www.ziyouz.com кутубхонаси
27
qo'yaver, vaqtimni olma, deya uchib ketdi.
Ovchi qotib qolgandi.
Xotinning makri qozini yengdi
Juha ismli aqlli, ammo juda kambag‘al bir odam bor edi. U xotiniga:
— Ey xotin bu yo‘qchillik jonimizga tegdi. Senda bu go‘zallik, bu chehra bor ekan,
aqlingni ishga solda, bir tuzoq qur, boy bo‘layin. Faqat qurgan tuzog‘ingga o‘zing tushib
qolma, dedi.
Xotin o‘yladi, bir tuzoq hozirladi. Erining ustidan shahar qozisiga shikoyat etmoqchi
edi. Ertasi kun yasanib mahkamaga bordi, qoziga uchradi:
— Erimdan shikoyatim bor, boshqalarga ko‘ngil berdi, menga beparvolik qilyapti, deb
yig‘ladi, borini to‘kib soldi. Qozi shikoyatchini boshdan kuzatib dedi:
— Ey sarv bo‘yli go‘zal mahkamada bu g‘ala g‘ovur, bu shovqin bor ekan, seni
eshitmayapman. Tanho bir yerga boraylikchi, dedi. Xotin fursatdan foydalanib:
— To‘g‘ri gapiryapsiz. Bu joriyangizning uyi bo‘m bo‘sh. Erim bo‘lmish landavur
qishloqqa ketdi. Bu kecha uyimga keling. Shikoyatimni, dardimni shu yerda
tushuntiraman, deya shirin gaplar aytdi. Uchrashuv soati aniqlandi. Qozi tun yarmida
uyga bordi. Xotin uni ichkariga kiritgach, eshik taqillay boshladi. Xotin bezovtalik bilan:
— Ey Xudo, erim keldi. Sen tezda sandiqqa yashirin. Yo‘qsa ikkimizni ham o‘ldiradi
deb uydagi bo‘sh sandiqni ko‘rsatdi. Qozi qo‘rquvdan dir dir titrar edi. Sandiqqa kirdi.
Xotin eshikni ochdi, erini ichkariga kirgizdi. Juha ichkariga kirar kirmas gapirishni
boshladi:
— Ey xotin, sendan nima ko‘rdim. Eshikni hatto menga kech ochyapsan. Borimni,
yo‘g‘imni senga bag‘ishladim. Ammo xursand qilolmadim. Uyda bir shu sandiq qoldi. Uni
ham ertaga bozorda sotaman. Sotilmasa bozor o‘rtasida yoqaman.
Xotini bunday qilma, desa ham, Juha qarshilik ko‘rsatdi. Bir arqon olib kelib, sandiqni
yaxshilab bog‘ladi. Yotdilar.
Ertasi kun ertalab Juha bir hammol chaqirdi. Sandiqni ko‘tarib bozorga yo‘l oldi.
Qozi sandiqdan "Hammol, hammol..." deya chaqirayotgan edi. Hammol oldiniga bu
ovoz qaerdan kelayapti deb u yer bu yerga qaradi. Keyin ovozning sandiqdan kelganini
eshitib quloq soldi. Qozi:
— Ey hammol, men shaharning qozisiman. Sen sandiqni qo‘yib qo‘ymas mahkamaga
bor. Noibga uchrash, holatni tushuntir. Qancha pul bo‘lsa bo‘lsin sandiqni olsin. Senga
yuz oltin beraman.
Hammol aytilganni qildi. Ahvolni tushintirgach, noib bozorga keldi. Juhaga:
— Shu eski sandiq uchun qancha so‘rayapsan? dedi.
Juha:
— To‘qqiz yuz oltin bermoqchilar. Ammo men ming oltindan pastiga bermayman.
Xohlasang ichini ochib ko‘r, keyin tushunasan. Noib:
— Yo‘q, sotib olaman, deb pulni berdi. Oradan bir yil o‘tdi. Juha pullarini yeb bitirib,
xotinini yana mahkamaga yubordi. Xotin mahkamada yana eridan shikoyat
boshlaganda, qozi uni darrov tanidi:
— Siz bu o‘yinni o‘tgan yili o‘ynagandingiz, meni tuzoqqa tushirgan edingiz. Siz endi
qimorni boshqa birov bilan o‘ynang, deb mahkamadan quvdi.
“Masnaviy”dan ibratli hikoyalar. Jaloliddin Rumiy
Do'stlaringiz bilan baham: |