MP = JMpr + JMrr + JMz
251
Yana bir rossiyalik tadqiqotchi A.Ya. Kibanov shu kategoriya yuzasidan o’z fikr-
mulohazalarini keltirar ekan, mehnat potensialiga jamiyatning moddiy ne’matlar
yaratuvchi kuchi sifatida qaraydi va unga quyidagicha ta’rif beradi: «Potensial o’zida
mehnat resurslarining ishga bo’lgan qobiliyatlarining sifat va miqdor xususiyatlari
umumlashmasini ifoda etadi. Biroq, bunda «potensial» va «resurs» tushunchalarini o’zaro
qarama-qarshi qo’yish kerak emas, chunki potensial jamiyat, jamoa va shaxs tomonidan
yaratilgan, kelgusida amal qilish va taraqqiy etish imkoniyatini ta’minlovchi sifatlarni
ifoda etib, mohiyat jihatdan «resurs» tushunchasiga mos keladi»
1
.
I.S. Maslova iqtisodiy qarashlarida potensialga quyidagicha ta’rif beradi: «Mehnat
potensiali – ishlab chiqaruvchi kuchlar va ishlab chiqarish munosabatlari rivojlanishining
muayyan darajasida ijtimoiy foydali faoliyatda ishtirok etishiga ko’ra ishga layoqatli
aholi, turli xizmatchilar guruhi yoki alohida inson barcha mehnat imkoniyatlarining sifat
va miqdor xususiyatlari birligidir»
2
.
A.S. Pankratovaning qarashlarida ham miqdoriy, ham omilli yondashuvni ko’rish
mumkin. Biroq, bunda u mehnat potensialini har ikkala (miqdor va sifat) jihatlarining
o’zaro uyg’unligi orqali ko’radi. Uning fikricha, mehnat potensiali – jamiyatning, ishlab
chiqarishni rivojlantirish talablariga mos keluvchi shaxsiy omil bilan ta’minlash
imkoniyatini miqdoriy ta’riflaydigan tushunchadir. Boshqa olimlardan farqli o’laroq, A.S.
Pankratova potensial – shaxsiy omilning miqdoriy namoyon bo’lishidir, deb ta’riflaydi.
Shuningdek, tadqiqotchi mehnat potensialini aniqlashda ishga layoqatli aholining soni,
ish vaqti Miqdori (davomiyligi) va unumdorlik kabi ko’rsatkichlarga ham alohida e’tibor
qaratadi
3
.
A.E. Kotlyar mehnat potensiali kategoriyasini tadqiq etar ekan, uning miqdor va
sifat jihatlarini quyidagi tarzda ajratib beradi: miqdor ko’rsatkichlar o’zida ishga layoqatli
aholining soni va unumdorlikning muayyan darajasida ularning ishlagan vaqtlari hajmini
aks ettirsa, sifat jihatlar esa xizmatga layoqatlilarning sog’lig’i, jismoniy qobiliyatlari,
ma’lumoti, malakasi va g’oyaviy-siyosiy darajasi bilan ifodalanadi.
Kategoriyaning miqdor va sifat ta’riflari o’zbekistonlik olima D.N. Raximova
tomonidan ham keng yoritib berilgan, uning fikricha, mehnat potensiali miqdor
ko’rsatkichlari bilan bir qatorda sifat tomonlariga ham ega bo’lishi kerak
4
.
Mazkur ta’limotlar tomonidan ilgari surilgan turli nuqtai nazar va qarashlarda
«mehnat potensiali» tushunchasi turlicha talqin qilinmoqda. Bunda unga omil sifatida
yondashuvchilar resurs deb qarovchilarga nisbatan kengroq anglamoqdalar.
Demak, ko’rib o’tilganidek, mehnat potensiali ko’pchilik olimlar asarlarida
tushuncha sifatida qaraladi, ba’zi tadqiqotchilarning ilmiy ishlarida esa, u ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya sifatida e’tirof etiladi. Bir qator tadqiqotchilar esa uni nisbatan
kengroq talqin qilib, mazmun jihatdan «mehnat resurslari», «ishchi quchi» kabilardan
farq qiluvchi murakkab, ko’p qirrali ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya deb qaraydilar. Mazkur
tushunchani iqtisodiy kategoriya sifatida talqin qiluvchilar mehnat potensialining ijtimoiy
shakli sifatida ishchi jamoalar va alohida xizmatchilarning shakllanishi, taraqqiy etishi
1
Экономика и социология труда. Учебник. Под ред. А.Кибанова. - М.: ИНФРА-М, 2007, с.32.
2
Маслова И.С. Рабочая сила в пореформенной России.//ЭКО: Экономика и организация промышленного
производства, 2002, № 12. с.151.
3
Панкратова А.С. Социология труда. - М.: ИНФРА-М, 2004, с.161.
4
Рахимова Д.Н. Трудовой потенциал Узбекистана в условиях переходной экономики: проблемы развития и
эффективного использования. -Т.: ТашГУ, 1998, 21-6.
252
hamda inson shaxsining imkoniyatlaridan amalda foydalanish borasida yuzaga keladigan
ishlab chiqarish munosabatlarini ko’radilar.
O’zbekistonlik
bir
guruh
iqtisodchi
olimlar
(R.A.
Ubaydullaeva,
X.P. Abulqosimov, D.N. Raximova, Sh.N. Zaynutdinov, Sh.R. Xolmo’minov,
A.A. Abdug’aniev, A.V. Vahobov, N.X. Rahimov) mehnat potensiali jismoniy
imkoniyatga, ma’lumot, kasbkor, malakaga ega, ishlab chiqarishda ishtirok etishga
layoqatli barcha fuqarolarni o’z ichiga oladi, degan fikrni ilgari suradi. Bu ta’rifda ular
potensial resursga nisbatan keng tushuncha bo’lib, miqdor ko’rsatkichlari bilan birga
ishchining ishlab chiqarish faoliyatiga ta’sir ko’rsatuvchi sifat ko’rsatkichlariga ham
egadir, deb ta’kidlaydilar.
Fikrimizcha, mehnat potensiali mehnatga bo’lgan qobiliyatlarning umumlashmasini
(ularning miqdoriy va sifatiy munosabatlarida), alohida ishchini va jami xizmatchilarning
mehnat faoliyatida qatnashish imkoniyatlarini ifodalaydi. Potensialning resursdan sifat
jihatidan farqi shundan iboratki, mehnat potensiali jamiyat ixtiyoridagi oddiy ish salmog’i
(massasi) emas, balki, ijtimoiy mehnatning yuqori samarasini ta’minlaydigan,
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishning optimal imkoniyatini ifodalaydigan,
xizmat faoliyatiga muvofiq keluvchi sharoitlar birligidir.
O’zbekistonda chop etilgan «Mehnat iqtisodiyoti» darsligida keltirilishicha,
«mehnat potensiali» iqtisodiy kategoriyasining «ishchi kuchi» va «mehnat resurslari»
kabi kategoriyalardan farq qiluvchi o’ziga xos xususiyati quyidagilardan iborat.
Birinchidan, mehnat potensiali jamiyat qilayotgan jonli mehnatning miqdoriy va
sifatiy aniq resurslaridir. Shuningdek, u o’zida sifat jihatlarining barchasini
gavdalantiradigan ishchi kuchi majmuidir.
Ikkinchidan, ushbu iqtisodiy kategoriya muayyan bir ishchini ham, ularning
barchasini ham mavjud imkoniyatlardan foydalanish darajasini baholash imkoniyatini
beradi, bu amaliyotda inson omilining faolligini oshiradi.
Uchinchidan, mehnat potensialini tahlil qilish, ishlab chiqarishning inson va
ashyoviy omillari o’rtasida sifatiy, tarkibiy muvofiqlik bo’lishiga yordam beradi.
Mazkur fikr-mulohazalarni rivojlantirgan holda ta’kidlash lozimki, «mehnat
potensiali» tushunchasi ijtimoiy-iqtisodiy mazmun-mohiyatiga ko’ra, «mehnat resurslari»
va «ishchi kuchi» tushunchalaridan ko’ra kengroq ma’no kasb etadi. Mamlakat mehnat
potensialini ta’riflashda, unga faqat ish jarayonini amalga oshiruvchi kuch va
imkoniyatlarning namoyon bo’lishi, deb qaramaslik kerak Chunki mehnat potensiali
iqtisodiyotda band bo’lgan va xizmat jarayonlarida faol ishtirok etayotgan ishchi kuchi
bilan birga aholining mehnatda band bo’lmagan nofaol (zaxira) qismini ham o’z ichiga
oladi.
«Ishchi kuchi» va «mehnat resurslari» tushunchalari bir xil mazmunga ega emas,
resurslarning ishchi kuchiga aylanish jarayoni bir qancha bosqichlarni bosib o’tadi.
Dastlabki bosqichda resurslar ishchi kuchining salohiyatli qismi bo’lib, ular mehnat
vositalari va qurollari bilan ishlash tajribasini orttiradi. Ikkinchi bosqichda esa ular ish
joylarga taqsimlanadi. Shu tariqa jismoniy va aqliy qobiliyatlarning faoliyat jarayonida
sarflanishi ro’y beradi.
Mehnat resurslari bu davrda ishchi kuchiga aylanadi. Uchinchi bosqichda ishchi kuchi
vaqt va quvvat sarflab, moddiy ne’mat yaratadi hamda u iste’mol qiymatiga ega bo’ladi.
253
Ishchi kuchi mehnat faoliyatini to’xtatishi bilan yana iqtisodiy nofaol aholi tusini
oladi, lekin resurs tarkibida qoladi. Shu sababli mehnat resursi mehnat potensialidan o’z
xizmati bilan ishlab chiqarishda ishtirok etish imkoniyatiga ko’ra farqlanadi.
Potensialni ilmiy-iqtisodiy jihatdan tadqiq etish uning resurs tarzidagi mazmun-
mohiyatini ham sifat, ham miqdor jihatdan ochib beradi. Mehnat potensialini ijtimoiy-
iqtisodiy kategoriya sifatida shakllanishi, uning tadqiq etilishi va o’rganilishi bir necha
bosqichlarni bosib o’tdi. Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning rivojlanib borishi natijasida
«ishchi kuchi», «mehnat resurslari», «mehnat potensiali» kabi iqtisodiy tushuncha va
kategoriyalarning ham ma’no-mazmuni birmuncha o’zgarib bormokda. Bulardan nafaqat
ilmiy-iqtisodiy adabiyotlar, balki kundalik amaliyotimizda ham keng foydalanila boshladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |