O'zbek
metallurgiya
kombinati
xuddi
shunday
korxonalardandir). To'qimachilik kombinatlari yigiruv, bo'yoqlash,tayyorlash
sexlaridan iborat. Xom ashyo bitta — paxta tolasi yoki pilla mahsuloti. Go'sht
kombinatida ham yagona xom ashyo asosida bir necha mahsulot: go'sht, konserva,
kolbasa kabi boshqa mahsulotlar olinadi. Uning chiqindisidan, masalan, suyak va
qondan qishloq xo'jaligi va tibbiyot sohasida foydalanish mumkin, terisi esa
oshlangandan so'ng charmpoyafzal sanoatida ishlatiladi. O'rmon, sement-shifer,
kimyo kombinatlarining tuzilishi ham xuddi shunday. Qolaversa, markazlashgan
issiqlik elektr stansiyalari ham kombinat xususiyatiga ega, chunki ular ayni paytda
elektr energiyasi va par (bug') beradi.
Shunday qilib, kombinatsiya sanoat tarmoqlarining ko'pchiligiga xosdir. Faqat
mashinasozikda «kombinat» so'zini uchratmaymiz, ammo mohiyatan bu yerda ham u
mavjud, zotan metalldan asosiy mahsulot bilan bir qatorda xalq iste'mol mollari ham
ishlab chiqariladi. Masalan, Toshkentdagi Chkalov nomli aviatsiya birlashmasi
samolyotdan tashqari avtomobil uchun ba'zi bir ehtiyot qismlar, bolalar aravachasi
(kolyaska) va shunga o'xshash turli xil xalq iste'mol mollarini ham ishlab chiqaradi.
Umuman olganda, ishlab chiqarishning ijtimoiy shakllari o'zaro bog'liq.
Chunonchi, ixtisoslashgan korxonalar yoki kooperatsiya va kombinatsiya doirasidagi
ishlab chiqarish bo'g'inlari ham u yoki bu ko'rinishda mujassamlashuvni anglatadi.
Biroq bu yerda ularning bir joyda to'planganligi, yig'ilganlik darajasi boshqa joylarga
nisbatan yuqori bo'lishi lozim, aks holda tom ma'noda mujassamlashuv bo'lmaydi.
Mujassamlashuv
yoki
ixtisoslashuv
ayni
paytda
shu
sohaning
rivojlanganligidan dalolat beradi. Ammo bu rivojlanganlik mujassamlashuvda
korxona yoki tashkilotning kattaligi, ko'lami bilan o'lchansa ixtisoslashuvda esa u o'z
ifodasini yagonaligi, noyobligi va betakrorligida topadi.
Hozirgi sharoitda mamlakat iqtisodiyotini ham «pastdan» ham «yuqoridan»
qurish lozim. Binobarin, xorijiy davlatlar sarmoyalari orqali yoki ular bilan
hamkorlikda barpo etilayotgan sanoat korxonalari uchun ularga zarur bo'lgan
texnologik qismlar, detal va dastgohlarni o'zimizda tayyorlash imkoniyatlarini
33
vujudga keltirish zamon talabidir. Shu bilan birga mavjud imkoniyat va resurslardan
to'la foydalangan holda mamlakatimiz hududida ko'proq tayyor mahsulotlar ishlab
chiqaruvchi korxonalarni rivojlantirish va jahon bozorida faol ishtirok etishiga katta
ahamiyat berish lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |