Reja integratsiyalashgan axborot tizimlari toʻgʻrisidada tushuncha


«BILLING» integratsiyalashgan tizimning ishlash texnologiyasi



Download 0,78 Mb.
Pdf ko'rish
bet22/30
Sana30.12.2021
Hajmi0,78 Mb.
#193803
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30
Bog'liq
BVfUqQSQrSyzZbWghWfea2GGABrCWe5u

«BILLING» integratsiyalashgan tizimning ishlash texnologiyasi 

 

Bozor  iqtisodyoti  sharoitida  axborot  muxim  omillardan  biri  hisoblanadi.  Axborot 

yordamida  jamiyat  a’zolari,  uning  tarkibiy  bo‘linmalari  faoliyati  boshqariladi,  kelgusi 

rejalar  belgilanadi,  ularning  bajarilishi  nazorat  va  tahlil  qilinadi.  Axborotsiz  jamiyat 

a’zolarining  ma’naviy,  ma’rifiy,  madaniy  va boshqa talablari qoniqtirilmay  qoladi.  Shu 

bois  ham  axborotlarga  ehtiyojini  qondirish  har  qanday  kishilik  jamiyatining  ustuvor 

maqsadlaridan  biri  hisoblanadi.  Ushbu  ustuvor  maqsadga  erishish  har  qanday  kishilik 

jamiyatida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari sohasini doimiy rivojlantirishni ob’ektiv 

zarurat qilib qo‘yadi. Ushbu sohani rivojlantirish har qanday mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy 

ravnaqini ta’minlashning o‘ta muhim omillaridan biri hisoblanadi. 




Mamlakatimizda  kompyuter  va  axborot  texnologiyalari,  telekommunikatsiya  va 

ma’lumot uzatish tarmoqlarini, internet xizmatlarini rivojlantirish va zamonaviylashtirish, 

ularni  jahon  standartlari  darajasiga  yetkazish  maqsadida  keng  ko‘lamli  islohotlar 

bosqichma-bosqich  amalga  oshirila  boshlandi,  jumladan,  O‘zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar 

Mahkamasining 

2000-yil 

30-iyundagi 

«O‘zbektelekom»  aksiyadorlik 

kompaniyasi  (AK)  faoliyatini  tashkil  etish  masalalari  to‘g‘risida»gi  253-sonli  qaroriga 

muvofiq «O‘zbektelekom» aksiyadorlik jamiyati tashkil etildi va uning vazifalari belgilab 

berildi. 

Shuningdek,  mobil  aloqa  bozorida  milliy  kompaniyalarning  keng  ishtiroki  uchun 

zarur  sharoitlarni  yaratish  hamda  mamlakatning  ko‘chma  mobil  aloqa  tarmoqlarini 

yanada  rivojlantirish,  axborot  xavfsizligini  ta’minlash  maqsadida  O‘zbekiston  Res-

publikasi  Birinchi  Prezidentining  2014-yil  12-fevraldagi  «Mobil  aloqa  milliy  operatori 

faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-2126-sonli Qarori qabul qilindi. 

Mazkur  me’yoriy  hujjatlarning  ijrosini  ta’minlash  maqsadida,  zamonaviy  axborot-

kommunikatsiya  texnologiyalaridan  samarali  foydalangan  holda  «O‘zbektelekom»  AK 

filiallari uchun korporativ dasturiy ta’minot (ya’ni «TBilling» tizimi) ishlab chiqildi. 

«O‘zbektelekom»  AK  «Billing  Telekom»  filialida  faoliyat  ko‘rsatayotgan 

«TBilling» — telefoniya xizmatlari yagona billing tizimining asosiy maqsadi zamonaviy 

ishonchli  va  xavfsiz  ma’lumotlar  axborot  bazasini  yaratish,  axborot  resurslari  va 

xizmatlari  bozorini  rivojlantirish,  kompaniya  bo‘linmalarida  axborot  almashishning 

elektron  shakliga  bosqichma-bosqich  o‘tishni  ta’minlash,  xizmat  ko‘rsatishning  yagona 

korporativ  tizimini  yuritish,  aholiga  ko‘rsatilayotgan  telefoniya  xizmatlari  uchun 

to‘lovlarni  real  vaqtlarda  ko‘rish,  abonentlarga  to‘lov  uchun  hisob-varaqalarini 

chiqarishdan iborat. 

Billing tizimining funksional vazifalari asosan 3 turga bo‘linadi: 

1)  Hisob-kitob jarayonida bajariladigan vazifalar. 

2)  Axborot xizmatlari. 

3)  Moliyaviy xizmat ko‘rsatish. 

Hisob-kitob  jarayonida  bajariladigan  vazifalarga —  xizmatlarni  aniqlash —  qo‘n-

g‘iroqlar  haqida  batafsil  ma’lumot  olish,  kommutatsion  uskuna  orqali  olingan  trafikdan 

foydalanish  to‘g‘risidagi  ma’lumotlarga  ishlov  berish,  iste’molni  baholash —  iste’mol 

haqidagi hisob-kitob xususiyatlarini aniqlash, abonentlar uchun to‘lovlarni shakllantirish, 

tuzatishlar,  to‘lov  varaqalarini  taqdim  etish,  yetkazib  berish  yoki  abonentlarni  to‘lov 

varaqalari  bilan  tanishtirishni  ta’minlash,  abonentlarning  shaxsiy  hisob-raqamlarini 

boshqarish kabi vazifalar kiradi. 

Axborot  xizmatlari  esa —  abonentlar  haqidagi  operativ  ma’lumotlarni  qo‘llab-

quvvatlash,  shaxsiy  hisob-kitob  haqidagi  ma’lumotlarni  abonentlarga  taqdim  etish, 

abonentlarga  xabar  berish,  abonentlar  holati  va  xizmatlarini  boshqarishdan  iboratdir. 

Moliyaviy  xizmat  ko‘rsatish —  bu  to‘lovlarni  qayta  ishlash,  abonentlarning  debitorlik 

qarzlarini  undirish  va  jarayonlarni  boshqarishdan  iborat.  «TBilling»  telefoniya  yagona 

billing tizimining asosiy funksiyalariga quyidagilar kiradi: 

 

«O‘zbektelekom»  AK  filiallari  va korxonalari  abonentlarining  yagona 



ma’lumotlar bazasini yuritish; 

 



Yagona me’yoriy-ma’lumotlar bazasini yuritish; 


 

Kommutatsiya qurilmalari orqali ko‘rsatilayotgan barcha xizmatlar bo‘yicha 



boshlang‘ich ma’lumotlarni tezkor qayta ishlash, ya’ni mahalliy, shaharlararo va xalqaro 

telefon  aloqasi  bo‘yicha  abonentlarning  talablariga  binoan  so‘ralgan  hisob-kitob  davri 

uchun to‘lov varaqalarini shakllantirish va ularni abonentlarga taqdim etish

 



Markazlashtirilgan  holda  abonentlarga  barcha  xizmatlar  (abonent  to‘lovi, 

davriy  to‘lov,  mahalliy,  shaharlararo  va xalqaro  telefon  so‘zlashuvlari,  axborot-

ma’lumotnomalarini va qo‘shimcha xizmatlarni taqdim etish) bo‘yicha to‘lov hujjatlarini 

shakllantirish va taqdim etish; 

 

Barcha hisob va to‘lovlar bo‘yicha abonentlarga ma’lumot berish; 



 

Tahliliy, statistik va moliyaviy hisobotlarni tezkor shakllantirish hamda filial 



va korxonalarga yetkazish

 



Ma’lumotlardan ruxsatsiz foydalanishning oldini olish, ma’lumotlar bazasini 

himoyalashning yuqori darajali uslublaridan foydalanish; 

 

«O‘zbektelekom» 



AK 

tarmog‘iga 

kirish 

imkoniyati 

bo‘lgan 

respublikamizning 

istalgan 

hududidagi 

telekomunikatsiya 

xizmatlaridan 

foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish. 

«TBilling»  tizimidan  foydalanish  uchun  quyidagi  URL-manziliga  murojaat  qili-

nadi: 

http://uzonline.uzbilling.uz:88/billing



 

 

 




Download 0,78 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish