalite. — Nathan. 1990. — C. 109.
2 Am P. La fiscalite en G'race. — Hachette. 1998. — C. 186.
Fransiyada qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha majbu-
riyatlami bajarishdan bo'yin tovlashning keng tarqalgan
usullariga quyidagilar kiradi:
1) Sotilgan tovariar, ishlar va xizmatlami schyot-faktu-
ra bilan rasmiylashtirmaslik.
Mazkur usuldan foydalanish soliq to'lovchilarga tovar
lami sotish bilan bog'liq xarajatlarni korxonaning buxgal
teriya hisobida aks ettirmaslik va buning natijasida qo'shil
gan qiymat solig'ini to'lamaslik imkonini beradi. Agar sotil
gan tovariar schyot-fakturadan foydalanish yo'li bilan ras-
miylashtirilganida edi, unda qo'shilgan qiymat solig'i sum
masini buxgalteriya hujjatlarida aks ettirmaslik mumkin
bo'lmay qolar edi.
2) Fransiyada qo'shilgan qiymat solig'i bo'yicha belgi
langan soliq imtiyozlaridan noqonuniy tarzda foydalanish
hollari ko'plab uchraydi.
Soliq yukini kamaytirish, yuqorida ko'rib chiqqani-
mizdek, davlat budjetining daromad qismiga kelib tushadi-
gan soliq tushumlarini o'sishiga ijobiy ta’sir ko'rsatadi,
lekin soliq to'lashdan bo'yin tovlash hollariga butunlay
barham berish imkonini bermaydi. Bunga yorqin misol
qilib, Shvetsariya soliq amaliyotini olish mumkin. Shve-
tsariyada qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalardan
olinadigan daromadlar nisbatan belgilangan soliq stavkala
rini 35 foizgacha kamaytirilishi ushbu daromadlami soliq
deklaratsiyalarida to'g'ri ko'rsatilishiga olib kelmadi1.
Demak, qator rivojlangan mamlakatlarda qo'shilgan
qiymat solig'i bo'yicha majburiyatlami bajarishdan bo'yin
tovlash soliqqa oid qonunbuzilishlaming asosiy shakli
hisoblanadi. Shu sababli, ulaming qo'shilgan qiymat soli
g'ini to'lashdan bo'yin tovlash usullaridan foydalanish taj-
ribasini o'rganish amaliy ahamiyatga ega hisoblanadi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig'i bo'yicha
sotilgan mahsulotning tannarxini atayin oshirib ko'rsatish,
mahsulotlaming bir qismini naqd pulga sotish va tushumni
kassaga kirim qilmaslik ushbu soliq turi bo'yicha soliq
to'lashdan bo'yin tovlashning keng tarqalgan usullaridan
hisoblanadi.
1 Hofer A. La francale en Suisse — Editions Grounauver. Geneve, 1978. — C.
Shunisi xarakterliki, 2004—2006-yillar mobaynida
QQS, yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i, mol-
mulk solig'i, aksiz solig‘i bo‘yicha soliq to'lashdan bo'yin
tovlash usullarining sonini kamayish tendensiyasi yuzaga
keldi. Bu esa ijobiy holat hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |