Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va


  Soliqsiz  daromadlaming  zarurligi  qaysi  omillar  bilan  belgi­



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet190/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

10.  Soliqsiz  daromadlaming  zarurligi  qaysi  omillar  bilan  belgi­

lanadi?

1 Финансы.  Уч.  под.  редакцией  Л.  А.  Дробозиной.  —  М.,  ЮНИТИ, 

2003.  -   С.  125.



5.2.  SOLIQSIZ  DAROMADLARNING  DAVLAT  BUDJETI 

DAROMADLARINING  HAJMIDAGI  0 ‘RNI  VA 

DINAMIKASI

Xorijiy  mamlakatlardan 

Rivojlanayotgan  mamlakatlarda 



olingan  moliyaviy 

davlat  budjetining  soliqsiz  daro-



yordamlar 

madlarini  sezilarli  qismi  xorijiy

mamlakatlardan  olingan  moliyaviy  yordamlardan  iborat 

ekanligi  ushbu  mamlakatlarda  davlat  budjeti  daromadlarini 

shakllantirishda  sezilarli  muammolarning  mavjudligi  bilan 

izohlanadi.

Xorijiy  moliyaviy yordamlarning aksariyat  qismi  xalqaro 

moliya-kredit  tashkilotlari  tomonidan  beriladi.  Bunda 

asosiy  o'rinlarni  xalqaro  valuta  fondi  (XVF)  va  Jahon  tik- 

lanish  va  taraqqiyot  banki  (JTTB)  egallaydi.  XVF  rivoj­

lanayotgan  mamlakatlarga  moliyaviy  yordam  berishda 

asosiy  e’tiborini  mamlakatning  to'lov  balansining  holatiga 

qaratadi.  XVF  tomonidan  ajratiladigan  moliyaviy  yor- 

damlar to'lov  balansi  doimiy  ravishda  defitsitga  ega bo'lgan 

mamlakatlarga  birinchi  navbatda  beriladi.

JTTB  rivojlanayotgan  davlatlarga  moliyaviy  yordam 

berishda asosiy  e’tiborini  mamlakat  aholisining qashshoqlik 

darajasiga  qaratadi.  Hozirgi  kunda  Afrikaning  Saxara  dav- 

latidan  janubdagi  mamlakatlar  sayyoramizning  eng  qash- 

shoq  mamlakatlari  hisoblanadi.  Bu  yerda  mehnatga  yaroqli 

aholining  bir  kunlik  ish  haqi  1  AQSH  dollaridan  pastdir. 

Shu  sababli  mazkur  mamlakatlar  bankning  moliyaviy  yor- 

damlarini  birinchi  navbatda  oladilar.

O'zbekiston  Respublikasi  Davlat  mustaqilligiga  erishgan 

dastlabki  paytlardan  boshlab,  xorijdan  mablag'lar jalb  qilish 

masalasiga  alohida  e’tibor  berdi.

2006-yilning  1-yanvar  holatiga  ko'ra  xorijiy  mamlakat­

lardan va xalqaro moliya-kredit tashkilotlardan jalb qilingan 

mablag'laming  umumiy  summasi  1980,5  mln.  AQSH  dol- 

larini  tashkil  qildi.  Shuning  93,6  foizi  kredit  majburiyatla- 

rining  hissasiga  to'g'ri  keladi.  Jalb  qilingan  mablag'laming 

qolgan  qismi  turli  shakllarda  olingan  moliyaviy  yordamlar 

hissasiga  to'g'ri  keladi.1

Yuqorida  keltirilgan  ma’lumotlardan  ko'rinadiki,  mo­

liyaviy  yordamlarning  miqdori  nisbatan  kichik  bo'lib,  ular

10 ‘zbekiston  Respublikasi  Moliya  vazirligining  ma’lumotlari.  2006.




davlat budjeti  daromadlari  nuqtayi  nazaridan  sezilarli dara- 

jadagi  amaliy  ahamiyatga  ega  emas.

rishdan  keladigan  daromadlar  hisoblanadi.

Rivojlanayotgan  davlatlarda,  shu  jumladan,  MDHga 

a’zo  mamlakatlarda  davlat  mulkini  xususiylashtirishdan  va 

sotishdan  olingan  daromad  soliqsiz  daromadlar  tarkibida 

sezilarli  salmoqni  egallaydi.  Mazkur  mamlakatlarda  ko‘p 

ukladli  iqtisodiyotni  shaldlantirish  zaruriyati  davlat  mulkini 

xususiylashtirishni  dolzarb  masalasiga  aylantirdi.  Xususan, 

Rossiya  Federatsiyasida  2006-yilda  davlat  mulkini  xususiy­

lashtirish  va  sotishdan  olingan  budjet  daromadlarining 

umumiy  summasi  25061,2  mln.  rublni  tashkil  qildi.  Bu 

summaga  munitsipial  mulkchilik  tasarrufida  bo'lgan  davlat 

mulkini  sotish  summasini 

qo'shsak, 

u  holda  davlat  mulki- 

dan  olgan  budjet  daromadlarining  umumiy  summasi 

52057,3  mln.  rublni  tashkil  qiladi.  Bu  summani  budjet 

daromadlari nuqtayi nazaridan baholash uchun uning soliq­

siz  daromadlarining  umumiy  hajmidagi  salmog‘ini  o‘rga- 

nish  kifoya  qiladi.  Agar  2000-yilda  davlat  mulkini  sotish  va 

xususiylashtirishdan  olingan  budjet  daromadlari  soliqsiz 

daromadlaming  umumiy  hajmidagi  salmog‘i  14,0  foizni 

tashkil  qilgan  bo‘lsa,  2005-yilda  bu  ko‘rsatkich  50,5  foizni 

tashkil  qildi.  2006-yilga  kelib  esa  mazkur  ko‘rsatkich  45,2 

foizni  tashkil  qildi.1

Keltirilgan  ma’lumotlaming  tahlilidan  ko'rinadiki,  bi- 

rinchidan,  davlat  mulkini  sotish  va  xususiylashtirishdan 

olingan  daromadlar  Rossiya  Federatsiyasi  davlat  budje­

tining  soliqsiz  daromadlari  tarkibida  asosiy  o‘rinni  egallay­

di;  ikkinchidan,  soliqsiz  daromadlarga  xos  bo‘lgan  nobar- 

qarorlik  ushbu  daromad  turiga  ham  xos  ekanligi  yaqqol 

kuzatiladi.

Davlatga  tegishli  mulklami  sotishda  va  davlat  korxo- 

nalarini  xususiylashtirishda  ushbu  korxonalaming  davlatga 

tegishli bo'lgan  oddiy  aksiyalarini  sotish  muhim  o‘rin  egal­

laydi.  Aksiyalarni  sotishda ulaming bozor bahosi  katta  aha-

Бурков  С.  Неналоговые  доходы  от  госсобственности  и  бюджетный  по­

тенциал  страны.  / /   Российский  экономический  журнал.  N°  9,  2006.  —  С.  25.


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   186   187   188   189   190   191   192   193   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish