249
Rossiyalik iqtisodchi olim N.A. Volgin ham unga resurs sifatida yondashib,
«Mehnat potensiali o’zaro bog’liq ko’pgina elementlardan tashkil topgan mehnat
resurslari yig’indisidir. U yoki bu elementni ushbu
majmuaga kiritishga asos bo’lib
xizmat qiluvchi asosiy
belgi jonli shaxs, organizm egalik qiladigan ishga bo’lgan
jismoniy va ma’naviy qobiliyatdir», degan fikrni ilgari surgan
1
.
R.P. Ruzavina, R.P. Kolosova, A.A. Kum’psova va L.E. Kunel’skiylarning fikricha,
mehnat potensiali ishchi kuchi kategoriyasini ravshanlashtiruvchi yo’nalishlardan biridir.
Mazkur olimlar potensialni resurslarga nisbatan kengroq tushuncha deb qarab, mehnat
potensialining tarkibiga ijtimoiy ishlab chiqarishda qatnashishga layoqatli barcha
fuqarolar, shuningdek ish bilan band bo’lgan ishchilar
bilan bir qatorda, ba’zi sabablarga
ko’ra ish bilan band bo’lmagan kishilarni ham kiritadilar
2
.
V.G. Vrublevskiy potensialga nisbatan o’ziga xos nuqtai nazarni ilgari surib, uning
shakllanishida ish sharoitlariga ham alohida urg’u beradi. Shunga ko’ra, u mehnat
potensiali jami ishchi kuchi va sharoitlarning birligidan tashkil topadi, deb ta’kidlaydi.
Ukrainalik iqtisodchi olim N.V. Korovyakovskaya ham potensialni resursga
tenglashtirib, mehnat potensiali ishga layoqatli yoshdagi aholidan hamda pensiya yoshiga
etgan bo’lishiga qaramasdan o’zining xizmatga bo’lgan qobiliyatini saqlab qolgan
kishilar birikmasidan tashkil topadi», degan xulosaga keladi
3
.
L.S. Degtyar’ esa resurslar va potensial o’rtasida hech qanday farq yo’q, deb
hisoblaydi Uning bildirishicha, har ikkala kategoriya ham bir xil mazmunga ega va o’zaro
teng ahamiyatlidir
4
.
Demak, potensialga resurs sifatida yondashadigan olimlar, asosan, miqdor
ko’rsatkichlariga birinchi darajali e’tibor berib, ular potensialni ta’riflashda ishga
layoqatli kishilar, mehnat resurslari, ish bilan bandlar, ishsizlar hamda ishlash
imkoniyatiga ega bo’lgan pensionerlar kabi aholi qatlamlari bilan cheklanganlar. Bunda
ular aholining shaxsiy sifat va kasb-malaka omillarini inobatga olmaganlar.
Ikkinchi yo’nalish
tarafdorlari mehnat potensialiga «omil» jihatdan yondashib, ular
potensialning tarkibini aniqlashda shaxsiy va insoniy omillar (sifat) nuqtai nazardan
yondashadilar. Ushbu qarashlarda ular sifat ko’rsatkichlariga alohida ustuvor ahamiyat
qaratadilar.
M.I. Skarjinskiy potensialga shaxsiy omil harakatining iqtisodiy shakllaridan biri
sifatida qarashni taklif qiladi. Uning fikricha, mazkur kategoriya uch bosqichli harakatdan
o’tadi: mehnat resurslari, ishlab chiqarish sharoitlari (ishchi kuchi) va mehnat potensiali.
Olimning ta’riflashicha, mehnat salohiyati jamiyatni harakatga keltirishning real va
potensial imkoniyatlaridir
5
.
«Potensial» tushunchasini ta’riflashda Ural davlat iqtisodiyot universitetining
professori N.I. Shatalova omilga alohida urg’u berar ekan, mehnat potensiali - inson
omilining aniq tarzda namoyon bo’lishidir, degan qisqa ta’rifni keltiradi
6
.
1
Экономика труда. (социально-трудовые отношения). /Под ред. Н.А.Волгина, Ю.Г.Одегов. – М.: «Экзамен»,
2004, с.132.
2
Колосова Р.П. Экономика труда. – М.: МГУ, 2004, с.42.
3
Коровяковская Н.В. Совокупный работник социалистического общества. - М.:
Экономика, 1987, с.30.
4
Дегтярь Л.С. Трудовой потенциал общества и социальная политика: из опыта европейских стран-членов СЭВ.
- М., 1994, с.3
5
Скаржинсикй М.И. Трудовой потенциал общества. - М.: Экономика, 1997, с.14.
6
Шаталова Н.И. Трудовой потенциал работника: проблемм функционирования и развития. - Екатеринбург,
УрГЭУ, 1998, с.14.
250
Shunga o’xshash nuqtai nazarni I.A. Kokorevning iqtisodiy qarashlarida ham
uchratish mumkin. U ham potensialning mazmun-mohiyatini yoritishda omilga alohida
e’tibor qaratib, mehnat potensiali – inson omilining ishga oid shaxsiy sifatlar
yig’indisidir, degan fikrni ilgari suradi
1
.
M.I. Dolishniy, S.N. Zlupko, V. Dobrik, T.M. Paliya, T. Shults va boshqalardan iborat
iqtisodchilar guruhi potensialga omilni shakllantiruvchi kategoriya sifatida qaraydilar.
M.I. Dolishniy mehnat potensialini baholash uchun uning tarkibini aniqlaydigan quyidagi
formulani taklif etadi
Bunda:
MP - mehnat potensiali;
Do'stlaringiz bilan baham: