7.2. SOLIQ TO‘LASHDAN BO‘YIN TOVLASHNING
ASOSIY USULLARI
Hozirgi vaqtda mamlakatimizda soliq majburiyatlaridan
soliq to'lovchilaming bo'yin tovlashi masalasi dolzarb
hisoblanadi. Xorijiy davlatlaming iqtisodiy adabiyotlarida
soliq to'lashdan bo'yin tovlash usullarini turkumlash ma-
salalariga katta e’tibor berilib kelinadi. Masalan, K.A.Pers-
xalava mazkur usullami xo'jalik operatsiyalarining turlariga
bog'liq ravishda turkumlashni tavsiya qiladi1. Lekin mazkur
yondoshuv bir qator kamchiliklarga ham ega. Jumladan,
muallif soliqdan bo'yin tovlashning ishlab chiqarish xarajat
larini o'zgartirish usulini va xodimlar sonini rasman oshi
rish usulini alohida guruhlarga ajratadi. Holbuki, xodimlar
sonining rasman oshirilishi korxonalar tomonidan ishlab
chiqariladigan mahsulotlar tannarxining oshishiga olib kela
di. Chunki, ish haqi va unga tenglashtirilgan to'lovlar ish
lab chiqarish korxonalarida xomashyo va materiallardan
keyingi o'rinda turuvchi xarajatlar hisoblanadi. Demak,
mehnat haqi xarajatlarining o'sishi ishlab chiqarish xarajat-
larining o'sishi sifatida baholanishi mumkin.
Rus olimi I.Kucherov tomonidan taklif qilingan tur
kumlash mezoni ko'proq real amaliyotga mos keladi.
I.Kucherov soliqdan bo'yin tovlash usullarini turkumlashda
soliq mexanizmining elementlarini va ularning qay usulda
ta’sir qilishini hisobga olishni taklif qiladi’. Ammo shuni
e’tirof etish lozimki, birinchidan, soliqqa tortish obyektini
noto'g'ri ko'rsatish va soliqqa tortish bazasini kamaytirish
imkonini beruvchi iqtisodiy ko'rsatkichlami soxtalashtirish
usullarini alohida-alohida guruhlarga ajratish maqsadga
muvofiq emas, chunki soliqqa tortish obyektlari xususida
noto'g'ri ma’lumotlar berish bevosita iqtisodiy ko'rsatkich-
lami soxtalashtirish orqali amalga oshiriladi; ikkinchidan,
soliq to'lovchilaming birlamchi buxgalteriya hujjatlarida
soxta ma’lumotlaming mavjudligi natijasida soliqqa tortish
bazasining qisqarishi usuli I.Kucherov tomonidan taklif
qilingan turkumlashda o'z aksini topmagan.
1 Перцхалава К А. Выявление и первоначальный этап расследования ук
лонений от уплаты налогов или страховых взносов в государственные вне
бюджетные фонды. Дис. на соис. уч. степени к.э.н. — М., 1999. — С. 86.
2 Ковалевская Д. Е. Налоговые преступления в уголовном праве Россий
ской Федерации. / / Налоговый Вестник. — 2000. № И. — С. 101.
Soliq to'lovchilaming soliq majburiyatlarini bajarishdan
bo'yin tovlash usullarini quyidagi guruhlarga ajratgan holda
turkumlash maqsadga muvofiq hisoblanadi:
/. Soliq to ‘lovchilarning soliq organlariga soliq hisob-kito-
bi va buxgalteriya hisobotlarini topshirmasliklari.
Amaldagi soliq qonunchiligiga muvofiq soliq to'lovchi
lar qonunda ko'rsatilgan muddatda soliq organlariga har bir
soliq turi bo'yicha soliq hisob-kitobini, shuningdek bux
galteriya hisoboti va balanslarini taqdim etishlari shart.
Ammo ushbu usulni qo'llashda moliya-xo'jalik faoliyatini
yuritish uchun soliq organlariga hujjatlarni taqdim etish
talab etilmaydi. Soliq to'lovchilar tomonidan soliq organ
lariga «nollik» balanslarni, moliya-xo'jalik faoliyatini amal
ga oshirilmaganligi to'g'risidagi soxta ma’lumotlarning
berilishi ham mazkur usulga kiradi. Respublikamizda hozir
gi vaqtda soliq to'lashdan bo'yin tovlashning birinchi usuli
ni fuqarolarga nisbatan qo'llashning huquqiy asoslari
mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: |