Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet226/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

«Soxta  eksport»  operatsiyalarini  amalga  oshirish  y o ‘li 

bilan  qo'shilgan  qiymat solig'ini  noqonuniy qoplash.

Ma’lumki,  qo'shilgan  qiymat  solig'i  bo'yicha  soliqqa 

tortish  obyekti  bo'lib,  O'zbekiston  Respublikasi  hududida 

tovarlami,  bajarilgan  ishlar  va  ko'rsatilgan  xizmatlami 

sotish  bo'yicha  oborotlar  hisoblanadi.  Davlat  budjetiga 

to'lanadigan  soliq summasi  sotilgan  mahsulotlar (xizmatlar, 

ishlar)  uchun  xaridorlardan  olingan  soliq  summasi  bilan 

mol  yetkazib  beruvchilarga  to'langan  soliq  summasi 

o'rtasidagi  farq  sifatida  aniqlanadi.

O'zbekiston  soliq  qonunchiligiga  ko'ra  eksport  qilina­

yotgan  tovariar  va  ko'rsatilayotgan  xizmatlar  qo'shilgan 

qiymat  solig'ini  to'lashdan  ozod  qilingan.  Soliq  to'lashdan 

bo'yin  tovlashning  mazkur  usulidan  foydalanish  quyidagi 

yo'llar  bilan  amalga  oshiriladi:

•  eksport  qilinayotgan  tovar  haqiqatda  mamlakat  che- 

garasidan  chiqmaydi,  eksportchi  korxona  budjetdan 

qo'shilgan  qiymat  solig'ini  undirish  uchun  bojxona  organ­

larining  soxta  muhridan  foydalanadi;

•  olib  chiqib  ketilayotgan  tovariar  atayin  yuqori  baho- 

larda  aks  ettiriladi;

•  qo'shilgan  qiymat  solig'i  bo'yicha  budjetdan  qoplash 

summasini  undirish  uchun  amalda  bitta  eksport  bitimi 

bo'yicha  bir  necha  soliq  to'lovchilar  murojaat  qilishadi.

Soliqdan  bo'yin  tovlash  mazkur  usulining  namoyon 

bo'lish  shakllaridan  biri  qo'shma  faoliyat  xususidagi  shart- 

nomani  rasmiylashtirish  yo'li  bilan  bitimni  yashirish 

hisoblanadi.

Ayrim  shaxslar  ikki  yoki  undan  ortiq  kishidan  iborat 

yuridik  shaxs  maqomiga  ega  bo'lmagan  uyushmalar tashkil 

etadilar.  Bundan  maqsad  noqonuniy  asosda  foyda  olish 

hisoblanadi.  O'zbekiston  Respublikasining  «Korxonalar



to‘g‘risida»gi  qonuniga  muvofiq  uyushgan  korxonalaming 

ixtiyorida  soliq  to'lagandan  keyin  qoladigan  mablag'lar 

foyda  solig'iga  qayta  tortilmaydi.  Ushbu  usul  hamkorlik 

asosida  moliyaviy-xo'jalik  operatsiyalarini  amalga  oshirish­

da  pul  mablag'lari  va  boshqa  mulklami  soliq  to'lashdan 

bo'yin  tovlash  maqsadida  qaytarib  olmaslik  sharti  bilan 

berishda  va  soliqqa  tortishning  imtiyozli  rejimidan  noqo­

nuniy  ravishda  foydalanishda  ishlatiladi.



6.  Notijorat  tashkilotlari  tomonidan foyda  solig‘iga  tortil- 

maydigan  asosiy faoliyat  turi  bahonasida  tijorat faoliyatini 

yuritish.

Mazkur  usulning  mavjudligi,  faoliyati  foyda  olishni 

ko'zlamaydigan  tashkilotlaming  mavjudligi  bilan  izohlana- 

di.  Bu  tashkilotlaming  asosiy  faoliyat  turi  bo'yicha  pul 

mablag'lari  soliqqa  tortilmaydi,  ammo  ulaming  tijorat 

faoliyatidan  olinadigan  daromadlari  foyda  solig'iga  tortila­

di.  Ular  notijorat  faoliyat  shaklida  tijorat  faoliyatini  amalga 

oshiradilar.  Bu  usul  notijorat  tashkilotlari  tomonidan  ta’lim 

xizmatlarini  ko'rsatishda,  asosiy vositalami  ijaraga  berishda 

ko'p  qo'llaniladi.  Ular,  odatda,  ta’lim xizmatlari  ko'rsatish- 

dan  olingan  pul  mablag'larini  a’zolik  badallari  sifatida  ras- 

miylashtiradilar,  ijaraga  berilgan  asosiy  vositalardan  kelgan 

tushumlarni  esa  xayr-ehson  badallari  sifatida  rasmiylashti- 

radilar.


7. Aksiz solig'iga tortiladigan tovarlami aksiz solig'iga tor- 

tilmaydigan  tovariar sifatida  ishlab  chiqarish  va  sotish.

O'zbekiston  Respublikasida  aksiz  solig'iga  tortiladigan 

tovariar  ro'yxati  O'zbekiston  Respublikasi  Prezidentining 

qarori  bilan  belgilanadi.  Faqat  paxta  tolasi,  zargarlik  buyu- 

miga  aksiz  solig'i  stavkalari  hamda  aksiz  solig'ini  to'lash 

tartibi O'zbekiston  Respublikasi  Moliya vazirligi tomonidan 

belgilanadi.  «Uzdeuavto»  AJ  avtomobillariga  aksiz  solig'ini 

Moliya  vazirligi  Davlat  soliq  qo'mitasi  bilan  birga  belgi- 

laydi.

Aksiz  solig'i  to'laydigan  tashkilotlar  tomonidan  amalga 



oshiriladigan  barcha  xo'jalik  operatsiyalari  birlamchi  bux­

galteriya  hujjatlarida aks  etgan  bo'lishi  kerak.  Soliq  to'lash­

dan  bo'yin  tovlashning  mazkur  usulida  soliq  to'lovchilar 

birlamchi  buxgalteriya  hujjatlaridagi  ma’lumotlami  soxta- 

lashtiradilar.

Mazkur usulni qo'llashda soliq to'lovchilar eksport ope­

ratsiyalari  haqiqatda  amalga  oshirilmagan  sharoitda  aksiz



solig'i  bo'yicha  berilgan  yengilliklardan  noqonuniy  tarzda 

foydalanadilar.

Shunisi  xarakterliki,  nafaqat  aksiz  solig'i,  balki  boshqa 

soliq  turiari  bo'yicha  ham  soliq  to'lashdan  bo'yin  tovlash 

usullarining  o'ziga  xos  xususiyatiari  mavjuddir.  Jumladan, 

korxonalaming  foydasidan  olinadigan  soliqni  to'lashdan 

bo'yin  tovlash  usullariga  xos  bo'lgan  asosiy  xususiyatlar 

quyidagilardan  iborat:

—  ishlab  chiqarish  jarayonini  texnik  jihatdan  qayta 

qurollantirish,  rekonstruksiya  qilish,  uy-joy  qurilishi  kabi 

foyda  hisobidan  moliyalashtiriladigan  xarajatlar  yuzasidan 

beriladigan  soliq  imtiyozlari  summasini  oshirib  ko'rsatish;

—  korxonaning  balansida  turgan  ijtimoiy-madaniy 

muassasalami  saqlash  yuzasidan  beriladigan  soliq  imtiyoz­

lari  summasini  oshirish;

—  ishlovchilari  umumiy  sonining  kamida  50  foizini 

nogironlar,  ikkinchi jahon  urushi  va  mehnat  fronti  faxriy- 

lari  tashkil  etgan  korxonalarga  foyda  solig'idan  berilgan 

imtiyoz  summasidan  noqonuniy  tarzda  foydalanish;

—  boshqa  shu  kabi  xususiyatlar.

Qo'shilgan  qiymat  solig'ini  to'lashdan  bo'yin  tovlash 

usullaridan  foydalanishga  xos  bo'lgan  asosiy  xususiyatlar 

quyidagilardan  iborat:

—  o'zaro  hisoblashishlar  bo'yicha  qo'shilgan  qiymat 

solig'ini  hisoblamaslik;

—  soliq  deklaratsiyalarida  qo'shilgan  qiymat  solig'i 

summalarini  asossiz  ravishda  oshirib  ko'rsatish;

—  budjetdan  qoplanishi  lozim  bo'lgan  qo'shilgan  qiy­

mat  solig'i  summalarini  noqonuniy  tarzda  oshirib  ko'rsa­

tish;


—  qo'shilgan  qiymat  solig'i  bo'yicha  pul  omonatlari, 

joriy  hisobvaraqlar,  to'lovlar,  o'tkazmalar,  cheklar  va 

boshqa qimmatli qog'ozlar bilan bog'liq operatsiyalar bo'yi­

cha  berilgan  soliq  imtiyozlaridan  noqonuniy  tarzda  foy­

dalanish;

—  o'zi  ishlab  chiqargan  qishloq  xo'jalik  mahsulotlari- 

ning  sotish  hajmini  asossiz  ravishda  oshirib  ko'rsatish;

—  boshqa  xususiyatlar.

Jismoniy  shaxslardan  olinadigan  daromad  solig'ini 

to'lashdan  bo'yin  tovlash  usullaridan  foydalanishga  xos 

bo'lgan  asosiy  xususiyatlar  naqd  pulda  olingan  daromadlar 

bo'yicha  quyidagilardan  iborat:




—  yirik  miqdorda  moddiy  yordamlar  olish  faktini 

yashirish;

—  qaytarib  bennaslik  sharti  bilan  olingan ssudalar sum­

masini  ko‘rsatmaslik;

— jami  yillik daromad to'g'risidagi  deklaratsiyada  daro­

madlami  to'liq  ko'rsatmaslik;

—  o'z  vaqtida  deklaratsiyani  soliq  organlariga  taqdim 

etmaslik;

—  boshqa  xususiyatlar.

Yuqorida  qayd  etilgan  usullardan  sezilarli  darajada  farq 

qiluvchi  usullar  guruhi  ham  mavjud  bo'lib,  bu  guruhdagi 

usullar mijozning pul  mablag'lari  xususidagi  ma’lumotlami 

soxtalashtirishi  natijasida  paydo  bo'ladi.  Mazkur  guruh- 

ga  mansub  bo'lgan  usullarga  quyidagilami  kiritish  mum­

kin:

a)  hisob-kitoblaming  ma’lum  qismini  naqd  pullarda 



amalga  oshirish  va  naqd  pulda  olingan  tushumlami  aylan­

ma  kassaga  kirim  qilmaslik.

O'zbekiston  Respublikasining  «Davlat  soliq  xizmati 

to'g'risida»gi  qonunining  7-moddasi  3-bandiga  muvofiq, 

soliq  to'lovchilar  tomonidan  qonunchilikda  belgilangan 

muddatlarda  to'lanmagan  soliqlar  soliq  organlari  tomo­

nidan  soliq  to'lovchining  hisob-raqamidagi  pul  mablag'lari 

hisobidan  inkassa  topshiriqnomasi  qo'yish  yo'li  bilan  undi­

rib  olinadi.

Ayrim  korxonalar  olayotgan  tushumlarini  soliq  organ­

larining  inkassa  topshiriqnomalari  asosida  to'lanishiga  yo'l 

qo'ymaslik  maqsadida  naqd  pulda  olingan  lu&humlarni 

aylanma kassaga kirim qiladilar,  lekin hisob-raqamiga kirim 

qilmaydilar,  kassaga  kirim  qilingan  naqd  pullar  hisobdor 

shaxslarga  berish,  mol  yetkazib  beruvchilar  bilan  hisob­

lashish  kabi  maqsadlarga  xarajat  qilinadi;

b)  budjetdan  qarzdorlik  (boqimanda)  mavjud  bo'lgan 

sharoitda  hisob-kitoblarni  uchinchi  shaxs  orqali  amalga 

oshirish.

Mazkur  usuldan  foydalanishdan  ko'zlangan  maqsad 

soliq  to'lovchining  joriy  hisob-raqamidagi  pul  mablag'lari 

hisobidan  majburiy  tartibda  undirilishi  lozim  bo'lgan  soliq 

to'lovlaridan  bo'yin  tovlash  hisoblanadi.  Bunday  sharoitda 

tovarlami  sotish  natijasida  olinadigan  tushum  summasini 

soliq  organining  inkassa  topshiriqnomasiga  asosan  olib



qo'yilishiga  yo‘l  qo‘ymaslik  maqsadida  mol yetkazib beruv- 

chi  xaridordan  to‘lov  summasini  uchinchi  shaxsning  joriy 

hisob-raqamiga  o'tkazishni  talab  qiladi.

Mazkur usuldan  foydalanish ko‘lamini tavsiflovchi  ko'r- 

satkichlardan  biri  —  boqimandalar  summasi  mutlaq  miq­

dorining  tahlil  qilingan  davr  mobaynida  sezilarli  ravishda 

o‘sishi  hisoblanadi.

Umuman  olganda  soliq  majburiyatlaridan  bo'yin 

tovlash  usullari  umumiy  belgilariga  ko‘ra  aniq  guruhlarga 

bo'linadi.  Bundan  tashqari,  har  bir  soliq  turi  bo'yicha 

ushbu  usullardan  foydalanishga  xos  bo'lgan  xususiyatlar 

mavjud  bo'lib,  ular,  pirovard  natijada  soliq  to'lashdan 

bo'yin  tovlash  usullari  mohiyatini  ochishga  xizmat  qiladi.


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   222   223   224   225   226   227   228   229   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish