6
1. MAVZUNI NAZARIY ASOSLASH VA ADABIYOTLAR SHARHI
Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish va iqtisodiy
samaradorlikni oshirish, qishloq xo'jalik mahsulotlarni tayyorlash va sotishni
tashkil qilish masalalari bo'yicha mamlakatimiz iqtisodchi olimlaridan
A.A.Abdug'aniyev, A.M.Qodirov, A.Q.Ismoilov, A.M.Jo'rayev, F.J.Jo'rayev, O.
Murtazayev, I.I.Raskin, L.I.Raskin, Q.A.Choriyev, A.A.Shokirov, F.Q.Qayumov,
M.Q.Husanov, R.Q.Husanov va boshqalarning ilmiy tadqiqotlari tarmoq
samaradorligi uchun muhim ahamiyat kasb etgan. Ushbu ishlarda qishloq
xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarish va sotish samaradorligini oshirish kabi
qator masalalar o'rganilib tegishli takliflar berilgan.
Quyida malakaviy bitiruv ishini bajarish davomida foydalanilgan ayrim
adabiyotlarga sharh berib o'tamiz:
1. Karimov I. Mamlakatimizni modernizasiya qilish va kuchli fuqarolik
jamiyati barpo etish – ustuvor maqsadimizdir. – Prezident Islom Karimovning
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo'shma
majlisidagi ma'ruzasi // Xalq so'zi. 28.01.2010 yil.
Ma'ruzada o'tgan yil –Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili deb e'lon
qilinishi va Qishloq xo'jaligida iqtisodiy islohotlarni bosqichma-bosqich
chuqurlashtirish, fermer xo'jaliklarini qo'llab-quvvatlash, ularning moddiy-texnika
bazasini mustahkamlash, imtiyozlar berish, qishloqda shakllanadigan yangi mulkiy
munosabatlarni,
o'rta
tabaqa–mulkdorlarning,
tadbirkorlarning
va
ishbilarmonlarning manfaatlarini ishonchli himoya qilishga e'tibor berilmoqda.
2. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimovning mamlakatimizni
2013-yilda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014-yilga mo'ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi ma'ruzasi (www.samqxi.uz - O'zbekiston Respublikasi
Prezidentining matbuot xizmati)
7
17 yanvar kuni O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013 yilda
mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilga mo'ljallangan
iqtisodiy dasturning eng muhim ustuvor yo'nalishlariga bag'ishlangan majlisi bo'lib
o'tdi.
Majlisda O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov ma'ruza qildi.
Davlat rahbari 2013-yilda iqtisodiy rivojlanishning barqaror yuqori sur'atlari,
makroiqtisodiy
barqarorlikni
saqlash
va iqtisodiyotni
modernizasiyalash
ta'minlanganligini qayd etdi.
Vazirliklar, idoralar, xo'jalik birlashmalari va ijro etuvchi hokimiyatning
mahalliy organlari rahbarlari oldiga 2014-yilda mamlakat iqtisodiy rivojlanishning
barqaror yuqori sur'atlari saqlab qolinishini ta'minlashga, investisiya jarayonlari
takomillashtirish va o'sishiga, sanoatda muhim yuqori texnologiyali va zamonaviy
ob’yektlar va quvvatlarni ishga tushirishga, shuningdek, ishlab chiqarishni
modernizasiyalash, texnik va texnologik yangilashning, jahon bozoriga kirib
borishning muhim omili hisoblangan to'laqonli raqobat muhitini shakllantirishga
qaratilgan zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish yuzasidan vazifalar qo'yildi.
Ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, kichik biznesni har tomonlama qo'llab-
quvvatlash va yanada rag'batlantirish, ijtimoiy sohani rivojlantirish, yangi ish
o'rinlarini yaratish, uy-joylar qurish va aholi punktlarini obodonlashtirish, sog'liqni
saqlash va ta'lim jarayonlarini yanada isloh qilish va takomillashtirish bo'yicha
aniq chora-tadbirlar belgilandi.
Joriy yil «Sog'lom bola yili» deb e'lon qilinganligi munosabati bilan
belgilangan dasturiy chora-tadbirlarni, shu jumladan onalik va bolalikni muhofaza
qilishni ta'minlash, boshlang'ich ta'lim sifatini oshirish, yoshlarni jismoniy tarbiya
va sport bilan shug'ullanishga keng jalb yetish, bolalar tarbiyasida jamoat
tashkilotlarining rolini kengaytirishni ta'minlashga alohida e'tibor qaratildi.
3. Jo'rayev F. Qishloq xo'jalik korxonalarida ishlab chiqarishni tashkil etish.
- T. : Istiqlol, 2004.
8
Mazkur darslikda mamlakat qishloq xo'jaligida xo'jalik yuritish sub’yektlarini
tashkil etish tartibi, ularning huquqlari, vazifalari va boshqalar ko'rsatib
o'tilgan. Darslikda qishloq xo'jaligi tarmoqlarida mahsulotni tayyorlash va
sotishni tashkil qilishni samarali tashkil etish bo'limlari ham mavjud. Shuningdek,
darslikda qishloq xo'jaligida ishlab chiqarishni tashkil etish va samaradorligini
oshirishga ham to'xtalib o'tilgan.
4. Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. –T. : Moliya,
2005.
Mazkur adabiyotning qishloq xo'jalik iqtisodiyotini umumiy holda tavsiflab
berish bilan birgalikda qishloq xo'jaligidagi ayrim soxalar haqida muhim
ma'lumotlar berilgan. Qishloq xo'jalik korxonalarida iqtisodiy samaradorlikni
oshirish, mahsulotlarni tayyorlash va sotish imkoniyatlariga alohida ahamiyat
berilgan.
5. Olimjonov O. , Farmonov T. , Qosimbekov P. , Sirojiddinov S. , Qosimov
M. , Rafiqov I. Fermerlik faoliyatining huquqiy va moliyaviy asoslari. –T. :
Universitet, 2005.
Ushbu O'zbekiston Respublikasi Qishloq va sиv xo'jaligi vazirligi tomonidan
Amerika Qo'shma shtatlarining xalqaro rivojlantirish Agentligi ko'magida va
suvdan foydalanuvchilar uyushmalarini qo'llab-quvvatlash Dasturi bilan
hamkorlikda tayyorlangan. Unda qishloq xo'jaligida fermerlik faoliyatining
huquqiy asoslari, fermer xo'jaliklari faoliyati qonun himoyasida, fermer xo'jaligi
faoliyatini tashkil qilish, fermer xo'jaligida shartnomaviy munosabatlar yoritilgan
bo'lib, shuningdek, qishloq xo'jalik mahsulotlarini tayyorlash va sotishni tashkil
qilish tartibi misollar yordamida ko'rsatilgan.
6. Xodiyev B. Yu. va boshqalar. O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom
Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni
bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli asarini o'rganish bo'yicha o'quv
qo'llanma. – T. : Iqtisodiyot, 2010. – 120 b.
9
Qo'llanmada Prezidentimiz Islom Karimovning “Jahon moliyaviy-iqtisodiy
inqirozi, O'zbekiston sharoitida uni bartaraf etishning yo'llari va choralari” nomli
asarining asosiy mazmuni bayon etilgan.
Prezidentimiz tomonidan asarda keng e'tibor qaratilgan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozining mazmuni, kelib chiqish sabablari va salbiy ta'siri oqibatlari,
O'zbekistonda inqiroz ta'siri oqibatlarining oldini olish va yumshatishga asos
bo'luvchi omillar, mamlakatimiz iqtisodiyotini modernizasiyalash va yangilashni
izchil davom ettirish borasida qo'lga kiritilayotgan yutuqlar, ustuvor yo'nalishlar,
mavjud muammolar va ularni hal etish yo'llari to'g'risida asosiy masalalar
atroflicha yoritib berilgan
.
Do'stlaringiz bilan baham: |