Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

Davlat  mulkini  xususiy- 

lashtirishdan  olingan 

daromadlar

Budjetning  soliqsiz  daromadlari 

tarkibidagi  asosiy  daromad  tur- 

laridan  biri  —  davlatga  tegishli 

bo'lgan  mulklami  xususiylashti-



miyatga  ega.  Agar  oddiy  aksiyalaming  bozor  bahosi  yuqori 

bo‘lsa,  u  holda  aksiyalami  sotishdan  olingan  budjet  daro­

madlarining  miqdori  nisbatan  katta  bo‘ladi.  O'z  navbatida, 

oddiy  aksiyalaming  bozor  bahosi  emitent  sof  foydasining 

miqdoriga  bog'liq:  sof  foydaning  miqdori  qanchalik  katta 

bo'lsa,  ularga  to‘lanadigan  dividendning  miqdori  ham 

shunchalik  yuqori  bo'ladi.

2003—2004-yillarda  davlat  mulkini  xususiylashtirish 

dasturiga  muvofiq,  mazkur davr mobaynida  respublikamiz- 

da  ustav  kapitalida  davlatning  ulushi  25  foizdan  51  foiz- 

gacha  bo‘lgan  673  ta  korxonadagi  davlatning ulushi  biija va 

biijadan  tashqari  bozorlarda  sotilishi  mo'ljallangan.  Bu 

korxonalaming  ichida iqtisodiy salohiyati yuqori bo'lgan bir 

qator  yirik  korxonalar  —  «Agama»  sanoat  korxonasi, 

«Jizzaxplastmass»  HJ,  «Elektrokimyozavodi»  HJ,  «O'zbek- 

selmash»  HJ,  «Toshqishloqmash»  HJ  kabi  korxonalar mav­

jud.  Ulaming  ustav  kapitalidagi  davlatga  tegishli  aksiyalar- 

ning  sotilishi  davlat  budjetining  soliqsiz  daromadlari  haj- 

mining oshishiga  olib  keladi.

2003—2004-yillarda  davlat  mulkini  xususiylashtirish 

dasturiga  muvofiq,  ustav  kapitalida  davlatning  ulushi  51 

foiz va  undan  yuqori  bo'lgan  644  ta  korxonaning  ustav  ka­

pitalida  davlatning  ulushini  qisqartirish  ko‘zda  tutilgan. 

Shunisi  xarakterliki,  ko‘pchilik  korxonalaming  ustav  kapi­

talidagi  davlatning  ulushini  40  foizdan  ortiq  qismini  sotish 

ko‘zda tutilgan.  Masalan,  «Navoimontajavtomatika»  DAK- 

ning  ustav  kapitalidagi  davlat  ulushining  49,0  foizini, 

«Andijon  bioxim  zavodi»  HJning  ustav  kapitalidagi  davlat 

ulushining  45,0  foizini,  «0 ‘zkimyosanoat»  DAKning  ustav 

kapitalidagi  davlat  ulushining  49,0  foizini,  «Olmaliq  tog‘- 

metallurgiya  kombinati»  HJning  ustavkapitalidagi  davlat 

ulushining  46,5  foizini  sotish  mo'ljallangan.  Mazkur  kor­

xonalaming  ustav  kapitalidagi  davlat  ulushining  muvaf- 

faqiyatli  tarzda  sotilishi  O'zbekiston  Respublikasi  davlat 

budjetining  soliqsiz  daromadlari  hajmini  sezilarli  darajada 

o'sishiga  olib  keladi.

Davlat  mulki  bilan bog‘liq daromadlaming ikkinchi turi 

davlatga  tegishli  bo'lgan  mulklami  ijaraga  berishdan  oli­

nadigan  daromadlar  hisoblanadi.  Ijara  to'lovlari  shaklidagi 

mazkur  daromadning  miqdori  ijaraga  beriladigan  mulklar- 

ning  umumiy  maydoniga  va  ijara  stavkalariga  bogiiqdir. 

Rossiya  Federatsiyasida  2001-yilning  1-iyun  holatiga,




Federal budjetga  hisoblangan ijara to'lovlarining atigi  318,0 

ming  rubli  Federal  budjetga  kelib  tushdi.  Holbuki,  mazkur 

daromad  turi  bo'yicha  Federal  budjetga  kamida  5300  mln. 

rubl  kelib  tushishi  lozim  edi.  Amalga  oshirilgan  tadqiqotlar 

natijasi  shuni  ko'rsatadiki,  birinchidan,  juda  katta  umumiy 

maydonga  ega  bo'lgan  davlat  mulklari  bo'yicha  (82,7  kv. 

metr)  yangi  ijara  shartnomalari  tuzilmagan;  ikkinchidan, 

to'lov  intizomining  yaxshi  emasligi  sababli  794,9  mln.  rubl 

miqdoridagi  ijara  to'lovlari  bo'yicha  muddati  o'tgan  qarz- 

dorlik  mavjud;  uchinchidan,  ijara  stavkalari  va  umuman 

ijara  to'lovlari  bo'yicha  asossiz  imtiyozlar  mavjud.

Davlat  mulki  bilan  bog'liq  budjet  daromadlarining 

uchinchi  turi  davlat  mulkini  sotishdan  olingan  daromadlar 

hisoblanadi.  Davlat  mulkini  sotishda  kompaniyaning  kapi- 

talizatsiya darajasi  muhim o'rin tutadi.  Kapitalizatsiya dara­

jasi  qanchalik  yuqori  bo'lsa,  davlat  mulkini  sotishdan  olin­

gan daromadlar miqdori  shunchalik katta bo'ladi.  Masalan, 

bir  qator  Rossiya  Federatsiyasining  davlat  korxonalarida 

2002—2007-yillarda  kapitalizatsiya  darajasining  keskin 

pasayishi  kuzatilgan.  Xususan,  «Slavneft»  korxonasida 

2006-yilda  kapitalizatsiya  darajasi  mavjud  1070,2  mln. 

AQSH  dollaridan  752,2  mln.  AQSH  dollariga  tushib  qol- 

gan.  Ya’ni,  korxonaning  kapitalizatsiya  darajasi  318,0  mln. 

AQSH  dollariga  pasaygan.  Bu  esa,  korxonaning  bozor 

bahosini  2006-yilda  25  foizga  pasayishiga  olib  keldi.  Ros­

siya  Federatsiyasi  hisob palatasi  tomonidan  o'tkazilgan tek- 

shirishlar  natijasi  shuni  ko'rsatadiki,  «Slavneft»  shuba  kor­

xonalarining  aktivlarini  boshqa  kompaniyalarga  o'tkazib 

yuborilganligi  natijasida korxonaning kapitalizatsiya darajasi 

keskin  pasayib  ketgan.  «Slavneft»  korxonasining  boshqa 

kompaniyalaming  balansiga  o'tkazib  yuborilgan  sof  aktiv- 

larining  miqdori  9213,0  mln.  rublni  tashkil  qildi.

Davlat  mulki  bilan  bog'liq  daromadlaming  to'rtinchi 

turi  davlatning  davlat  korxonalarining  ustav  kapitaliga 

qo'ygan  investitsiyalaridan  oladigan daromadlari  hisoblana­

di.  Davlat  korxonalarining  moliyaviy  holati  qanchalik  bar­

qaror bo'lsa,  ular tomonidan oddiy aksiyalarga to'lanadigan 

dividendlaming  darajasi  shunchalik  yuqori  bo'ladi.  Rossiya 

hukumatiga  yirik  miqdorda  dividendlar  to'lovchi  korxo­

nalar  bo'lib  RAO  «Gazprom»,  NKA  «LUKoyl»,  NKA 

«Rostneft»,  NKA  «Slavneft»,  AKA  «Transneft»,  AKA 

«Transnefteprodukt»,  RAO  «YEES  Rossii»,  ОАО  «Texsna-




beksport»,  AK  «Alrosa»  va  ОАО  «TVEL»  kompaniyalari 

hisoblanadi.  Ular 2002-yilda davlat  tomonidan olingan jami 

dividendlaming  68,0  foizini  to'lagan  bo'lsa,  2007-yilga 

kelib  bu  ko'rsatkich  88,0  foizni  tashkil  qildi.

Mazkur  kompaniyalar  moliyaviy  holatining  barqarorligi 

ulaming  sof  foydasi  miqdorini  katta  bo'lishiga  olib  keldi. 

Natijada,  davlatga tegishli bo'lgan aksiyalarga to'g'ri  keladi­

gan  sof foyda  miqdorining  minimal  summasi  98712,0  mln. 

rublni  tashkil  qildi.

O'zbekiston  Respublikasi  budjet  amaliyotida  davlat 

mulkini  xususiylashtirish  bilan  bog'liq  daromadlaming 

amaldagi  holatini  tahlili  (5.2.1-jadval)  2003-yilni  hisobga 

olmaganda,  tahlil  qilingan  davr  mobaynida  2004-yildan 

boshlab  davlat  mulkini  xususiylashtirishdan  olingan  daro­

madlaming  miqdori  o'sish  tendensiyasiga  ega  bo'lgan.

Bu  esa,  davlat  mulkini  xususiylashtirish  jarayonini  iz- 

chillik  bilan  amalga  oshirilayotganligidan  dalolat  beradi.


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish