Toshkent moliya instituti a. V. Vahobov, A. S. Jcvrayev soliqlar va



Download 6,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet187/310
Sana30.12.2021
Hajmi6,45 Mb.
#195861
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   310
Bog'liq
D-SOLIQLAR-VA-SOLIQQA-TORTISH-A.-V.-VAHOBOV

S r S T   harama 

bud*tlar

turkumlanishi 

uchun  yagona  bo‘lib,  budjet  tas-

nifi  bilan  belgilanadi  va o‘z  ichi­

ga  quyidagilami  oladi:

1.  Davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  egaligida  bo‘lgan 

mulkdan yoki xo‘jalik faoliyatidan  olingan  daromadlar,  shu 

jumladan:

•   davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  egaligidagi  mulkni 

foydalanishga  berishdan  olingan  daromadlar;

•   davlatga  tegishli  aksiyalar bo'yicha  dividendlar;

•   davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  egaligida  bo'lgan 

mulkni  ijaraga berishdan,  shu jumladan,  qishloq xo‘jaligi va 

noqishloq  xo'jaligi  maqsadlaridagi  yerlar  uchun  ijara 

to‘lovidan  olingan  daromadlar;

•   vaqtinchalik  bo‘sh  turgan  budjet  mablag‘larini  bank 

va  kredit  tashkilotlarida joylashtirishdan  olingan  daromad­

lar;

•   xizmat  ko'rsatish  va  davlat  xarajatlarini  qoplashdan 



olingan  daromadlar;

•   davlat  va  mahalliy  tashkilotlardan  to‘lovlar;

•   davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  egaligida  bo‘lgan 

mulkdan  yoki  xo'jalik  faoliyatidan  olinadigan  boshqa 

tushumlar.

2.  Davlat  yoki  mahalliy  hokimiyat  egaligida  bo'lgan 

mulkni  sotishdan  olingan  daromadlar,  shu jumladan:

•   davlat  mulki  bo'lgan  korxonalar  va  tashkilotlami 

xususiylashtirish va davlat  tasarrufidan chiqarishdan  olingan 

tushumlar;




•   kvartiralami  sotishdan  tushumlar;

•   davlatning  ishlab  chiqarish  va  noishlab  chiqarish 

fondlarini,  transport  vositalari  va  boshqa  uskuna-jihozlami 

sotishdan  olingan  daromadlar;

•   musodara  qilinib,  davlat va  mahalliy  hokimiyat  egali- 

giga  o‘tgan  egasiz  mol-mulkni  sotishdan  olingan  daromad­

lar.

3.  Davlat  zaxiralarini  sotishdan  olingan  daromadlar.



4.  Yer va  nomoddiy  aktivlami  sotishdan  olingan  daro­

madlar.


5.  Davlatga  qarashli  bo'lmagan  manbalardan  kapital 

transfertlar tizimlari.

6.  Jarima-jazolami  qo'llash,  yetkazilgan  zarami  qop­

lash,  shu jumladan:

•   standartlar  va  texnik  shartlardan  chetlashgan  holda 

tayyorlangan  mahsulotni  ishlab  chiqarganlik  va  sotganlik 

uchun  tushumlar  summasi;

•   narxlami  qoilash  tartibini  buzganlik  uchun jazolar;

•   jinoyatlar  qilish  va  moddiy  boyliklar  kamomadida 

aybdor bo'lgan  shaxslardan  undiriladigan  summalar.

7.  Tashqi  iqtisodiy  faoliyatdan  olingan  daromadlar,  shu 

jumladan:

•   davlat  kreditlari  bo'yicha  foizlar;

•   davlat  zaxiralarini  sotishdan  olingan  daromadlar;

•   markazlashtirilgan  eksportdan  tushumlar summasi;

•  tashqi iqtisodiy faoliyatdan olingan boshqa tushumlar.

8.  Boshqa  turli  soliqsiz  tushumlar.

Budjetning  soliqsiz  daromadlari  hududiy  belgiga  ko'ra 

(muayyan  darajadagi budjetga  kiritish), jalb qilish  va  shakl- 

lantirish  usuliga  ko'ra  (majburiy  yoki  ixtiyoriy)  va  soliqsiz 

tushumlarini  shakllantiradigan  to'lovlami  undirishning 

konkret  asoslariga  ko'ra  (davlat  mulkini  sotishdan  olingan 

daromadlar)  tasniflanadi.

Soliqlar  va  soliqsiz  to'lovlaming  ko'pgina  o'xshash  to- 

monlari  bilan  birga  qator farqli  tomonlari  ham  mavjud.

Pul  mablag'larining  muayyan  qismi  davlat  xazinasiga 

soliqsiz  to'lovlar  tarzida  kelib  tushadi.  Ular  soliqlar  va 

boshqa  majburiy  to'lovlar  singari  davlatning  qonun  chi­

qaruvchi  idorasi  tomonidan belgilanadi.

Shu  bilan  birga  soliqlar  va  soliqsiz  to'lovlar  o'rtasida 

muayyan  farqlar  mavjud.  Jumladan,  bu  farqlami  quyidagi- 

lardan  iborat  deb  belgilash  mumkin:




•   soliqsiz  to'lovlar soliqlardan  farq  qilib,  ikki  tomonla- 

ma  huquq  va  burchlar  kelib  chiqishiga  sabab  bo'ladi. 

Masalan,  faoliyatning  muayyan  turi  bilan  shug'ullanish 

huquqini  beradigan  litsenziyalami  olish  maqsadida  belgi­

langan  to'lovlaming  amalga  oshirilishi  boshqa  shartlar 

bajarilgani  taqdirda  vakolatli  ruxsatnomani  berishi  lozim 

bo'ladi;

•   soliqlardan farq qilib,  soliqsiz to'lovlar ko'pchilik hol­

larda  majburiy  ravishda  to'lanmaydi.  Soliq  esa  uni  to'lash 

obyekti  mavjud  bo'lganida  to'lanadi;

•   soliqlardan  farq  qilib,  soliqsiz  to'lovlar  muayyan 

maqsadga  mo'ljallanadi  hamda  ana  shu  maqsadda  undan 

foydalanish  lozim.

Soliqsiz  to'lovlar  respublika  budjeti  va  mahalliy budjet- 

lar  daromadlarida  jamlanadi.  Ushbu  mahalliy  soliq  va 

yig'imlaming  to'lovchilar  doirasi,  soliq  solish  obyektlari, 

soliq va  yig'imlar yuzasidan yengillik va  imtiyozlar,  soliq va 

yig'imni  hisoblab  chiqish  va  to'lash  tartiblari  mahalliy 

hokimiyat  idoralarining  bevosita  o'zlari  tomonidan  belgi­

lanadi.


Soliqsiz  to'lovlar  hududiy  belgisiga  ko'ra:  umumdavlat 

miqyosidagi  va  mahalliy  to'lovlarga;  shakllanish  usuliga 

ko'ra:  majburiy va  ixtiyoriy; jamlanish  usuliga  ko'ra:  davlat 

budjetida  yoki  budjetdan  tashqari  jamlanadigan  turlarga 

bo'linadi.

Soliqsiz  to'lovlar  undirish  asoslariga  ko'ra  quyidagi 

turlarga  bo'linadi:

•   tabiiy  resurslardan  foydalanganlik  uchun  to'lovlar.

Bu  to'lovlaming  tabiiy  resurslardan  tejab-tergab,  sama­

rali  foydalanishda  ahamiyati  kattadir;

•   davlat  idoralari  tomonidan  yuridik  va jismoniy  shaxs­

larga  huquqiy  ahamiyatga  ega  bo'lgan  turli  xizmatlar 

ko'rsatishdan  olinadigan  to'lovlar.  Ular jumlasiga:

•  tashqi iqtisodiy va boshqa  faoliyat tufayli bojxona ido- 

ralariga  to'lanadigan  to'lovlar;

•   sud  va  boshqa  huquq-tartibot  idoralariga  murojaat 

qilinganda  to'lanadigan  davlat  boji;

•   davlat  ro'yxatidan  o'tkazish,  litsenziya  (ruxsatnoma) 

olish  va  tovariar  uchun  sertifikatlar olishdagi  to'lovlar;

•   bozorlar,  yarmarkalar  va  boshqa  savdo  shoxobchala- 

ridan  olinadigan  bir  martalik  patta  to'lovlari;



•   qimmatli  qog'ozlar chiqarish  va joylashtirish,  lotereya 

o'yinlarini  o'tkazish  uchun  to'lovlar;

•   davlat  mulkini  xususiylashtirishdan  kelib  tushadigan 

daromadlar;

•  jarima tarzidagi to'lovlar (jarimalar,  penyalar va bosh­

qalar).


Davlat budjetining soliqsiz daromadlari tarkibiga  davlat­

ga  tegishli  bo'lgan  mulklarni  sotish  va  xususiylashtirish 

natijasida olingan  daromadlami,  davlatning tashqi-iqtisodiy 

faoliyatidan  olingan  daromadlami  va  xorijiy  davlatlardan 

qaytarib  bermaslik  sharti  bilan  olinadigan  pul  mablag'larini 

kiritish  maqsadga  muvofiq  hisoblanadi.

Umuman  olganda,  soliqsiz  daromadlaming  zarurligi 

quyidagi  omillar bilan  belgilanadi:

1. 

Davlatga  tegishli  mulklardan  foydalanish  sama- 



radorligining  pasayishi  natijasida  davlat  sektoriga  tegishli 

korxonalaming  moliyaviy  holatini  yaxshilash  maqsadida 

ulami  xususiylashtirishning  zarurligi.

Davlat  sektoriga  mansub  bo'lgan  korxonalaming  faoli­

yati  ko'pchilik  hollarda  xususiy  sektor  korxonalariga  nis­

batan  samarasiz  bo'ladi.  Shvetsiya,  Fransiya  va  Buyuk 

Britaniya  davlatlarining  amaliyotida  bunday  holatlar  bir 

necha  marotaba  kuzatilgan.  Masalan,  XX asming  90-yillari 

oxirida  Buyuk  Britaniyada  davlat sektoriga  mansub  bo'lgan 

korxonalaming  sezilarli  qismi  moliyaviy  yilni  zarar  bilan 

yakunladi.  1998-yilda  eng  yirik  davlat  korxonalaridan  biri 

«British  telekom»  xususiylashtirildi.  Uning  aksiyalarining 

bozor bahosi  6,9  mlrd.  funt  sterlingni  tashkil  etar edi.

XX  asr  90-yillarining  ikkinchi  yarmida  Fransiyada 

davlat  mulkini  xususiylashtirish  natijasida  7,0  mln.  kishi 

aksiyadorlarga  aylandi.  Umuman  olganda,  ijtimoiy-iqti- 

sodiy  hamkorlik  tashkilotiga  a’zo  bo'lgan  mamlakatlarda 

davlat  sektorining  defitsiti  1999-yilda  yalpi  milliy  mahsu­

lotning  4,5  foizini  tashkil  qildi.1

Davlat  korxonalarini  xususiylashtirish  ular  faoliyatining 

moliyaviy  barqarorligini  oshishiga,  iste’mol  bozorini  tovar­

iar  bilan  to'ldirilishini  ta’minlashga,  ishsizlik  muammosini 

hal  qilishga  hamda  o'rta  va  uzoq  muddatli davriy oraliqlar-

Mariette  D.  Bercy  report  azero  sur  le  dossier  du  Gredit  Donciur.  / /   Tribu­

ne.  —  P.,  1998.  —  Sept.,  p.  9.



da  soliq  tushumlarini  ko‘paytirishga  sezilarli  darajada  hissa 

qo‘shadi.

2. 

Davlat  budjeti  daromadlarining  miqdorini  oshirish 



zaruriyatining  yuzaga  kelishi.

Davlat  budjeti  xarajatlarini  sezilarli  darajada  o'sishi, 

davlatning  iqtisodiy  xarajatlarini  oshirish  zaruriyatini  paydo 

bo‘lishi  hukumatga  soliqsiz  daromadlami  oshirish  tadbirla- 

rini  ishlab  chiqarish  zaruriyatini  yuzaga  keltiradi.  Ana  shu 

maqsadda  davlatga  tegishli  mulklami  sotish,  davlatga 

tegishli  xorijiy  valutalar  va  nodir  metallami  xorijiy  moliya 

bozorlarida  joylashtirish  yo‘li  bilan  daromadlar  olish  va 

xorijiy  tashkilotlaming  moliyaviy  yordamlarini  jalb  qilish 

zaruriyatini  yuzaga  keltiradi.  Masalan:  0 ‘zbekiston  Res­

publikasida  hukumatga  tegishli  oltin-valuta  zaxiralarining 

ma’lum  qismi  xalqaro  moliya  bozorlarida  muddatli  depozit 

shaklida joylashtiriladi  va  undan  foiz  ko‘rinishda  daromad 

olinadi.  Bundan  tashqari,  soliqsiz  daromadlardan  davlat 

budjeti  defitsitini  kamaytirish  maqsadida  ham  faol  tarzda 

foydalanish  mumkin.  Masalan,  O'zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar  Mahkamasining  2003-yil  25-dekabridagi  567-sonli 

«O'zbekiston  Respublikasining  2004-yilgi  davlat  budjeti 

parametrlari  to‘g‘risida»gi  qaroriga  muvofiq  2004-yilda 

davlat  budjeti  defitsitini  faqat  qadrsizlanmaydigan  (noin- 

flyatsion)  manbalar,  shu jumladan,  davlat  mulkini  xususiy- 

lashtirishdan  olinadigan  tushumlar  hisobidan  moliyalash- 

tirishni  ta’minlash  ko'zda tutilgan  edi.1

Rivojlangan  xorijiy  davlatlar  ichida  Yaponiya  soliqsiz 

daromadlaming  davlat  budjeti  daromadlarining  hajmidagi 

salmog'ining  yuqori  ekanligi  bilan  ajralib  turadi.  Bu  ko'r- 

satkich  Yaponiyada  15  foizni  tashkil  etadi.  Yaponiya  ma­

halliy  budjetlari  daromadlarining  25  foizgacha  bo'lgan 

qismi  soliqsiz daromadlardan tashkil topadi. Yaponiya bud­

jet  qonunchiligiga  muvofiq  soliqsiz  daromadlar  tarkibiga 

quyidagi  daromadlar  kiritiladi:

—  ijara to'lovlari;

—  davlatga  tegishli  yer  maydonlari  va  boshqa  qo'z- 

g'almas  mulklami  sotishdan  olingan  daromadlar;

— jarimalar;

—  obligatsiyalami  sotishdan  olingan tushumlar;

1 Soliqlar va  bojxona  xabarlari.  №  4  (496),  2004-y,  23-yanvar.



—  yutuqli  lotereyalami  sotishdan  olingan  tushumlar;

—  o‘tgan  yillarda  ishlatilmay  qolgan  budjet  mablag1- 

lari.1

Davlat  budjetining  soliqsiz  daromadlari  daromad  man­



balari  sifatida  nobarqaror va doimiy xususiyatga ega bo‘lgan 

daromadlar  hisoblanadi.  Buning  sababi  shundaki,  birinchi- 

dan,  davlat  mulkini  xususiylashtirish  jarayoni  mohiyatiga 

ko‘ra  nobarqaror  jarayon  bo‘lib,  xususiylashtirishdan  oli­

nadigan  daromadlami  nobarqaror  bo‘lishiga  olib  keladi; 

ikkinchidan,  davlatga tegishli  oltin-valuta  zaxiralarini bozor 

stavkalarida  joylashtirish  natijasida  olinadigan  daromadlar 

joylashtiriladigan  moliyaviy aktivlaming miqdoriga va bozor 

stavkalarining  o‘zgarishiga  bog‘liq  bo'lganligi  sababli  ular- 

dan  olinadigan  daromadlaming  summasi  doimiy  ravishda 

tebranib  turadi;  uchinchidan,  xorijiy  tashkilotlardan  va 

davlatlardan  olinadigan  moliyaviy  yordamlaming  miqdori 

ulami beruvchilar tomonidan  mustaqil  ravishda belgilanadi. 

Bu  esa  ulaming  miqdorini  oldindan  belgilash  imkonini 

bermaydi.


Download 6,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   183   184   185   186   187   188   189   190   ...   310




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish