N. T. Shoyusupova aholi ish bilan bandligi


Mehnatga qobiliyatli aholi



Download 3,69 Mb.
Pdf ko'rish
bet200/268
Sana30.12.2021
Hajmi3,69 Mb.
#195549
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268
Bog'liq
1-y-Aholini-ish-bilan-bandligi.-Oquv-qollanma.Q.X.Abdurahmonov-va-vosh.T-2011

Mehnatga qobiliyatli aholi 
Faol aholi (ishchi kuchi) 
Ish bilan band aholi 
Mehnat qilishga muhtoj ishsizlar 
Yollanma mehnat  
bilan band 
Xususiy  
korxonalar 
Standart ta’rif 
Faol 
bo’lmagan 
aholi 
Qoidaning  
zaiflashuvi 
Quyidagi sabablarga 
ko’ra: 
 a) ta’lim 
olayotganlar; 
 b) uy yumushlari 
bilan bandlar (ko’p 
bolali onalar); 
 v) pensiyaga 
chiqqanlar; 
 g) boshqa sabablarga 
ko’ra ishlashni 
xohlamaydi- 
ganlar. 
Pul yoki 
natura bilan 
to’lanadigan 
ish haqi yoki 
maoshga 
ishlaydilar 
Pul yoki natura 
bilan 
to’lanadigan 
foyda yoki 
xususiy 
daromad uchun  
ishlaydilar 
“Ishsizlar”, 
“ishlashni 
xohlovchilar”, 
“ish qidirayot- 
ganlar 
(yollanma 
xodimlar)” 
“Ishsizlar”, “hozir 
ishlashni 
xohlaydilar” 
(yollanma xodimlar 
va korxonalarning 
egalari), lekin 
“ishga ega emaslar” 
Ishlari bor, lekin 
ishlamaydilar  
(rasman 
ishlayotgan 
hisoblanadilar) 
Korxonalari bor, 
lekin ishlamay- 
dilar 
12.4-chizmaMehnat resurslarini faol va faol bo’lmagan aholi 
turlari bo’yicha tasnifi 


 
242 
deb  bo’lmaydi.  Xalqaro  integratsiya  jarayonlari  va  mamlakatlararo  taqqoslashlarni 
amalga  oshirish  uchun  turli  tushunchalardan  foydalanishni  bir  xillashtirish  zarurligini 
hisobga  olib,  «iqtisodiy  faol  aholi»  tushunchasini  qo’llashga  o’tish  to’g’riroq  bo’ladi, 
dunyodagi ko’pchilik mamlakatlarning statistiklari aynan shuni qabul qilganlar. 
 
12.2. Mehnat potensiali va uning ijtimoiy-iqtisodiy mazmuni 
 
Mehnat  jarayonining  asosiy  sharti  jamiyatda  mehnat  potensialining  mavjud 
bo’lishidir.  Iqtisodiy  adabiyotlarda  hozirgacha  jamiyatning  mehnat  potensiali 
tushunchasiga  turli  qarashlar  mavjud  bo’lib,  bu  tushuncha  bilan  bog’liq  «mehnat 
resurslari»,  «ishchi  kuchi»  tushunchalarini  undan  farqlash  zarurati  bo’lganligi  sababli 
ushbu tushunchalar munozarali masala bo’lib qolmoqda. 
«Potensial»  atamasi  ilmiy  muomalaga  bundan  15-20  yil  oldin  kiritilgan  edi. 
Etimologik  jihatdan  u  «yashirin  imkoniyatlar,  quvvat,  kuch»  ma’nosini  anglatadi. 
«Potensial»  tushunchasining  ma’nosini  keng  talqin  qilish  uni  «qandaydir  vazifani  hal 
etish  yoki  muayyan  maqsadga  erishish  uchun  xarajatga  keltirilgan  foydalanilgan 
imkoniyatlar,  mablag’lar,  zaxira  manbai;  ayrim  shaxs,  jamiyat,  davlatning  muayyan 
sohadagi  imkoniyatlaridir»,  deb  qarashdan  iboratdir.  Shunday  qilib,  «potensial», 
«potensialli»  degan  atamalar  biron-bir  kishida,  korxonaning  boshlang’ich  mehnat 
jamoasida, umuman, jamiyatda yashirin, lekin hali o’z imkoniyatlari yoki qobiliyatlarini 
ular  hayotining  tegishli  sohalarida  namoyon  qilmaganligini  bildiradi.  Agar  «mehnat 
resurslari»  va  «ishchi  kuchi»  tushunchalar  o’zida  faqatgina  miqdoriy  xususiyatlarni 
mujassam  etsa,  bulardan  farqli  ravishda  mehnat  potensiali  ham  miqdor,  ham  sifat 
ko’rsatkichlarini o’z ichiga oladi. 
Ayrim iqtisodchilar mehnat potensialining miqdor ko’rsatkichlari bevosita resurslar 
miqdoriga  teng  deb  qarab,  unga  mehnat  yoshidagi  ishga  layoqatli  aholi,  ishlayotgan 
o’smirlar va pensionerlarni kiritadilar. 
Mehnat  potensialining  miqdor  ko’rsatkichlari  faqatgina  resurslarning  faol  qismi 
bilan  cheklanib  qolmaydi. Mazkur  miqdorga  quyidagi toifa aholi  qatlamini  ham  kiritish 
mumkin: 
- mehnatga layoqatli aholining nofaol qismi; 
- ishlash imkoniyati va istagiga ega barcha guruh nogironlari; 
- mehnatga layoqatli yoshdagi imtiyozli pensionerlar; 
- ishlash xohishini bildirgan o’smirlar va yoshga doir pensionerlar. 
Ushbu  aholi  qatlamlariga  yetarli  miqdordagi  ish  haqi  va  qulay  mehnat  sharoitlari 
bilan ta’minlangan ish joylarini taklif etish yoki kasanachilik, uyda o’tirgan holda pullik 
ishlar  va  xizmatlarni  bajarish,  maishiy  xizmat  ko’rsatish  (kichik  shohobchalarda)  kabi 
faoliyatlarga  jalb  qilish  yo’li  bilan  ularni  jamiyatning  faol  va  to’laqonli  a’zosiga 
aylantirish  mumkin.  Ularning  ushbu  faoliyatlari  esa  mamlakatda  yalpi  milliy  mahsulot 
yaratish, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish, moddiy resurs va zaxiralar, ishlab chiqarish 
quvvatlaridan  foydalanish  samaradorligini  oshirish  hamda  iqtisodiy  taraqqiyotga 
erishishga  bevosita  ijobiy  ta’sir  ko’rsatadi.  Shu  sababli  yuqorida  sanab  o’tilgan  aholi 
toifalarini  mehnat  potensialining  qo’shimcha  (zaxira)  miqdori  sifatida  e’tirof  etish 
maqsadga muvofiqdir. 


 
243 
Bundan  tashqari,  potensialning  faol  miqdoriga  mamlakatimiz  hududida  mehnat 
faoliyatini  amalga  oshirayotgan  norezidentlarni  (immigrantlarni)  ham  kiritish  mumkin. 
Immigrantlarni  potensial  tarkibiga  kiritishning  sababi  shundaki,  ular  ham  mamlakat 
ishlab  chiqarishida  (moddiy  va  nomoddiy  sohalarda)  ishtirok  etadi,  iqtisodiyot 
tarmoqlarida  o’z  ishchi  kuchini  namoyon  qiladi,  aqliy  va  jismoniy  salohiyatini  safarbar 
etadi. Garchi, norezidentlar o’z mehnat faoliyati natijasidan olgan daromadlarining asosiy 
qismini  o’zlari  olsalar-da,  lekin  mamlakat  hududida  o’z  ehtiyojlarini  qondirish  bilan 
bog’liq  xarajatlarni  (oziq-ovqat,  dam  olish,  uy-joy  ijarasi,  kommunal,  transport,  uy-
ro’zg’or),  daromad  solig’i  va  boshqa  ijtimoiy  to’lovlarni  amalga  oshiradilar.  Bu  esa 
byudjet tushumlari va naqd pul aylanmasida o’z aksini topadi.  
Biroq,  O’zbekiston  iqtisodiyotining  bugungi  holati  uchun  mazkur  toifa  ahlining 
ishtiroki  u  qadar  sezilarli  bo’lmasa-da,  mamlakatimizda  faoliyat  ko’rsatayotgan  xorijiy 
elchixona  va  vakolatxonalari,  xalqaro  tashkilotlarning  hududiy,  mintaqaviy  bo’limlari, 
qo’shma  korxonalar,  xorij  firmalari,  dilerlik  kompaniyalari,  xorij  korxonasi  filial  va 
shu’balari  hamda  hamkorlik  tashkilotlarida  norezidentlar  mehnat  va  tadbirkorlik 
faoliyatlarini  amalga  oshirmoqdalar.  Demak,  bugungi  kunda  mamlakatimizda 
immigrantlar  xizmati  asosan  xorijiy  ulush  yoki  tegishlilikka  ega  bo’lgan  korxona  va 
tashkilotlarda  kuzatilmokda.  Shuningdek,  ularning  mustaqil  tarzda  mamlakat  mehnat 
bozorida paydo bo’lishi va o’z ishchi kuchini namoyon etishi kam uchraydigan hodisadir. 
Iqtisodiyoti  jadal  rivojlangan,  sanoat  va  ishlab  chiqarish  keng  taraqqiy  etgan, 
iqtisodiy  o’sish  sur’ati  talabiga  nisbatan  kam  mehnat  potensialiga  ega  mamlakatlarda 
(AQSH, Kanada, Rossiya, Germaniya, Avstriya, Fransiya, Koreya) immigrantlar alohida 
ahamiyatga  ega.  Mazkur  davlatlarning  iqtisodiy  imkoniyatlaridan  unumli  foydalanish 
uchun milliy ishchi kuchining o’zi yetarli emas, natijada qo’shimcha ishchi kuchiga talab 
paydo bo’ladi. Bu talab esa o’z-o’zidan muhojirlar mehnati orqali qondiriladi. Demak, bir 
so’z bilan aytganda, mehnat potensialida immigrantlar ham o’z o’rni va ahamiyatiga ega. 
Mehnat  potensiali  mikdor  ko’rsatkichlarining  shakllanishini  chizma  ko’rinishida 
quyidagicha ifodalash mumkin (5.5-chizma). 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
12.5-chizma. Mehnat potensiali miqdor ko’rsatkichlarining shakllanishi 
M

M

IFA 



Download 3,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   196   197   198   199   200   201   202   203   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish