g`azna degan ma'noni anglatadi). Fiskal funksiya davlatning iqtisodiyotga
aralashuvi uchun obyektiv shart-sharoit vujudga keltiradi.
Budjet daromadlarini ta'minlash soliq tizimi vazifalaridan bittasi xolos. Soliq
tizimi ana shu vazifani hal etar ekan, jamg`arma va ishlab chiqarishning o`sish
jarayonlariga to`sqinlik qilmasligi, ijtimoiy adolatni buzmasligi, xalq xo`jaligi
tarkibiy tuzilishiga salbiy ta'sir etmasligi, bozor jarayoniga putur yetkazmasligi
zarur.
Bozor munosabatlarning shakilanishi va rivojlanishi sharoitida aynan soliqlar
davlatning iqtisodiyotga ta'sir o`tkazishidagi asosiy vositalardan biri bo`lib
qolmoqda. Davlatning iqtisodiy funksiyalari bajarilishi orqali xo`jaligining
rivojlanishi rag`batlantiriladi, shuning barobarida soliqlarning xazina (fiskal)
funksiyasi uchun bazani kengaytiriladi. Oqilona tashkil etilgan davlat soliq siyosati
soliqlar mexanizmini ishlab chiqarishni rag`batlantirish, rivqjlantirish uchun
foydalanishga imkon beradi.
Soliqlarning izga solib turuvchi sifatidagi funksiyasining ahamiyati bozor
sharoitida o`sib boradi, bu davrda tadbirkorlarni ma'muriy qaram qilish usullari
yo`q bo`lib ketadi yoki juda oz holda qoladi, korxonalar faoliyatini farmoishlar,
ko`rsatmalar va buyruqlar yordamida idora qilish huquqiga ega boigan «yuqori
tashkilot» tushunchasining o`zi asta-sekin yo`qola boradi. Biroq, iqtisodiy faollikni
izga solib turish, uning rivojlanishini jamiyat uchun maqbul bo`lgan yo`nalishda
rag`batlantirish zaruriyati saqianib qoladi.
Shunday qilib, soliqlarning rag`batlantirish funksiyasi orqali ishlab chiqarish
korxonalari yangi tashkil etilgan paytlarida soliqlardan ozod etiladi va boshqa
imtiyozlar beriladi. Ishlab chiqarish va xizmat ko`rsatish korxonalarga soliq
imtiyozlari berish orqali ularning moliyaviy-iqtisodiy ahvolini yahshilashga
erishiladi.
Soliqlarning nazorat funksiyasiga kelsak, soliq mexanizmi milliy
daromadning muayyan qismini soliqlar orqali budjetga to`plash zarurligidan kelib
chiqqan holda, ularning obyektlarini, soliq to`lovchilarini, soliq stavkalarini to`g`ri
belgilash hamda soliqlami o`z vaqtida to`g`ri hisoblab budjetga o`tkazish
jarayonini nazorat qilib boradi. Bu nazorat doimo taqsimlash funksiyasi bilan
yonma-yon olib boriladi. Soliqlarning nazorat funksiyasi ba'zan taqsimlash
funksiyasidan ham kengayib ketadi. Chunki taqsimlashda faqat pul munosabatlari
bilan chegaralanib qolinsa, soliqlarning nazorat funksiyasi pul munosabatlari orqali
taqsimlashdan tashqari soliq obyektlarini buyum shaklida ham to`liqligi,
mahsulotlar qoldiqlari, homashyo va yoqilg`ilardan boshqa manbalardan
foydalanish ustidan ham nazoratga aylanadi. Demak, soliqlarning nazorat
funksiyasi soliq idoralari tomonidan olib boriladigan umumiqtisodiy nazoratining
nazariy asosini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida soliq idoralarining
nazorati xo`jalik qonunchiligi talablari asosida olib boriladigan nazoratga aylanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: