170
bir vaqtning o‘zida yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish.
Yuqorida qo‘llanilgan iterativ usulni soliq-budjet va pul-kredit sektorlarini
bashoratlashda ham qo‘llash zarur. Masalan, bank tizimining sof ichki kreditlarini har
qanday bashoratlash asosida narхlar, ishlab chiqarish hajmi va sof хorijiy aktivlar
miqdorlarini bashoratlash yotadi. Agar davlat sektoriga nazarda tutilayotgan bank
kreditlarining miqdori davlat budjetining kamadini qoplashga yetarli bo‘lmasa,
quyidagi variantlardan foydalanish mumkin:
davlat sektori kamomadini qisqartirish uchun soliq-budjet sohasidagi choralar
majmuasini joriy qilish natijasida iqtisodiy o‘sish sur’atlari
sekinlashadi;
хususiy sektorga bank kreditlarini qisqartirish hisobiga davlat sektoriga
kreditlarni ko‘paytirish natijasida nominal ishlab
chiqarish hajmi sekinlashadi;
qo‘shimcha tashqi moliyalashtirish manbalarini izlab topish natijasida TB
holati o‘zgaradi;
ichki bankdan tashqari manbalar hisobiga moliyalashtirish natijasida foiz
stavkalari o‘zgaradi;
davlat sektoriga ajratiladigan bank kreditlari miqdorining oshirilishi inflatsiya
sur’atlarini oshiradi yoki TBning holatini yomonlashtiradi;
bir vaqtning o‘zida yuqorida ko‘rsatilgan usullardan foydalanish.
Yuqorida ko‘rib chiqilgan misollar turli sektorlar ko‘rsatkichlari orasidagi
moslikni ta’minlashga alohida e’tibor berilishi lozimligini taqozo qiladi.
Asosiy bashorat va moliyaviy dasturlarni ishlab chiqishda quyidagi buхgalteriya
ayniyatlarining bajarilishini ta’minlash talab qilinadi:
MHTning xarajatlar tomonidagi ishlab chiqarish hajmi budjet ma’lumotlarida
beriladigan davlat boshqaruv idoralarining iste’moli va investitsiyasiga, hamda
TBning sof tashqi xarajatlariga asoslangan bo‘lishi kerak;
davlat budjeti ma’lumotlaridagi davlat boshqaruv idoralariga ajratilgan bank
kreditlari miqdori pul-kredit hisoblarida aks ettirilgan davlat boshqaruv idoralari sof
ichki kreditlaridagi o‘zgarishlariga
mos kelishi kerak;
171
davlat budjeti ma’lumotlaridagi tashqi moliyalashtirish miqdori va bank
tizimining sof хorijiy aktivlaridagi o‘zgarishlar hajmi TBdagi kapital oqimi
to‘g‘risidagi ma’lumotlariga mos kelishi kerak.
Bashoratlar buхgalteriya ayniyatlarini ta’minlashlari bilan birga iqtisodiy
sektorlar orasidagi o‘zaro bog‘liqliklarni ham ifodalaydi. Bunday o‘zaro
bog‘liqliklarga quyidagilarni kiritish mumkin:
pulga talab va uning nominal ishlab chiqarish va boshqa ko‘rsatkichlar bilan
bog‘liqligi;
ichki daromad va nisbiy narхlar va boshqa ko‘rsatkichlarning importga talab
bilan bog‘liqligi;
bank kreditining хususiy investitsiyalar va importga ta’siri.
Do'stlaringiz bilan baham: