Elektr aloqada billing
– telekommunikatsion xizmatlardan foydala- nish to‘g‘risidagi
axborotlarni yig‘ish, ular qiymatini baholash, abonentlarga schetlarni taqdim etish,
to‘lovlarga ishlov berishga javobgar bo‘lgan aloqa korxonasida yuz beruvchi jarayonlar
va qarorlar majmuasidir.
Xalqaro internet tarmoqida billing tizimiga quyidagi ta’riflar ham berilgan.
Billing tizimi
– billing biznes-jarayonlarni qo‘llab-quvvatlashning amaliy dasturiy
ta’minoti.
Billing
-
telekommunikatsiya turidan qat’iy nazar, aloqaning barcha tijorat operatorlari
(turg‘un va mobil aloqa operatorlari, internet- telefon, virtual operatorlar, internet-
provayderlar, tranzit-raqamli trafik operatorlari, raqamli televidenie provayderlari)
faoliyatining muhim komponentidir. Ushbu xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub’ektlarni
billing tizimisiz tasavvur etib bo‘lmaydi. Chunki, aynan billing orqali
ushbu
xizmatlarni ko‘rsatuvchi sub’ektlar o‘z mijozlariga tegishli schyotlarni taqdim etadi va
shu asosda faoliyatining uzluksizligini ta’minlaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |