II bob. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOLIQ TIZIMI VA SOLIQ
STAVKALARI
l-§. O`zbekistonda soliq solish tizimi va uning asosiy elementlari
Biz awalo, soliq tizimi va soliq solish tizimi tushunchalarining bir-biridan
farqini bilishimiz zarur.
Bu yerda nazariy jihatdan soliq tizimi deganda soliqlar yiq'indisi tushuniladi.
Soliq solish tizimi deganda iqtisodiyot subyektlarini muayyan soliqlarga
tortishning tashkiliy usullari yig`indisi tushuniladi, ya'ni
soliq solish tizimi amaliy
uslublar yiq'indisidir.
Shunday qilib, soliq solish tizimi deb, Oliy Majlis tomonidan belgilangan va
ijrochi idoralar tomonidan undiriladigan soliqlar-ning tuzilish usullari va
tamoyillari yiqindisiga aytiladi. Bu tizimning o`rni jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy
tizimi bilan aniqlanadi.
Hozirgi davrda O`zbekistonning soliq solish
tizimi davlatning bozor
iqtisodiyoti sharoitidagi funksiyalarini mablag` bilan ta'minlash zarurligi bilan
belgilanadi.
Soliq solish tizimining bir qancha elementlari mavjud va bular quyidagilardan
iboratdir: soliq subyekti, obyekti, manbasi, soliq stavkasi,
soliq solish birligi,
soliqlardan imtiyozlar va boshqalar kiradi.
Soliq subyektlari bu soliq munosabatlarining ishtirokchilaridir. Bularga
asosan soliq to`lovchilar: yuridik shaxslar-korxona, tashkilot, firma va jismoniy
shaxslar-aholi kiradi. Ikkinchi tomondan
soliq subyektiga davlat kiradi, ya'ni soliq
oluvchi.
Soliq obyekti-bu soliq solinadigan daromad, narsa (buyum), mulk qiymati,
tovar, yer maydoni, ot kuchi va boshqalar. Ko`pincha soliq
nomi obyekt nomi bilan
ataladi. Masalana, yer solig`i yoki daromad solig`i.
Soliq manbayi - bu soliq to`lovchi (subyekt)ning daromadidir. Daromad, yalpi
daromad, tushum. Ba'zi soliqlarda soliq obyekti va manbasi bir bo`ladi. Masalan,
korxonalar daromadiga soliqda obyekt yalpi daromad, soliq manbasi daromaddir
Aholining daromad solig`ida obyekti yalpi daromad,
manba ham yalpi
daromad.
Markazlashgan pul fondini tashkil etadigan soliq va yig`imlar turlarining
yiq'indisiga soliq tizimi deb ataladi.
Tizim-bu yig`ma tushunchadir. Bu tushunchada soliqlarning bir-biri bilan
bog`liqligi ham ifoda etilgan.
Soliq tizimining elementlari soliq obyektiga qarab uch guruhga bo`lish
mumkin: oborotdan, daromaddan va mulklar qiymatidan olinadigan
soliqlar. Oborotdan olinadigan soliqlarga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz
solig`i, konlardan
foydalanganligi uchun soliq, bojxona boji kiradi. Daromaddan
olinadigan soliqlarga foyda solig`i va daromad soliqlari kiradi.
Mulklardan olinadigan soliqlarga mol-mulk solig`i va yer soliqlari kiradi.
Iqtisodiy mohiyatga qarab soliqlarni to`g`ri va egri soliqlarga bo`lish mumkin.
To`g`ri soliqlar bevosita daromad oluvchi mulk egasining daromadlaridan
(foydalaridan) olinadi. Bunday soliqlarda huquqiy va haqiqiy soliq to`lovchi bitta
12
shaxs boiadi. Soliq ilgaridan aniq belgilangan boiadi. Uning manbayi bo`lib
korxona va tashkilotlarning xo`jalik faoliyati natijasida erishilgan moliyaviy yakun
hisoblanadi. Aholi soliqlarida esa soliq manbayi bo`lib to`g`ridan-to`g`ri aholining
daromadi hisoblanadi. Foyda (daromad) solig`i, yer solig`i va daromad solig`i
to`g`ri soliqlarning eng muhim turlaridir.
Egri soliqlar korxona va tashkilotlar faoliyatining moliyaviy yakuniga bog`liq
bo`lmaydi. Ular sotilayotgan tovarlar va xizmatlar oborotiga (bahosiga) ustama
tarzda belgilanadi.
Ular so`zsiz tovar qiymati va xizmat summasini oshiradi va iste'molni
kamaytiradi. Bu soliqlarni ba'zan ist'mol soliqlari deb ham ataladi.
Bunday
qaraganda, ularni go`yo mahsulot sotuvchi yoki xizmat ko`rsatuvchi to'layotgan
bo`ladi. Aslida esa ularning haqiqiy toiovchisi tovar va xizmatlarni iste'mol
qiluvchilar bo`ladi. Egri soliqlar guruhiga qo`shilgan qiymat solig`i, aksiz solig`i
va bojxona bojlari kiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: