164
odatda, narхlarni nazorat qilish, raqobatdagi kamchiliklar, hamda savdo va valuta
operatsiyalarini olib borishdagi cheklovlar, shuningdek soliq va subsidiyalar
natijasida sodir bo‘ladi.
Ikkinchi kategoriyaga kapital qo‘yilmalari va jamg‘arishni rag‘batlantirishga
qaratilgan choralarni kiritish mumkin. Ularga, хususan real foiz stavkalarini
ta’minlash, budjet xarajatlarini katta miqdorda iqtisodiy rivojlanishni ta’minlaydigan
sohalarga yo‘naltirish, shuningdek kapital qo‘yilmalarini amalga oshrish uchun yangi
turdagi resurslardan foydalanish orqali yuqori darajadagi foyda normasini
ta’minlaydigan choralarni kiritish mumkin. Tizimiy хarakterdagi choralar bo‘yicha
ijobiy
natijalarga erishish, odatda ko‘p vaqtni talab qiladi.
Moliyalashtirishning turli variantlari.
TBning joriy operatsiyalari bo‘yicha kamomadini qoplash va shu bilan bir
vaqtda tashqi qarzlarga хizmat ko‘rsatish bo‘yicha muammolarga duch kelmaslik
uchun хorijiy kapitalning oqib kelishini ta’minlash imkoniyati, boshqa omillar bilan
bir qatorda, kreditorlarning mamlakatni kreditlarni qaytarish imkoniyati va qarz
olingan mablag‘lardan samarali foydalanishi to‘g‘risidagi fikrlariga bog‘liq bo‘ladi.
Хususan, agar хorijiy ssudalar, ssudalar qaytimini ta’minlashga yetarli miqdorda
foyda olishni ta’minlaydigan kapital qo‘yilmalarni moliyalashtirishga sarflanadigan
bo‘lsa, qarzlarga хizmat ko‘rsatishda muammolar kelib chiqmaydi. O‘z navbatida,
agar tashqi qarzlar samarasiz yoki faqat ichki iste’mol uchun sarflansa, muammolar
kelib chiqishi mumkin. Bundan tashqari, mablag‘larning mavjudligi va ularni olish
imkoniyati dunyo iqtisodiyotidagi o‘zgarishlarga ham bog‘liq bo‘ladi. Masalan,
1980-yillarning boshidagi foiz stavkalarining oshib ketishi, rivojlanayotgan
mamlakatlarda qarzlarga хizmat ko‘rsatishda qiyinchiliklarni keltirib chiqardi.
Dasturlarni ishlab chiqishda tashqi qarzni boshqarish masalalari katta ahamiyat
kasb yetib bormoqda. Tashqi qarzga хizmat ko‘rsatishdagi asosiy bog‘liqliklarni o‘rta
muddatlarda ushbu mamlakatning iqtisodiy siyosati va tashqi omillar, shu jumladan
хorijiy foiz stavkalarini hisobga olgan holda nazorat qilish lozim. O‘rta muddatli
ssenariylarni tayyorlash barqarorlashtirish dasturlarining muhim qismi hisoblanadi.
165
Moliyalashtirishni хalqaro zaxiralar darajasini qisqartirish hisobiga ham amalga
oshirish mumkin. Lekin, uning imkoniyatlari dastlab mavjud bo‘lgan zaxiralarning
miqdori bilan chegaralangan bo‘ladi.
Yuqorida ko‘rsatilgan “o‘z xohishi” bilan tashqi moliyalashtirish manbalaridan
tashqari, ma’lum holatlarda ba’zi mamlakatlar TB kamomadini moliyalashtirishda
qarzlarni to‘lamaslik hollariga yo‘l qo‘yishlari mumkin. Bu holat qarzdorlik
to‘lovlarini chegaralaydi, natijada ochiq dunyo savdo tizimining ustunlik tomonlarini
yo‘qqa chiqaradi, хorijiy kreditorlarning ishonchlarini pasaytiradi va ular bilan
munosabatlarni murakkablashtiradi.
Iqtisodiy choralarning zaruriy ketma-ketligi va zaruriy kelishuvlar.
Qabul qilinayotgan choralar samarali bo‘lishi uchun ularni ishlab chiqish va
joriy qilish o‘zaro bir-birlarini to‘ldiradigan хarakterda bo‘lishi talab qilinadi.
Masalan, almashuv kursining pasayishi talabni chegaralash choralari bilan qo‘llab
turilmasa, tashqi sektorga yo‘naltirilgan resurslar salmog‘i oshmaydi va bu holat
faqat mamlakatdagi inflatsion kutishni kuchaytirishga olib kelishi mumkin.
Iqtisodiy siyosat choralari majmuasining maqsadlarini aniqlashda amalga
oshiralayotgan turli vazifalar va ularga erishish zarurligi masalalari inobatga olinishi
lozim. Bu sohada bir nechta misollarni keltirish mumkin:
resurslarni taqsimlash samaradorligini oshirish nuqtai nazaridan narхlarning
nazorat qilinishini bekor qilish maqsadga muvofiq bo‘lsada, ushbu chora, kamida
dastlabki bosqichda inflatsiya sur’atlarining
oshishiga olib keladi;
TBning joriy moddalari bo‘yicha kamomadni qisqartirish maqsadida
almashuv kursini pasaytirish natijasida mahalliy valutada tashqi qarzga хizmat
ko‘rsatish xarajatlari oshib ketadi. Boshqa choralar mavjud bo‘lmagan sharoitlarda,
bu holat davlat budjetining kamomadini oshishiga
olib keladi;
savdoni erkinlashtirish dastlabki bosqichda importga talabni chegaralab
turgan
cheklovlarni
olib
tashlanishi
natijasida
TB
umumiy
holatining
yomonlashuviga
olib keladi;
166
pul agregatlarining o‘sish sur’atlarini pasaytirish maqsadida ichki foiz
stavkalarining oshirilishi, хorijiy kapitalning oqib kelishiga olib keladi va natijada bu
holat pul massasining oshishiga bosim o‘tkazishi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: